|
O’zbekistonning eng yangi tarixi fani
|
bet | 2/3 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 176,57 Kb. | | #232392 |
Bog'liq O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANI 1993-yilda UzDaewooAvto kompaniyasi davlat roʻyhatiga olindi va Andijon viloyatining Asaka shahrida korxona qurish ishlari boshlandi va uning umumiy summasi 658 million dollarni tashkil etgan. Avtomobillarni ishlab chiqaradigan zavod oʻshanda Koreyaning eng zamonaviy texnalogiyalari bilan jihozlandi, malakali ishchilar qabul qilindi va shu jumladan 1000 ga yaqin oʻzbekistonlik yoshlar Koreyaga borib ish oʻrganib kelishdi. Zavodda birinchi mashinaning ishlab chiqarilishi 1996-yildan boshlandi va birinchi bolib Damas rusumli avtomobil mart oyidan boshlab Tico, iyun oyidan Nexia rusumli mashinalar ishlab chiqarila boshladi. 1996-yil 19-iyulda zavodning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi. Zavodning ilk yillarida barcha butlovchi qismlar xorijdan keltirilgan, keyinchlik esa mashinalarning butlovchi qisimlarini tayyorlaydigan kichik korxonalar oʻzlashtirilgan va shu yerning oʻzida tayyorlangan. 2000-yil OʻzDAEWOOavto zavodiga ISO - 9001 sersifikati berildi va 2001-yil zavodning yangi yanada zamonaviy linyasi ishga tushirildi. Buning natijasida yangi Matiz rusumli yangi avtomobil rusumi ishlab chiqarila boshladi, keyinchalik yana bir yangi Lasetti rusumli mashina ishlab chiqarish yoʻlga qoyildi. 2007-yilda UzDaewooAvto kompaniyasi negizida General -Motors korporatsiyasi bilan hamkorlikda GM-Oʻzbekiston kompaniyasi tashkil etildi va buning natijasida eng zamonaviy Kaptiva , Epika , Takuma kabi mashinalar Chevrolet brendi ostida ishlab chiqarildi. 2010-yilda Chevroletning eng zamonaviy avtomibillaridan boʻlgan Spark rusumli mashinalar ishlab chiqarildi. Shu tariqa avtomobilsozlikning mustahkam poydevori yaratildi.
JV Man Auto-Uzbekistan — Oʻzbekiston-Olmoniya qoʻshma korxonasi. MAN rusumli yuk mashinalari ishlab chiqaradi. 2009-yilda Oʻzavtosanoat va MAN shirkatlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan tashkil topgan. Kelishuv Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov va MAN bosh direktori Hokan Samuelsson tomonidan imzolangan. Zavodi Samarqandda joylashgan[. Korxonaning barqaror faoliyat korsatishi uchun barcha ishchi-xizmatchilar nemis tilini oʻrganishgan va nemis mutaxassislari tomonidan oʻqitilganlar. 2009–2012-yillar davomida yuk avtomobillari Samarqand avtomobil zavodida ishlab-chiqarildi 2012-yilda Jomboy tumanida MAN avtomobil zavodi qurib bitkazildi. Rejaga koʻra, zavod yiliga 500 dan 1500 donagacha yuk mashinalari ishlab chiqarishi kerak edi[. Yuk mashinalari MDH mamlakatlariga ham eksport qilinadi
|
| |