• Darsning bosqichlari Vaqt 1
  • O‘quvchilarning bilimlarini takrorlash
  • Yangi mavzu bayoni
  • Mustahkamlash
  • Uyga vazifa
  • Ta’limiy maqsad




    Download 19,39 Kb.
    bet2/2
    Sana14.09.2024
    Hajmi19,39 Kb.
    #271081
    1   2
    Bog'liq
    mustaqillik darsi uchun ishlanma

    Darsning jihozi: televizor, ekran, proyektor, multimedia, bukletlar, Vatanni madh etuvchi qo‘shiq va musiqalar, kinolavhalar, slaydlar.
    Darsning bosqichli jadvali:



    Darsning bosqichlari

    Vaqt

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    O‘quvchilarning bilimlarini takrorlash

    5 daqiqa

    3

    Yangi mavzu bayoni

    10 daqiqa

    4

    Mustahkamlash

    20 daqiqa

    5

    Dars yakuni va o‘quvchilarni baholash

    5 daqiqa

    6

    Uyga topshiriq berish

    2 daqiqa

    Darsning borishi
    Tashkiliy qism: salomlashish, o‘quvchilar davomati aniqlanadi, sinf xonasining tozaligi va o‘quvchilarning darsga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechiriladi, sinf qatorlari bo‘yicha yetakchi sardorlar belgilab olinadi.
    O‘quvchilarning bilimlarini takrorlash: o‘quvchilarning dastlabki bilimlarini takrorlab olish maqsadida quyidagi tarqatma savollar bilan murojaat qilinadi (yosh darajasiga ko‘ra savollar berilgani ma’qul).

    1. O‘zbekiston qachon mustaqil davlat deb e’lon qilingan?

    2. “Mustaqillik” so‘zining ma’nosini bilasizmi?

    3. Ramzlarimiz haqida so‘zlab bering.

    4. Jadid ma’rifatparvar shaxslardan kimlarni bilasiz?

    5. So‘nggi yillarda olib borilgan islohotlarni ayting.

    6. Yangilangan Konstitutsiyada qanday o‘zgartirishlar kiritildi?.

    7. O‘z huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?

    Yangi mavzu bayoni: Vatanimiz 1991-yilning 31-avgustida mustaqil davlat ekanligi e’lon qilindi. Shu kundan e’tiboran 1-sentabr “Mustaqillik bayrami” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
    Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng biz o‘zligimizni, qadriyatlarimizni, ma’naviyatimizni teran anglay boshladik. O‘zbek nomining shoni-shavkati, g‘ururi dunyoga tanildi. Ajdodlarimizning azaliy orzusi ushalib, yurtimiz mustaqillikni qo‘lga kiritganiga ham 33 yil to‘ldi.
    Vatan madhi
    Kimga dasht boshpana, kimgadir gulzor,
    Har kimning sig‘ingan sajdagohi bor.
    Har hovuch tuprog‘i ko‘zga to‘tiyo,
    Biz uchun qadrdon shu aziz diyor.
    O‘ping, ko‘zingizga suring tuprog‘in,
    Har so‘zin muqaddas duodek seving.
    Qadang yuraklarga millat bayrog‘in,
    Vatanni Najmiddin Kubrodek seving.
    Ko‘nglimning gavhari shu aziz maskan,
    Fidodir hamisha unga jon-u tan.
    Otalar himmatin yodi mash’ali,
    Onalar oq suti hurmati – Vatan.
    O‘ping, ko‘zingizga suring tuprog‘in,
    Har so‘zin muqaddas duodek seving.
    Qadang yuraklarga millat bayrog‘in
    Vatanni Najmiddin Kubrodek seving. (Muhammad Yusuf)


    (Bu paytda monitor orqali yurtimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, erishilgan yutuqlar, yangi qurilgan ishlab chiqarish korxonalari, namunaviy tipda qurilgan uy-joy binolari, yurtimizdagi muqaddas qadamjolar aks etgan videolavha namoyish etilib turiladi.)
    Istiqlol davrining yilma-yil tahlili yana bir muhim xulosani aytishga asos beradi: O‘zbekistonimizning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy qiyofasi batamom o‘zgardi. Odamlar tafakkurida keskin sifat o‘zgarishi sodir bo‘ldi. Bugungi xalq 33 yil burungi xalq emas. Bu o‘zgarishlar kelajakda qanday shirin mevalar berishini bir ko‘z o‘ngimizga keltirib ko‘raylik. Shunda ko‘ngilga baxtiyorlik umidbaxshlik, shukr va faxr hissi inadi. Mustaqillik, avvalo, millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini kafolatlaydi. Bu degani esa - biz millat, xalq sifatida taqdirimiz bilan bog‘liq barcha masalalarni o‘zimiz hal etishimiz lozimligini anglatadi.
    Mamlakat hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlarni uchta - siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy islohotlarga bo‘lib tahlil etish mumkin. Siyosiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasi jahondagi teng huquqli mustaqil davlat sifatida yuz ko‘rsatdi. Xalqaro maydonda munosib o‘rinni egalladi. O‘z ovoziga, o‘ziga xos mavqeiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, davlat ramzlariga ega bo‘ldi. O‘z tiliga, qomusiga, gerbiga, bayrog‘iga, Prezidentiga, madhiyasiga, chegarasiga, milliy valyutasiga va milliy armiyasiga ega bo‘ldi.
    Iqtisodiy jihatdan Mustaqillik yillarida iqtisodiy mustaqillikka erishdik: avtomobil va transport sanoati rivojlandi. Davlatimiz g‘alla mustaqilligiga erishdi. Mamlakatimiz agrar davlatdan industrlashgan mamlakatga aylandi. Avvallari mamlakatimiz xom-ashyo bazasiga aylangan bo‘lsa, endilikda paxtani qayta ishlash, undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari qurildi.
    Shahar va qishloqlarimiz qiyofasi o‘zgarib, chiroy ochib, ta’lim muassasalari, guzar, choyxona, to‘yxona va do‘konlar ham iqtisodiy salohiyatimizdan dalolat beradi.
    Ma’naviy jihatdan yurtimizdagi o‘zgarishlarga alohida to‘xtalish lozim. Tilga, tarixga, merosga, dinga, urf-odatlarga, an’ana va qadriyatlarga, adabiyot va san’atga bo‘lgan munosabatning o‘zgarganligini misollar bilan sanab sanog‘iga yetish qiyin.
    Murakkab iqtisodiy sharoitlarga qaramay, davlat xalqimizning farovon hayotini ta’minlash, kelajagi uchun qayg‘urib, ta’lim tizimiga qanchadan qancha mablag‘ ajratilmoqda.
    Mustahkamlash:
    Shundan so‘ng (nimadan? aniqlashtirish) guruhlar/qatorlarga yuqorida berilgan ma’lumotlar asosida savollar beriladi.
    Mustaqillikka erishgungacha bosib o‘tgan yo‘llarini bilasizmi?
    Mustaqillikka qachon erishganmiz?
    Mustaqillik yillaridagi yutuqlarimiz?
    Xalqaro hamjamiyatda O‘zbekistonning o‘rni.
    Qaysi guruh tez va to‘g‘ri bajarsa, ana shu guruh vakillari g‘olib bo‘ladilar hamda dars yakunida rag‘batlantirilib, baholanadilar.
    Uyga vazifa: “Kelajakda Siz, qaysi kasbni egallab, Vatan ravnaqiga qanday hissangizni qo‘shishni istaysiz?” savoliga o‘z fikr-mulohazalarini tayyorlab kelish.
    Download 19,39 Kb.
    1   2




    Download 19,39 Kb.