Ta’limda innovatsion menejment




Download 22,85 Kb.
Sana07.06.2024
Hajmi22,85 Kb.
#261313
Bog'liq
оралик ва якуний назорат вариантлари


“Ta’limda innovatsion menejment” fanidan oraliq nazorat savollari
Variant №1

  1. Innovatsiya turlarini tasnif etishga turlicha yondashuvlar.

  2. Innovatsion va strategik menejmentning majmuaviy mazmuni: Innovatsion faoliyat strategiyasini (rejasi va dasturini) tuzish; yangi turdagi ilmiy mahsulotlar yoki pedagogik texnologiyalarni yaratish, uni pedagogik faoliyatga joriy etish jarayonini kuzatib borish

  3. Innovatsion menejmentning Yaponcha modeli.

Tuzuvchi prof.Maxmudova G.N.


“Ta’limda innovatsion menejment” fanidan oraliq nazorat savollari


Variant №2

  1. Pedagogik innovatsiyaning mazmun-mohiyati va muhim belgilari

  2. Yangi pedagogik ilmiy mahsulot yoki texnologiya samaradorligining tahlili, uning marketing dasturini ishlab chiqish; yangi pedagogik ilmiy mahsulot yoki texnologiyani yaratish

  3. Tajriba-sinov ishlarining asosiy vazifalari va bosqichlari.

Tuzuvchi prof.Maxmudova G.N.


“Ta’limda innovatsion menejment” fanidan oraliq nazorat savollari


Variant №3

  1. Innovatsiya jarayonining asosiy bosqichlari: fikr(axborot)larni yig‘ish va umumlashtirish hamda g‘oyalarni aniqlash (yangi pedagogik ilmiy mahsulot yoki texnologiya g‘oyasini ishlab chiqish).

  2. Innovatsion boshqarish jarayonlari va ularning mehnat (pedagogik) jarayonlari bilan bog‘liqligi.

  3. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlariga yo‘naltiriladigan investitsiyalar samaraldorligining baholanishi.

Tuzuvchi prof.Maxmudova G.N.


“Ta’limda innovatsion menejment” fanidan oraliq nazorat savollari


Variant №4

  1. Pedagogik innovatsiyaning rivojlanish tamoyillari, bosqichlari.

  2. Ta’lim muassasalari va tashkilotlari faoliyatining tashqi va ichki muhiti, uning jarayonli yondashuvga ko‘rsatadigan ta’siri.

  3. Innovatsion faoliyatda inson omili.

Tuzuvchi prof.Maxmudova G.N.


“Ta’limda innovatsion menejment” fanidan yakuniy nazorat savollari


Variant №1

  1. Yangilanishlar jarayoni va strategik marketing vazifalari.

  2. Ta’lim muassasalari va tashkilotlarida innovatsiyalarning joriy etilishiga qarshilik ko‘rsatuvchi omillar va ularni bartaraf etish usullari.

  3. Innovatsion loyihalarni rejalashtirish.

Tuzuvchi prof.Maxmudova G.N.


“Ta’limda innovatsion menejment” fanidan yakuniy nazorat savollari
Variant №2

  1. Innovatsiya va strategiya g‘oyalarini baholash.

  2. Ta’lim muassasalari va tashkilotlarida innovatsion faoliyatning moliyaviy-kreditli qo‘llab-quvvatlanishi.

  3. Innovatsion loyihalarni boshqarish bo‘yicha menenjerning asosiy vazifalari.

Tuzuvchi prof.Maxmudova G.N.


“Ta’limda innovatsion menejment” fanidan yakuniy nazorat savollari
Variant №3

  1. Bozor segmentlari va iste’mol sohalarini izlash.

  2. Innovatsiya loyihalarini moliyalashtirish xususiyatlari.

  3. Innovatsion loyiha samaradorligi va uning asosiy ko‘rsatkichlari.

Tuzuvchi prof.Maxmudova G.N.


“Ta’limda innovatsion menejment” fanidan yakuniy nazorat savollari
Variant №4

  1. Amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarining axborot ta’minoti.

  2. Ta’lim muassasalari va tashkilotlarida innovatsiya resurslarining manbalari.

  3. Innovatsion loyihaning samarasizlik sabablari.

Tuzuvchi prof.Maxmudova G.N.


