• Topshiriqlar
  • Ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 7,52 Mb.
    bet73/104
    Sana19.07.2024
    Hajmi7,52 Mb.
    #267992
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104
    Bog'liq
    Amaliy matematika

    Sichqon bilan ishlash
    Zamonaviy dasturlar bilan ishlashni sichqonsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu sichqon yordamida bor-yo’g’i bir necha amallarni bajarish mumkin. Lekin ular barcha dasturlarda juda keng qo’llaniladi:

    1. Sichqonni stol ustida harakatlantirish. Bunda sichqonning ekrandagi ko’rsatkichi ham mos yo’nalishda harakatlanadi. Sichqonning ko’rsatkichlari holatlarga ko’ra quyidagicha ko’rinishlarda bo’ladi: - oddiy ko’rinish, - ma’lumotnomani chaqirish, dasturni yuklash, - matnni ajratish, -vertikal o’lchamlarni o’zgartirish, -gorizontal o’lchamlarni o’zgartirish, - dioganal o’lchamlarni o’zgartirish, - ko’chirib o’tish - gipermurojaat holatida.

    2. Sichqonni ekrandagi ob’ekt ustiga olib kelib, chap tugmasini chertish. Bunda ushbu ob’ekt tanlanadi (ba’zan bu ob’ektga mos dastur ishlab ketadi).

    3. Sichqonni ekrandagi ob’ekt ustiga olib kelib, chap tugmasini ikki marta chertish. Bunda bu ob’ektga mos dastur ishlab ketadi.

    4. Sichqonni ekrandagi ob’ekt ustiga olib kelib, chap tugmani bosish va uni qo’yib yubormasdan sichqonni harakatlantirish. Bunda ob’ekt sichqonning ko’rsatkichi bilan birga harakatlana boshlaydi. Tugma qo’yib yuborilgach, ob’ekt yangi joyda qoladi. Bu amal ob’ektni sichqon bilan sudrash deb ataladi.

    5. Sichqonni ob’ektning ustiga olib kelib, o’ng tugmasini chertish. Bunda ob’ekt ustida shu vaqtda bajarish mumkin bo’lgan amallardan ba’zilarining ro’yxati paydo bo’ladi (kontekst menyu) va ulardan birini uning ustiga sichqon ko’rsatkichini olib kelib, chap tugmasini chertish bilan bajarish mumkin. Bu amal kontekst menyuni chaqirish deb ataladi.

    6. Sichqon tugmalarining o’rtasida joylashgan g’ildirakchani aylantirish. Buning natijasida ekranga sig’maydigan ob’ekt (ro’yxat yoki matn) yuqoriga yoki pastga qarab siljiy boshlaydi. Bu amal ob’ektni aylantirish deb ataladi. Bunda agar ob’ekt to’laligicha ekranda bo’lsa, uning masshtabi kattalashishi yoki kichiklashishi ham mumkin.



    Topshiriqlar:

          1. Xotira qurilmalarini o’rganib chhiqing

          2. Kiritish qurilmalasi yordamida ma’lumotlarni kiriting

          3. Chiqarish qurilmalarini o’rganing, ma’lumotni chop eting

          4. Sichqoncha ko’rsatkichlarini sozlang

          5. Sichqonchani sozlang

          6. Klaviaturani klavishalari o’rganing.

          7. Boshqaruvga oid klavishalarni o’rganing. Har bir klavishani tasniflang, birgalikda ishlovch klavishalarni (Shift+Alt, Ctrl+O, Ctrl+C va h.z) tasniflang




    Download 7,52 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104




    Download 7,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 7,52 Mb.