• Tarbiyaviy maqsad
  • Rivojlantiruvchi maqsad
  • Ta’limiy maqsad




    Download 19,39 Kb.
    bet1/2
    Sana14.09.2024
    Hajmi19,39 Kb.
    #271081
      1   2
    Bog'liq
    mustaqillik darsi uchun ishlanma



    Sharof Rashidov tuman MMTBga qarashli 8-maktabning Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Mamanova Sayyora Faxriddinovnaning “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” mavzusida tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi

    Jizzax-2024
    Mavzu: “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”.
    Darsning maqsadi:
    Talimiy maqsad: o‘quvchilarning ongi va shuuriga 1991-yil
    31-avgustda qo‘lga kiritilgan milliy mustaqillik – XX asrda xalqimiz tomonidan amalga oshirilgan buyuk ma’naviy jasorat namunasi ekanligini, 2024-yildan boshlab vatanimizda, jumladan, ta’lim sohasida yangi islohotlar davri boshlanganligi, uning mazmun-mohiyatini tushuntirish, mustaqilligimizning 33 yillik tarixi, buguni, ertasi haqida ma’lumot berish;
    Tarbiyaviy maqsad: Ona Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, mustaqillik in’om etgan milliy davlatchilikni, o‘zlikni, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatni tiklash, qadimiy-milliy urf-odat va an’analarni, muqaddas islom dinimizni, buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlarini ulug‘lash va faxr hissini, ertangi kun tayanchi va suyanchi bo‘lgan yoshlar zamonaviy bilimlarni puxta egallashlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligini singdirish, ular qalbiga bilimli, ma’naviyatli, ma’rifatli, komil insonlar bo‘lib yetishish hissini singdirish hamda shu yurtning haqiqiy egasi ekanliklarini fahmlash;
    Rivojlantiruvchi maqsad: axborotlar bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, milliy va umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirgan holda istiqlol davrida erishilgan yutuqlar va ularning ahamiyati haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
    Dars turi: suhbat, munozara, savol-javob.
    Dars usuli va metodi: Aqliy hujum metodidan foydalanish. Bunda mustaqillik yillarida erishilgan va hozirgi kunda erishilayotgan yutuqlar va kelgusida nimalarga erishishimiz kerak? Buning uchun bizlardan nima talab qilinadi? Nimalarga e’tibor berishimiz kerak? Fidoiylik, vatanparvarlik, bag‘rikenglik, komillik o‘zi nima, unga qanday erishamiz? kabi tezkor savol-javob orqali mavzu mohiyatini yoritishga hamda dars jarayonining faollashishiga yordam beradi.

    Download 19,39 Kb.
      1   2




    Download 19,39 Kb.