S.Turg’unovning fikricha, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda innovatsion salohiyatiga ko’ra yangiliklar modernizatsiya, unifikatsiya, faoliyatni takomillashtirish, shaklan o’zgartirish, rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan modifikatsion innovatsiyalar; oldindan ma’lum bo’lgan metodlarning elementlarini yangi tizimga birikishini nazarda tutuvchi birikkan innovatsiyalar; o’xshashlikka va umumiylikka ega bo’lmagan radikal innovatsiyalar innovatsion jarayonlarning asosi sifatida belgilanishi mumkin.


Innovatsiyalarning xususiyatlariga ko’ra ularni turli xil asoslar bilan turlicha tasniflash mumkin, ya’ni bugungi kunda yangilik kiritishning tugallangan tasnifi mavjud emas. SHu bilan birgalikda bizning tadqiqotlarimiz doirasida aniqlangan ma’lumotlarga ko’ra, pedagogik jarayonlarni tashkil etishda va samaradorligini ta’minlashda eng avvalo, yangiliklarni pedagogik jarayonlarning qaysi bo’g’iniga tegishli ekanligini inobatga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
O.G.Xomeriki o’quv-tarbiya jarayonining u yoki bu tarkibiy qismi bilan bog’liqlikda innovatsiyalarni quyidagi turlarga ajratib ko’rsatadi:
1) ta’lim mazmuniga doir innovatsiyalar;
2) o’quv-tarbiya jarayoni metodlari, metodikasi va texnologiyasiga doir innovatsiyalar;
3) o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga doir innovatsiyalar;
4) ta’lim tizimini boshqarishga doir innovatsiyalar.
M.M.Potashnik va V.S.Lazarevlar ta’limda qo’llanilish ko’lamiga ko’ra innovatsiyalarni quyidagi turlarga ajratib ko’rsatishadi:
1) lokal, alohida, o’zaro bog’lanmagan xususiy innovatsiyalar;
2) o’zaro bog’langan, xususiy innovatsiyalar majmuini ifoda etuvchi modulli innovatsiyalar;
3) butun ta’lim muassasasini qamrab oluvchi tizimli innovatsiyalar.
Yangilikning o’zgarish tezligi va yangilik darajasiga ko’ra innovatsiyalarning ko’proq detallashtirilgan tasnifini N.Yu.Postalyuk quyidagicha taklif etadi:

  1. Nulevoy raqamli innovatsiyalar – tizimning dastlabki xususiyatlarini regeneratsiya qilish (an’anaviy ta’lim tizimi yoki uning elementlarini qayta ishlab chiqish).

  2. Birinchi raqamli innovatsiyalar tizimda miqdor o’zgarishlar kiritish bilan tavsiflanadi. Bunda innovatsiyaning dastlabki sifati o’zgarmaydi.

  3. Ikkinchi raqamli innovatsiyalar esa, tizim ichidagi elementlarni qayta guruhlashtirish yoki tashkiliy jihatlarini o’zgartirish bilan tavsiflanadi (masalan, mavjud pedagogik vositalarning yangi ko’rinishi, ketma-ketligini o’zgartirish, ulardan foydalanish qoidalari va boshqalar).

  4. Uchinchi raqamli innovatsiyalar ta’lim tizimining yangi shart-sharoitlarga moslashuvchan o’zgarishini o’zida ifoda etadi.

  5. To’rtinchi raqamli innovatsiyalar yangi yechimga ega bo’ladi (bular ko’pincha ta’lim tizimining ba’zi tarkibiy qismlari funktsiyasini kengaytirishni ta’minlashga qaratilgan sifatli sodda, o’zgarishlardir). Beshinchi raqamli innovatsiyalar ta’lim tizimining yangi avlodini yaratishni nazarda tutadi (tizimning barcha yoki ko’pchilik dastlabki xususiyatlarini o’zgartirish).

  6. Oltinchi raqamli innovatsiyalarni amalga oshirish orqali “yangi turdagi” ta’lim tizimi yaratiladi. Bunda tizim hosil qiluvchi tamoyil saqlangan holda, tizimning funktsional xususiyatlari o’zgaradi.

  7. Ettinchi raqamli innovatsiyalar ta’lim tizimini tubdan o’zgartirishga qaratilgan. Bunda ta’lim tizimining asosiy funktsional tamoyili o’zgaradi va shu tarzda yangi pedagogik tizim hosil bo’ladi

Download 22,85 Kb.




Download 22,85 Kb.