• “B” sinf manzillari.
  • “D” sinf manzillari.
  • Tamoyillari




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/59
    Sana17.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #239987
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59
    Bog'liq
    Tarmoq protokollari R X Djurayev Sh Y Djabborov M M Umirzakov

    “A” sinf manzillari.
    “A” sinf tarmoqlari manzildagi eng katta (chap) bitning 
    0 qiymati bilan aniqlanadi. Birinchi oktet (0 dan 7 gacha bitlar) manzildagi chap 
    bitdan boshlanadi. Ushbu oktet tarmoqdagi tarmoqosti (tarmoqning ichidagi kichik 
    tarmoq)lar sonini belgilaydi, ayni vaqtda qolgan uchta oktet (8 dan 31 ga qadar 
    bitlar) tarmoqdagi xostlar sonini ifoda etadi. Misol uchun, tarmoqdagi A 124.0.0.1 
    sinfi manzilini olaylik. Bunda 124. - tarmoq manzilini ifoda etadi, manzil ohiridagi 
    0.0.1 esa, ushbu tarmoqdagi birinchi xostni anglatadi. “A” sinf manzillari 
    yordamida, har bir tarmoqda faqatgina 16 777 214 (2
    24
    -2) ta xostlarni ifoda etish 
    mumkin.


    63 
    “B” sinf manzillari.
    “B” sinf tarmoqlari manzilning katta bitlarida 10 
    qiymatlar bilan belgilanadi. Manzildagi birinchi ikkita oktet (0 dan 15 ga qadar 
    bitlar) tarmoq manzillarini ifoda etish uchun xizmat qiladi, qolgan ikkita oktet esa, 
    ushbu tarmoqlardagi xost raqamlarini ifoda etadi. 16384 ta tarmoqning har birida 
    65534 ta xostga ega bo’lamiz. Misol uchun, “B” sinfi manzilidagi 172.16.0.1, 
    tarmoq manzili - 172.16, xost raqami - 0.1.

    C” sinf manzillari.
    “C” sinf tarmoqlari manzildagi katta bitlar 110 
    qiymatlari bilan aniqlanadi. Birinchi uchta oktet (bitlar 0 dan 23 ga qadar) tarmoq 
    raqamlarini ifoda etish uchun foydalaniladi, so‘nggi oktet esa (bitlar 24 dan 31 ga 
    qadar) tarmoqdagi xostlar raqamini o‘zida ifoda etadi. Shunday qilib, 2 097 152 ta 
    tarmoqqa ega bo‘lamiz. Ularning har birida 254 ta xost bo‘ladi. Misol uchun C 
    sinfi tarmog‘idagi 192.11.2.1 manzilni olaylik. Undagi 192.11.2 tarmoq manzilini 
    o‘zida ifoda etadi. Tarmoqdagi xostning raqami esa – 1.
    “D” sinf manzillari.
    “D” sinf tarmoqlari IP – manzilning birinchi to‘rtta 
    bitlarida 1110 qiymatlari bilan belgilanadi. “D” sinfining manzil kengligi 
    qurilmalar to‘plamini manzillash uchun foydalanuvchi, guruhli IP – manzillarni 
    ifoda etish uchun zahiralashtirilgan. Bu mazkur paketning manzil maydonida 
    ko‘rsatilgan raqam bilan guruhni tashkil etuvchi bir nechta qurilmalarga darhol 
    yetkazilish lozimligini anglatadi.

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish