Mamlakat iqtisodiyotining modernizasiya va diversifikasiya qilinishi, bank-moliya tizimini mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar




Download 176,57 Kb.
bet3/3
Sana14.05.2024
Hajmi176,57 Kb.
#232392
1   2   3
Bog'liq
O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANI

Mamlakat iqtisodiyotining modernizasiya va diversifikasiya qilinishi, bank-moliya tizimini mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar.

«Modernizatsiya – ob’ektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan mashina, asbob-uskunalar, texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi» Modernizatsiya – an’anaviy jamiyatning ilg`or, industrial jihatdan taraqqiy etgan jamiyatga aylanishini ta’minlovchi ijtimoiy-tarixiy jarayon.

Eskirgan asbob- uskunalarni foydalanishdan chiqarish ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish mahalliy resurslar bazasida innovastion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish chiqitsiz va ekologik sof texnologiyalar ni joriy etish ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash ishlab chiqarishni modernizat siyalash sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish ishlab chiqarishni modernizatsiyalashni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari va vositalaridir.

. iqtisodiy islohotlar tarkibida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yetakchi o`rinda turadi. shu sababli ham mustaqillikning birinchi yilidayoq ya’ni 1991 yil 18 noyabrda о‘zbekiston respublikasi oliy kengashining “mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tо‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan edi. unga kо‘ra xususiylashtirish va mulkchilik shakllarini о‘zgartirish maxsus dasturlar asosida amalga oshirilishi belgilandi. dasturga asosan dastlabki bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy–joy fondini, savdo, sanoat, xizmat kо‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xо‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini ichiga oldi. bu “kichik xususiylashtirish” deb nom oldi bu jarayon 1994 yilda yakunlandi. natijada 1992–1994 yilllarda 54 mingga yaqin korxona va obyekt davlatlar tasarrufidan chiqarildi. 1994 yilda mamlakat yalpi ijtimoiy mahsulotining deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga qarashli bо‘lmagan sektorida ishlab chiqarildi, bu sektorda o`sha yili 4 millionga yaqin kishi ish bilan band bо‘lgan. bir million kvartira yoki davlat uy–joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i, har uch kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. urush faxriylari, о‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilar kvartiralarining bepul egalari bо‘lishdi.


Ma’lumki, kichik biznesning ixchamligi, harakatchanligi, iqtisodiy manfaatlarni nisbatan tо‘laroq namoyon etib, bozor konyunkturasi о‘zgarishlariga tez moslasha olishi kabi xususiyatlari uning iqtisodiyotni tubdan о‘zgartirishda eng samarali va qulay vositalardan biriga aylantirdi. Mazkur soha taraqqiyoti uchun alohida shart–sharoitlarning yaratilishi, soliq, bojxona va boshqa tо‘lov imtiyozlarining belgilanishi, nisbatan arzon kredit resurslarining taqdim etilishi natijasida qisqa davr ichida kichik biznes korxonalarining soni sezilarli darajada oshib bordi. Statistik ma’lumotlarga kо‘ra, 1992 yilda rо‘yxatga olingan kichik biznes korxonalarining soni atigi 16,5 mingtani tashkil etgan bо‘lsa, 2011 yilning 1 yanvariga kelib, bu kо‘rsatkich (fermer xо‘jaliklaridan tashqari) 224,2 mingtaga yetdi, ya’ni deyarli 14 barobar о‘sdi. Amalga oshirilgan chora–tadbirlar natijasida kichik biznes subyektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2010 yilda 52,5 foizga yetdi. Holbuki, bu kо‘rsatkich mustaqillikning dastlabki yillarida 1,5 foizni, 2000 yilda esa 31 foizni tashkil etgan edi.
Mamlakatimiz ijtimoiy hayoti, shu jumladan, iqtisodiyot sohasida erkinlashtirish, ya’ni xо‘jalik yurituvchi subyektlarning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini, iqtisodiy faoliyatning bozorga xos mexanizmlarining samarali amal qilishini ta’minlashga qaratilgan jarayonlarning keng amalga oshirilganligi taraqqiyot va о‘zgarishlarga yangi kuch baxsh etdi. Davlatning nazoratchilik va boshqaruvchilik vazifalari qisqartirilib, uning korxonalar xо‘jalik faoliyatiga, birinchi galda, xususiy biznes faoliyatiga aralashuvi cheklandi. Xо‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rag‘batlantirish, ularga qulay iqtisodiy sharoit yaratish maqsadida soliq yuki sezilarli darajada pasaytirildi. Agar iqtisodiyotdagi soliq yuki 2000 yilda YAIMga nisbatan 37,1 foizni tashkil etgan bо‘lsa, 2010 yilga kelib u 22 foizni tashkil etdi.
Davlatning kо‘plab boshqaruv funksiyalarining mahalliy va о‘zini–о‘zi boshqaruv organlariga о‘tkazilishi, soliq yukining pasaytirilishi natijasida budjetga tushumlarning kо‘payishi, davlat budjeti xarajatlarini optimallashtirish natijasida respublikamizda uzoq yillardan beri amal qilib kelayotgan byudjet taqchilligining oldi olindi, 2005 yilda YAIMga nisbatan 0,1 foiz, 2006 yilda 0,5 foiz, 2007 yilda 1,1 foiz, 2008 yilda 1,5 foiz, 2009 yilda 0,2 foiz, 2010 yilda 0,3 foiz miqdoridagi profitsit ta’minlandi.
Sо‘nggi yillarda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish, inflyatsiya darajasini pasaytirish bо‘yicha kо‘rilgan chora–tadbirlar natijasida aholining yalpi va real daromadlari sezilarli ravishda oshdi, uning xarid qobiliyati barqaror sur’atda о‘sib bormoqda. Aholining о‘sib borayotgan tо‘lov qobiliyati bilan mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlari hajmi о‘rtasida ichki bozorda mutanosiblikni ta’minlash, bunday mahsulotlar turini kengaytirish, bozorlarimizni ular bilan ishonchli tarzda tо‘ldirib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki aholining turmush farovonligi kо‘p jihatdan uning oziq–ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq bо‘ladi. Mazkur masalani hal etishda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish, dehqon va fermer xо‘jaliklari faoliyatidan yanada samarali foydalanish zarur bо‘ladi. Ijtimoiy eh
Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish jarayoni aholi hayot faoliyati uchun sharoitlar yaratadi. Bu sharoitlar «turmush sifati» tushunchasi bilan tavsiflanadi. Turmush sifati kо‘plab omillar ta’sirida shakllanadi. Aholi turmush darajasini yaxshilash va ularga qulayliklar yaratish jarayonida xonadonlarni gazlashtirish va aholi uchun yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxini belgilash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mustaqillikka erishilgach, aholi uy–joylari va xonadonlarni gazlashtirishga katta e’tibor qaratildi. Ayniqsa, bu borada shahar va qishloqlarning gaz bilan ta’minlanish darajasi о‘rtasidagi tafovutni keskin qisqartirishga ahamiyat berildi.
Download 176,57 Kb.
1   2   3




Download 176,57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mamlakat iqtisodiyotining modernizasiya va diversifikasiya qilinishi, bank-moliya tizimini mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar

Download 176,57 Kb.