|
Xarflarni kiritish tugmalari
|
bet | 71/104 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267992 |
Bog'liq Amaliy matematikaXarflarni kiritish tugmalari
Xarflarni kiritadigan tugmalari o’zbek, rus va lotin alifbosi harflarini kiritish uchun xizmat qiladi. Bir alifbodan ikkinchisiga o’tish Alt+Shift, Ctrl+Shift yoki Shift (chap)+Shift (o’ng) qo’shtugmalaridan biri orqali bajariladi. Bu qo’shtugma Windows o’rnatilayotgan paytda tanlanadi va qaytadan o’rnatilishi mumkin. O’zbek tiliga xos bo’lgan q, o’, g’, h harflari o’zbek tili o’rnatilgan bo’lsa, klaviaturada mos ravishda o’, h, (-), q tugmalar orqali kiritiladi.
Boshqaruv tugmalari
Boshqaruv tugmalari quyidagi vazifalarni bajaradilar.
Shift: bosib turilganda tugma registrini vaqtincha o’zgartiradi va kichik harf o’rniga katta harfni va aksincha kiritadi;
Ctrl: tugmaga mos boshqarish farmoishini kiritish uchun mo’ljallangan;
Alt: odatda amaliy dastur yoki foydalanuvchi tomonidan o’rnatiladigan alternativ farmoishni berish uchun mo’ljallangan;
CapsLock: klaviturani katta harflar tartibiga o’tkazadi yoki aksincha;
Tab: satrlarni bitta ustun qilib tekislash uchun xizmat qiladi;
Esc: tugallanmagan farmoishni bekor qiladi;
Enter: keyingi satrga o’tish farmoishi yoki farmoishni tasdiqlash;
Backspase: kursordan oldingi timsolni o’chiradi va qolganlarini bitta oldinga suradi;
PrintScreen: ekranning nusxasini oladi va uni almashish buferiga joylaydi;
ScrollLock: kursorni boshqarish tugmalarini ro’yxatni sudrash tartibiga o’tkazadi;
Break: ishlayotgan dasturning ishini vaqtincha yoki butunlay to’xtatadi;
Insert: matnni orasiga yozish tartibidan ustiga yozish tartibiga o’tkazadi yoki aksincha;
Delete: kursordan keyingi timsolni o’chiradi;
NumLock: qo’shimcha tugmalarni raqamlarni kiritish tartibidan kursorni boshqarish tartibiga o’tkazadi yoki aksincha.
Quyidagi tugmalar kursorni boshqarish uchun xizmat qiladilar.
: kursorni bir timsolga chapga suradi;
: kursorni bir timsolga o’ngga suradi;
: kursorni bir satr yuqoriga suradi;
: kursorni bir satr pastga suradi;
Home: kursorni satr boshiga o’tkazadi;
End: kursorni satr oxiriga o’tkazadi;
Page Up: kursorni bir sahifa (ekran) yuqoriga o’tkazadi;
Page Down: kursorni bir sahifa (ekran) pastga o’tkazadi;
|
| |