• Windows ME, Windows 2000, Windows XP
  • Kingston
  • Flesh-xotira bilan ishlash: ma’lumot yozish, ochish, ko’chirish, o’chirish




    Download 7,52 Mb.
    bet68/104
    Sana19.07.2024
    Hajmi7,52 Mb.
    #267992
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104
    Bog'liq
    Amaliy matematika

    Flesh-xotira bilan ishlash: ma’lumot yozish, ochish, ko’chirish, o’chirish



    1.-Флешка
    O
    xirgi yillarda oddiy disketa va kompakt disklar o’rniga ma’lumot saqlash va ko’chirish uchun yangi vosita – Flash xotiradan keng foydalanilib kelmoqda (1-rasm). Uning dastlabki hajmi 8 yoki 16 Mb ni tashkil etgan bo’lsa, hozirgi paytda 128 Mb, 256 Mb, 512 Mb, 1 Gb, 2 Gb, 4 Gb, 8 Gb, 16 Gb va 32 Gb hajmga ega bo’lgan turlari ishlab chiqarilmoqda.
    Flash-xotira bu energiya talab qilmaydigan, qayta yoziladigan yarim o’tkazgichli xotira. Flash-xotira quyidagi afzalliklarga ega:

      • Energiya manbaiga bog’langan emas – ma’lumotni saqlash uchun energiya talab qilmaydi (faqat o’qish yoki yozishda ishlatiladi);

      • qayta yozish – ma’lumotlarni o’chirib, qayta yozish mumkin;

      • yarim o’tkazgich – mexanik harakatlanuvchi qismlari yo’q, integral mikrosxema asosida qurilgan.

      • HDD, CD, DVD-larga nisbatan ishlayotgan paytida 10-20 marta kam elektr energiya iste’mol qiladi;

      • olib yurish uchun juda qulay;

      • hajmi etarli darajada katta.

    Flash-xotiradan foydalanish uchun kompyuterda USB porti mavjud bo’lishi kerak. Bundan tashqari USB bog’lamiga ulangan qurilmalarni to’g’ri aniqlaydigan operatsion sistema ham bo’lishi kerak: Windows ME, Windows 2000, Windows XP, Windows 7, Windows 8
    Flash-xotirani ochish uchun quyidagilarni bajaring:

    • Sistema blokining orqasida bo’sh USB portini toping va unga Flash-xotirani kiriting.

    • Natijada Flash-xotira korpusida mavjud indikator yonadi va operatsion sistema uni aniqlashni boshlaydi.

    • Agar Flash-xotiraga ma’lumot yozilgan bo’lsa xuddi CDG’DVD disklarni ochgandek, operatsion sistema uning mazmunini aniqlashga kirishadi.




    2-rasm. Fleshka qurilmasini o’rnatish bo’yicha muloqot oynasi



    • Agar Flash-xotira ishlash tezligi USB 2.0 standartida bo’lib, u USB 1.1 standartidagi portga ulangan bo’lsa, Windows operatsion sistemasi tegishli ma’lumotni chiqaradi:




    3-rasm. Fleshka bilan ishlashga tayyorligi xaqida xabar



    • USB 1.1 standarti ma’lumot almashishning 12 MbitG’sek tezligini ta’minlaydi, USB 2.0 da esa bu ko’rsatkich 480 MbitG’sek teng bo’ladi, ya’ni 40 baravar katta.

    Flash-xotiradan kompyuterga ma’lumot yozish uchun:

    • kerakli fayl yoki katalogni tanlab, sichqonning o’ng tugmasini bosish kerak;

    • hosil bo’lgan kontekst menyudan Kopirovat (Nusxa olish) buyrug’ini tanlash kerak;

    • ma’lumot yozilishi kerak bo’lgan katalog yoki diskni ochib, sichqonning o’ng tugmasini bosish kerak;

    • h osil bo’lgan kontekst menyudan Vstavit (Joylash) buyrug’ini tanlash lozim.

    Kompyuterdan Flash-xotiraga ma’lumot yozish uchun (1.27-rasm):

    • kerakli fayl yoki katalogni tanlab sichqonning o’ng tugmasini bosish kerak;


    • 4-расм. Kompyuterdan fleshkaga ma’lumot yozish
      hosil bo’lgan kontekst menyudan Otpravit (Jo’natish) buyrug’ini tanlash kerak;

    • Menyudan S’emno’y disk (Ajraladigan disk)ni tanlash kerak;

    • Natijada ko’rsatilgan ma’lumot Flash-xotiraga yoziladi.

    Flash-xotiradan foydalanish davomida unga USB bog’lami orqali 5 Volt elektr energiya uzatiladi. Uni ishlayotganligi yoki ishlamayotganligini undagi indikator bo’yicha tekshirish mumkin bo’ladi. Agarda chiroq (indikator) yongan bo’lsa, demak Flash-xotira ishlayapti. Agarda Flash-xotiraga elektr ta’minot uzatilayotganida uni USb portidan chiqarsak, u ishdan chiqishi ehtimoli mavjud.
    Flash-xotirani kompyuterdan bexavotir ajratib olish uchun quyidagilarni bajarish kerak:






    • Windows ish stolining o’ng pastki qismida indikatorga sichqon ko’rsatkichini olib kelib, chap tugmani qo’sh cherting.

    • Natijada qurilmani xavfsiz chiqarish muloqot oynasi hosil bo’ladi:

    • Mazkur oynada Ostanovit (Ajratish) tugmasini bosib, yangi oynada qurilmani ko’rsatib, OK tugmasini bosish kerak.



    • Bundan keyin Windows operatsion sistemasi tegishli ma’lumot beradi:




    • Buning natijasida Flash-xotiraga uzatilayotgan elektr energiya o’chiriladi va uni xavfsiz USB portidan chiqarish mumkin.

    Flash-xotira qurilmalarini bir nechta firmalar ishlab chiqaradilar. Ulardan keng tarqalganlari: Kingston, PQI, LG, GenX, SanDisk, TwinMos va boshqalar.



    Download 7,52 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104




    Download 7,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Flesh-xotira bilan ishlash: ma’lumot yozish, ochish, ko’chirish, o’chirish

    Download 7,52 Mb.