Texnika va texnologiyaning rivojlanish istiqbollari




Download 0.99 Mb.
bet9/31
Sana09.05.2021
Hajmi0.99 Mb.
#14454
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
1.2.Texnika va texnologiyaning rivojlanish istiqbollari.

Taxminan 1600 yillar atrofida Yevropada ponali presslar paydo bо‘ldi, ular mustahkamrok bо‘lgani sababli richagli va vintli prssslarni о‘rnini ola boshladi. Bu pressning ishchi organi ikki juft vertikal joylashgan chо‘yan plitalardan iborat, ular dubdan yasalgan, tо‘g‘ri burchakli tog‘oraga kiritilgan. Tashqi plitalar pressning korpusi dsvorlariga xarakatlanmaydigai qilib mustahkamlangan, ichki plitalar esa gorizontal harakatlanishi mumkin. Material qoplarda plitalar orasiga joylashtiriladi va qarama-qarshi joylashgan ponalar harakati yordamida siqiladi. Tо‘g‘ri ponali qoqish bilan teskari ponalar harakati yordamida siqiladi. Tо‘g‘ri ponali qoqish bilan teskari ponalar tortilib, plita va materialga ta’sir etuvchi bosim hosil qilinali. Moy plitalar teshikchalaridan oqib chiqadi. Moy oqishi tugagandan sо‘ng press bо‘shatiladi. «Moyjuvoz» termini ham ayni shu usul bilan bog‘langan bо‘lsa kerak. 1750 yilda juft vali (juvalar) stanoklar, 1795 yilda gidravlik presslar (Angliyada) kashf etildi va qо‘llanila boshlandi. 1832 yilga kelib yopiq turdagi presslar paydo bо‘ldi, ular 1880 yildan boshlab keng qо‘llanila boshlandi. Amerikada 1880 yil kо‘p qavatli presslardan foydalana boshladilar.

Gidravlik presslarning barcha turlari kо‘pgina kamchiliklarga ega edi, ulardan asosiysi - prssslar davriy ravishda ishlardi. Bundan tashqari ular juda kо‘p miqdorda press movuti sarflashni talab etardi, kо‘p moy kunjara bilan qо‘shilib ketardi, murakkab gidravlik bosim sistemasi qurilmalarini talab etardi. Bularning hammasi tо‘xtovsiz ishlaydpgai presslar ishlab chiqarishdagi izlanishlarga undadi.

Qator konstruksiyalar orasida Bessemer pressi shu turkum presslari orasida birinchilardandir. Shnekli ishchi mexanizmi tо‘xtovsiz harakat qiladigan presslar birinchi bо‘lib XX-asr boshlarida Anderson tomonidan kashf etilgan. Germaniyada chiqariladigan shnekli presslar Yevropada keng tarqalgandi.

Hozirgi davrda SKET (Germaniya) firmasi turli xil yangi tipdagi presslar ishlab chiqarmoqda. Shnekli tо‘xtovsiz harakat qiladigan presslarning katta yutuqlari bilan birga, bu usul kamchiliklarga xam ega: kunjara tarkibida kо‘p miqdorda moy qolib ketadi. Bu moy olishning yangi va puxta usullarini ishlab chiqishni talab etardi. Natijada moyni yengil uchuvchan organik erituvchilar yordamida ishlab chiqarish, ya’ni ekstraksiya usuli kashf etildi va birinchi marta 1856 yilda Fransiyada Diss tomonidan sanoat masshtabida qо‘llanildi. Diss organik erituvchi sifatida uglerod sulfiddan foydalandi. Ammo apparaturaning sodda va qoloqligi, sistemada germetiklikning yо‘qligi va ishlab chiqarish rejimining yaxshi yо‘lga kо‘yilmaganligi tufayli bu usulning keng tarqalishini qiyinlishtirdi. Benzin bilan ekstraksiyalash usuliga birinchi patent 1867 yil Germaniyada olindi, 1879-82 yillarda tindirish usuli bilan ishlaydigan qurilmalarga patentlar olindi. Ekstraksiya qurilmalarining keyingi rivojlanishi, qator ekstraksiya materialini ketma-ket bug‘sizlantirishga asoslangan, batareyali sistemasi paydo bо‘lishiga olib keldi. Geyilning ekstraksion qurilmasi shu qurilmalarniig tipik vakilidir [13, 14].

XX asr boshlarida «Keber» firmasining batareyali ekstaksion qurilmalari paydo bо‘ldi va sanoatda keng tarqaldi, ular ba’zi Yevropa mamlakatlarida hozirgi paytgacha ishlab kelmoqda.





Download 0.99 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Download 0.99 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnika va texnologiyaning rivojlanish istiqbollari

Download 0.99 Mb.