• Kursorni, satr oxiriga olib o‘tadi.
  • ESC (Escape)
  • Super kompyuterlar
  • Shaxsiy kompyuterlar
  • Kompyuterning ishlash printsipi va tashkil etuvchilari
  • kursorni bir yoki bir necha o‘ringa o‘ngga, chapga, pastga va yuqoriga suradi




    Download 7,52 Mb.
    bet67/104
    Sana19.07.2024
    Hajmi7,52 Mb.
    #267992
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104
    Bog'liq
    Amaliy matematika

    kursorni bir yoki bir necha o‘ringa o‘ngga, chapga, pastga va yuqoriga suradi

    HOME (boshiga)

    Kursorni satr boshiga olib keladi.

    END (oxiri, nihoyasi)

    Kursorni, satr oxiriga olib o‘tadi.

    Page Up (Page Up) (bir sahifa yuqoqriga)

    bu klavish bosilganda kursor bir sahifa (ekran) oldinga suriladi.

    Page Down (Page Down) bir sahifa pastga

    bu klavish bosilsa kursor bir ekran orqaga suriladi.

    ESC (Escape)

    qandaydir oldin berilgan vazifalardan voz kechish.




    1. Kompyuterlarni sinflash

    Kompyuterlarni xotirasining hajmi, takt chastotasi (bir sekundda bajaradigan amallar tezligi), ma’lumotlarning razryad to‘rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo‘lish mumkin:

    • super kompyuterlar;

    • katta kompyuterlar;

    • mini kompyuterlar;

    • mikro kompyuterlar (shaxsiy kompyuterlar);

    • bloknot va cho‘ntak kompyuterlari (notebook, netbook)



    Super kompyuterlar (top 500 kompyuterlar) - juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi
    Katta kompyuterlar (Manframe Computer) - fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo‘ljallangan.
    Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog‘ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda
    Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o‘quv yurtlarida keng tarqalgan bo‘lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.
    Notebook kompyuterlar(yozuv kitobchasi). Notebook kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo‘lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko‘tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan va ichiga o‘rnatilgan batareyalarda ham uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlash mumkinligidir.

    1. Kompyuterning ishlash printsipi va tashkil etuvchilari

    Ixtiyoriy kompyuterning ishlash printsipini birinchi bo‘lib ingliz olimi Charlz Bebidj va uning g‘oyasini mukammallashgan ko‘rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning printsipi dastur asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket ishlash g‘oyasidan iborat. hozirda ko‘p rusumli kompyuterlar shu g‘oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko‘p protsessorli kompyuterlar, yahni bir vaqtda dasturning bo‘laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o‘tish joizdir. shunday qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan dastur asosida ishlaydi. O‘z navbatida dastur qo‘yilgan masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir dasturlash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. Dasturlash tilida tuzilgan dasturlar maxsus tarjimon dasturlar yordamida kompyuter tiliga o‘tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma’lum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman printsipi bo‘yicha avtomatik ravishda bajariladigan dastur avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan dastur asosida dasturni tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi.



    Download 7,52 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104




    Download 7,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    kursorni bir yoki bir necha o‘ringa o‘ngga, chapga, pastga va yuqoriga suradi

    Download 7,52 Mb.