|
Ta’limga oid internet resurslari
|
bet | 1/2 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 343,23 Kb. | | #247998 |
Bog'liq Dilshoda
Ta’limga oid internet resurslari
Reja;
1. Ta’limga oid internet resurslari turlari
2. Ta’limga oid internet resurslar nimalardan iborat
3. Ta’limga oid internet resurslaridan qanday foydalanish kerak
Zamonaviy o’quv electron nashrlarni tahlil etish ularning murakkab tuzilishga ega bo’lib, kassifikatsiyaga muxtojligini ko’rsatdi. Elektron o’quv nashrlar klassifikatsiyasi asosida ham o’quv, ham electron hamda dasturiy vositalar klassifikatsiyalarining umumiy metodlari yotadi: O’quv nashrlari quyidagi turlarga bo’linadi: - o’quv jarayonidagi ahamiyati va o’rnini belgilovchi funksional xususiyatiga ko’ra; - maqsadiga ko’ra; - taqdim etiluvchi axborot xarakteriga ko’ra; - matnning tashkil etilishiga ko’ra; - ifoda etilish shakliga ko’ra . Elektron nashrlar quyidago turlarga bo’linadi: - bosma ekvivalentining mavjudligiga ko’ra; - asosiy axborot tabiatiga ko’ra; - maqsadiga ko’ra; - tarqatilish texnologoyasiga ko’ra; - elektron nashr va foydalanuvchi orasidagi muloqot xarakteriga ko’ra; - davriyligiga ko’ra; - strukturasiga ko’ra . Xozirgi vaqtda o’quv nashrlarining to’rt xil turdagi nashrlarni o’z ichiga oluvchi tipologik modeli mavjud bo’lib, bularga:
Shu bilan birga bu guruxga nazorat qiluvchi elektron o’quv nashrlari bo’lmish - test dasturlar va berilganlar bazalarini kiritish mumkin.Tuzilishiga ko’ra electron nashrlar bir tomli (bitta axborot tashuvchida joylashtirilgan) va ko’p tomli (har bittasi alohida axborot tashuvchiga joylashtirilgan nomerlangan ikki yoki undan ortiq mustaqil elektron nashrlar).Shunigdek bir xil formatda chiqariluvchi bir necha tomlarning majmuasidan iborat seriyali nashrlar ham mavjud. Materialni bayon etish shakliga ko’ra elektron o’quv nashrlar konveksion(ta’limning axborot berish funksiyasi), dasturiy(dasturlash vositalari yordamida yaratilgan), muammoli(muammoli o’qitish nazariyasiga asoslangan va mantiqiy fikrlashni rivojlantiuvchi) va universal(sanab o’tilgan modellarning alohida elementlarini saqlovchi) turlarga bo’linadi. Maqsadiga ko’ra elektron o’quv nashrlar beshta asosiy guruxga bo’linadi:
maktab o’quvchilari uchun, bakalavrlar uchun, mutaxassislar uchun, magistrlar uchun, boshqalar uchun.Bosma ekvivalentining mavjudligiga qarab ikki guruxga bo’linadi: - bosma o’quv nashrning elektron analogi – mos o’quv bosma nashrning electron nusxasi; - mustaqil elektron o’quv nashr – bosma ekvivalentga ega bo’lmagan o’quv nashr; . Asosiy axborot tabiatiga ko’ra elektron nashrlar quyidagi turlarga bo’linadi: - matnli (belgili) – asosan matnli ma’lumotni saqlaydi; - tasviriy electron nashr – asosan grafik tasvirlardan iborat ma’lumotlarni saqlaydi; - ovozli elektron nashr – ovozli axborotlarning raqamli ifodasini saqlaydi; -dasturiy mahsulot – mustaqil bajariluvchi kod;
- multimediyali electron nashr- turli tabiatdagi axborotning o’zaro bog’langan majmuasi Tarqatilish texnologiyasiga ko’ra: - local electron nashr- ma’lum tirajda ishlab chiqariluvchi va local tarzda ishlatiluvchi axborot tashuvchida joylashtirilgan electron nashr; - tarmoq electron nashri – chegaralanmagan foydalanuvchilar ommasi uchun mo’ljallangan telekommunukatsion tarmoq orqali tarqatiluvchi elektron nashr; - kombinatsiyalashgan electron nashr- ham local, ham tarmoq orqali tarqatiluvchi electron nashr. Foydalanuvchi va electron nashr orasidagi muloqot xarakteriga ko’ra: - mazmun va undan foydalanish uslubi foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilmaydigan elektron nashrlar;
