TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «Fizika – matematika» fakul’teti




Download 9.74 Mb.
bet2/23
Sana18.05.2021
Hajmi9.74 Mb.
#14520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
M U N D A R I J A




KIRISH………………………..………………………….........

2

I BOB.

O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMIDA FIZIKA FANINI O`QITISHDA MUSTAQIL TA’LIMNING AHAMIYATI...............................................................................

8


1.1.

Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish bo’yicha ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishning konseptual asoslari.........................................................................................

8


1.2.

O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limida fizika fani bo’yicha mustaqil ta’lim strukturasi va mazmuni......................................

11


1.3.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida fizika fanidan talaba mustaqil ishining shakllari...........................................................

15


1.4.

Mustaqil ishni bajarishda talabaga tavsiya etiladigan axborot-uslubiy ta’minot...........................................................................

19


II BOB.

FIZIKADAN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISH USLUBIYOTI..............................................................................

23


2.1.

Тalaba mustaqil ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar..................................................................................

23


2.2.

Fanlararо bоg’lanish elementlaridan fоydalangan hоlda mustaqil ish mavzularini asоslash va tuzish...................................................

39


2.3.

Mustaqil ish mashg’uloti ishlanmasi...........................................

53

2.4.

Akademik litsey va KHK talabalarida mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirish orqali ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish..............

59





XOTIMA......................................................................................

62




ADABIYOTLAR.........................................................................

63

KIRISH

Ta'limning yangi modеli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib kеladi. O’zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadiga ega bo’lgan yoshlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz.

I.A.Karimov.

O’zbеkistоn Rеspublikаsi dеmоkrаtik, huquqiy vа fuqаrоlik jаmiyatini qurish yo’lidаn bоrmоqdа. Rеspublikаmizdа аmаlgа оshirilаyotgаn ishlоhоtlаrning bоsh mаqsаdi vа hаrаkаtgа kеltiruvchi kuchi – hаr tоmоnlаmа rivоjlаngаn bаrkаmоl insоndir.

Ахbоrоtlаr jаdаllik bilаn intеgrаtsiyalаshib bоrаyotgаn hоzirgi dаvrdа zаmоnаviy tа’limning asosiy vаzifаlаrdаn biri аtrоf-оlаm, vоqеа-hodisalarini tа’lim jаrаyoni оrqаli mustaqil tаhlil qilа оlаdigаn shaxsni kаmоl tоptirishdа nаmоyon bo’lаdi. Bu mаqsаdgа, аlbаttа, o’quvchilаrning tа’lim jаrаyonidаgi fаоlligini оshirib bоrish оrqаli erishish mumkin.

Dаrhаqiqаt, yoshlаrni hаr tоmоnlаmа: hаm аqlаn, hаm jishmоnаn bаrkаmоl, ахlоqаn yеtuk, mа’nаviy pоk qilib tаrbiyalаsh shu kunning muhim vа dоlzаrb muаmmоlаridаn birigа аylаnib qоldiki, bu dаvr vа bugungi turmushimizning tаqоzоsidir. Akademik litsey va KHK talabalarini fizika darslarida mustaqil ishlаrni tashkil etishidа innоvаtsiоn mеtоdlаrdаn foydalanish dаrsning sаmаrаdоrligini oshirishdа asosiy оmil sаnаlаdi.

Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o’z ijodi va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarib, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo’yicha keng ko’lamli aniq yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasida davlat ta’lim dasturi ishlab chiqilgan [1]. Kishilik jamiyati necha ming yillar davomida evolyustion rivojlanish davrlarini boshdan kechirdi. Bu rivojlanishlarning asl negizini faylasuflar aytganidek qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuniyati tashkil qiladi va belgilaydi. Madomiki shunday ekan, qarama-qarshiliklarsiz taraqqiyot bo’lmaydi. Falsafaning o’zida ham bir-biriga qarama-qarshi g’oyalar kurashi barcha jabxalarda, narsa va hodisalarga ob’ektiv va sub’ektiv baho berishda ko’rinadi.

Insoniyatning jamiyatni rivojlantirish yo’lidagi hatti-harakatlari ham mana shu qonuniyatdan kelib chiqqan holda bajarilgan. Barcha hatti-harakatlar zamirida «Manfaat» tushunchasi yotadi va jamiyat manfaatlar qarama-qarshiligiga asoslangan holda rivojlanadi. XX asr insoniyat taraqqiyotining evolyustion rivojlanish darajasini nihoyatda tezlashtirib yubordi. Insoniyatning necha ming yilliklar jarayonida erishgan fan texnika sohasidagi yutuqlar shu bir asr davomida misli ko’rilmagan darajada taraqqiy topdi. Buning boisi esa, ijtimoiy tuzimlar o’rtasidagi qarama-qarshilik edi. Barcha fanlar rivoji zamirida ham qarama-qarshilik yotadi va bu esa, fanlarning o’sishi, rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun bosh omil bo’lib hisoblanadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng jamiyatiyatimizning taraqqiyot yo’li va bosh maqsadi belgilandi. Ya’ni, rivojlangan, demokratik huquqiy jamiyat qurish jamiyatning asosiy ko’zlagan maqsadiga aylandi. Bu jamiyatni qurish uchun shu jamiyat quruvchilarini, ya’ni har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni, komil insonni tarbiyalab etishtirish zaruriyati paydo bo’ldi [2,3].

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «…Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda-ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi… Lo’nda qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti, uning quruvchilari bo’lgan barkamol avlod, komil insonni tarbiyalash, jamiyat istiqboli amalga oshirilayotgan islohatlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri-bularning barchasi, avvalom bor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz» [1].

Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o’rganish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshladi. Busiz jamiyatimizning biron-bir sohasini o’zgartirishga kirishib bo’lmasdi. Islohotlarning taqdiri va samarasi birinchi navbatda kadrlarning saviyasiga, ularning zamon va taraqqiyot talablariga nechog’lik javob berishiga taqalib qolar edi. Yurtimizning ertangi hayoti va taqdiri shu muammolarni yechish bilan bog’liqligini har qaysi fikrlovchi odam anglashi qiyin emas.



Download 9.74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 9.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’lim vazirligi buxoro davlat universiteti «Fizika – matematika» fakul’teti

Download 9.74 Mb.