|
Ta'limni boshqarish tizimlari uchun monolit va mikroservis arxitekturasini baholash va tahlil qilish
|
bet | 2/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 73,07 Kb. | | #232333 |
Bog'liq Maqola Xudayberganov TohirjonOson deploy — Oson joylashtirish bo’ladi chunki siz faqat bitta ilovani deploy qilish kerak xalos. Har doim yangi qo’shimchalar qo’shilsa yoki xatoni tuzatish qilinganda yagona ilovani deoplay qilinadi.
Tushunish oson — Deyarli barcha dasturchilar monolit ilova bilan ishlagan, shuning uchun loyihaga tez kirishib, boshlab keta oladi.
Oson debug — Debug (nosozlikni tuzatish) qilish oson barcha biznes mantiqlar bitta ilovada joylashganligi sabab qo’shimcha konfiguratsiyalarsiz oson dubug qilish mumkin
Test qilish oson — hamma kodlar va konfiguratsiyalar bitta ilovada bo’lganligi sabab qo’shimcha konfiguratsiylar, boshqa servislarni holatini(ishlayotganligini) va boshqa qo’shimcha ishlarni bajarish shart emas. Qo’shimchasiga oxirigacha testlarni oson implementatsiya qilinadi.
Oson Monitoring — tizimda qandaydir xatoliklar yoki nosozliklar yuzaga kelsa aniqlash juda oson bo’ladi.
Monolit arxitekturaning kamchiliklari:
Tizim kattalashganda xizmat ko’rsatish qiyinlashishi — Loyiha boshlanganida uni boshqarish anchayin oson bo’ladi lekin yillar o’tib kattalashgani sari uni boshqarish qiyinlashib boradi. Monolit ilovalar kichik va o’rta tizimlar uchun ideal yechim hisoblanadi.
Deploy payti ishlamay turishi — Ilova yangilash paytida butun boshli tizim ishlamaydi, toki tizimi ishga tushmagunicha.
Jamoa kattalashgan sari ishlash qiyinlashib boradi — Tasavvur qiling, katta jamoada bitta Monolit ilova bilan ishlayapti, har bir kichik jamoa o’ziga biriktirilgan turli xil vazifalarni yoki xatolarni tuzatish qiladi.
Qisman Mahstablash(scalability) imkoni yo’q — Bilamizki, Monolitni ham mashtablash mumkin. Lekin aynan ko’p talab bo’layotgan qisminigina mashtablay olmaymiz, faqatgina to’liq mashtablashimiz mumkin. Bundan tashqari har doim ham gorizontal mashtablashdan foydalana olmaymiz. Natijada vertikal masshtabdan foydalanishga majbur bo’lamiz. Bu esa qimmat va chegaralangan masshtab hisoblanadi.
|
| |