- mazmun va foydalanish uslubi tanlanishi mumkin bo’lgan elektron . Yaratilish texnologiyasiga ko’ra electron nashrlar pedagogik,o’rgatuvchi, nazorat qiluvchi, namoyish qiluvchi, yordamchi, shuningdek, trenajerlar, modellashttirish , o’quv jarayonini boshqarish, o’quv maqsadidagi dasturlar yaratish, kasb tanlash va rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish uchun mo’ljallangan turlarga bo’linadi. Elektron o’quv nashrlarining mazmuni zamonaviy o’qitish texnologiyalariga mos bo’lishi, o’quv jarayonida kompyuter texnikasidan aktiv foydalanish zarurati hisobga olinishi kerak. Elektron o’quv nashrlari tarix ta’limida. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o’quv adabiyotlariga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:. - Tarixiylik va an’anaviylik printsiplariga amal qilish;
- Dasturiy va electron mahsulotlar standatrlariga amal qilish; - ma’lumotlarni bayon etishda estetik va etik normalarga rioya etish; - Bibliografik ma’lumotlarning to’liq va ob’ektivligi; Tarixiy fanlar bo’yicha elektron o’quv nashrlarining xususiyatlari quyidagilardan iborat: Gumanitar bilimlarning asosiy xususiyati ularning noformal xarakterda ekanligidadir. Gumanitar fanlar bo’yicha o'quv adabiyotlari asosan matnli ko'rinishda bo'lib, keng illyustrativ axborotga ega bo’ladi.Bu xususiyat electron o’quv nashrlari tayyorlashda qiyinchilik tug’diradi, chunki bunday matnlarni o’qyv materialini gipermatnli tashkil qilish uchun zarur bo’lgan struktyralash jarayoni qiyin bo’lib, o’quv nashrlari avtorlarining maxsus didaktik tayyorgarlikka ega bo’lishini talab etadi.
O’quv jarayonining asosiy turi ma’ruza hisoblanadi. Ma’ruza –talabalar tomonidan o’zlashtirilishi kerak bo’lgan o’quv materiali uchun yo’naltiruvchi asos bo’lgan bilimlarni shakllantiruvchi o’quv jarayonining tashkil qilinish shaklidir. Ma’ruzaning uchta asosiy turi mavjud bo’lib, ular kirish ma’ruzasi, infomatsion ma’ruza va obzor ma’ruzalaridir.O’rganilayotgan fan predmeti va didaktik maqsadlardan kelib chiqib, ma’ruzalarninng quyidagi shakllaridan foydalanish mumkin: muammoli ma’ruza, visual ma’ruza, press-konferensiya m’ruza va hokazo.Ma’ruzalarda qo’llaniluvchi elektron o’quv nashrlari bayon etiluvchi materialni videotasvirlar, ovozli animatsion roliklar bilan boyitish, ma’ruzachiga murakkab jarayonlarni namoyish etishga yordam berishi kerak. Nazariy materialni oorganishni tashkil etishda quyidagi turdagi elekctron o’quv nasrlaridan foydalanish mumkin:
Amaliy mashg’ulot – nazariy bilimlarni manbalarni muhokama qilish va amaliy masalalarni echish orqali mustahkamlashga qaratilgan o’quv jarayonining tashkil etilish shaklidir. Amaliy mashg’lotlarda foydalaniluvchi electron o’quv nashrlari o’rganuvchiga mavzu bo’yicha , mashg’ulotni o’tkazish tartibi va maqsdi to’g’risida ma’lumot berishi, bilimlarni nazorat qilishi, kerakli nazariy material va amaliy ko’rsatmalarni taqdim etishi, o’rganuvchilar bilimini baholashi kerak. Tarixchilar uchun amaliy mashg’ulotlarning asosiy shakli seminar mashg’ulotlari bo’lib hisoblanadi. Ushbu ta’lim shakli o’quv va ilmiy materialga nisbatan tadqiqot nuqtai nazarini shakllantiradi. Seminar mashg’ulotlarida foydalaniladigan elektron o’quv nashrlari qatoriga xrestomatiyalarni, xujjat va materiallar to’plamlarini, ma’ruzalarning tayanch konspektlarini, electron darslik va boshqalarni kiritish mumkin
O’quv jarayoniga axborot texnologiyalarining tadbiq etilishi talabalarning mustaqil o’zlashtiradigan bilimlari xajmining ortib borishi bilan birga ketmoqda.Aslida elektron o’quv nashrlarining barcha mavjud turlari mustaqil ta’limni tashkil etish uchun asos bo’lishi mumkin. Bu jarayonda axborot texnologiyalaridan foydalanish elektron nashrlar, Internet tarmog’i resurslari, elektron berilganlar bazalari, kutubxonalar katalog va fondlari, arxivlar va hokazolardan foydalaniladi. Talabalarning axborot texnologiyalari asosidagi mustaqil ta’limi quyidagilarni o’z ichiga oladi: electron darslik bilan ishlash, videokolleksiyalarni tomosha qilish, audiokassetalarni eshitish, kompyuterli trenajerlarda ishlash, kompyuterli testdan o’tish va boshqalar. hozirgi paytda bilimlarni nazorat qilishning barcha turlarini elektron o’quv nashrlari yordamida maxsus ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari asosida amalga oshirish mumkin.
|
| |