Tanlanmaning boshlangʻich statistik tahlili




Download 300.78 Kb.
Sana28.05.2023
Hajmi300.78 Kb.
#66254
Bog'liq
Extimollar
Azizbek 1, Док, c5a8fbc8-a23d-4d79-a6b7-d7e5f447c243, Azizbek , kt 8, Mavzu To’plamlarda akslantirishlar, ularning xossalari funksiya, kiberxafsizlik Yoqubov Azizbek amaliy, Amaliy ish4, algoritm, exitmol, MUSTAQIL ISH KT, O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi n

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Ehtimollar va statistika fanidan


Amaliy ish-3;

Bajardi: Yoqubjonov Azizbek


Tekshirdi: Xudoyberdiyev Abdusalom 

3-SHAXSIY TOPSHIRIQ


TANLANMANING BOSHLANGʻICH STATISTIK TAHLILI.
Tanlanmani boshlangʻich statistik tahlilida – tanlanma oʻrganish uchun qulay
holatga keltiriladi. Buning uchun birinchi navbatda tanlanma hajmi va tanlanmada
qatnashgan elementlarning minimum va maksimumlariga eʼtibor beriladi. Ushbu
kattaliklarga qarab variatsion qator tuziladi. Variatsion qatorlar 3 turga boʻlinadi:
1. Ranjirlangan variatsion qator;
2. Diskret variatsion qator;
3. Oraliqli variatsion qator.
Taʻrif 1. Tanlanma hajmi n kichik boʻlganda bu tanlanmaning alohida qiymatlari
x1,x2,…,xn larni o‘sish (yoki kamayish) tartibida joylashishidan hosil boʻlgan
x(1)≤x(2)≤x(3) ≤…..≤x(n) qatorga ranjirlangan variatsion qator deyiladi.
Misol. Tasodifiy ravishda potokdagi 5 ta talabadan oldingi semestrda
matematikadan olgan ballarini surishtirdik natijada faraz qilaylik: 81; 76; 93; 62; 71
sonlar hosil boʻldi deylik. Ushbu maʼlumotlar tanlanma toʻplam boʻlib, tanlanma
hajmi n=5 kichik boʻlgani uchun bu sonlarni oʻsish tartibida tartiblashtirishdan hosil
boʻlgan: 62; 71; 76; 81; 93 qator ranjirlangan variatsion qator boʻladi.
Taʼrif 2. Agar tanlanma hajmi n katta, tanlamada qatnashgan xmin va xmax lar
oʻrtasidagi farq esa kichik boʻlsa, u holda tanlanmada qatnashgan 𝑥𝑖 variantalar va
ularning takrorlanganlik chastotalari 𝑛𝑖 lar keltirilgan qatorga diskret variatsion
qator deyiladi.
22-variant
D tanlamaning F1 ustuni boʻyicha
1) Variatsion qator tuzilsin;
2) Tanlanma oʻrta qiymat;
3) Tanlanma dispersiya;
4) Tanlanma oʻrtacha kvadratik chetlanish;
5) Moda;
6) Mediana
lar hisoblansin.

D tanlamaning F1 ustuni boʻyicha
1) F1 ustun 63, 51, 40, 47sonlardan iborat, ularni oʻsish yoki kamayish
tartibida tartiblashtirib chiqamiz:
40, 47, 51, 63-ranjirlangan variatsion qator;
Tanlanma o`rta qiymati: Xo`rtacha=(x1+x2+…+xn)/n=(40+47+51+63)/4=50.25
Tanlanma dispersiyasi : 𝑆̅²=(x1²+x2²+…..+xn²)/n-((x1+x2+…+xn)/n) ²=69.6875
Tanlanma oʻrtacha kvadratik chetlanish: 𝑆̅=√𝑆̅²=√69.6875=8.34790
Ranjirlangan variatsion qatorlarda Moda aniqlanmaydi
6) Mediana, tanlanma hajmi juft boʻlgani uchun:

Me=(47+51)/2=49;

A tanlanma boʻyicha:


1) Variatsion qator tuzilsin;
2) Nisbiy chastotalar aniqlansin;
3) Yigʻma chastotalar aniqlansin;
4) Variatsion qator poligoni chizilsin;
5) Variatsion qator gistogrammasi chizilsin;
6) Emperik funksiya taqsimoti tuzilsin;
7) Emperik funksiya taqsimoti grafigi chizilsin;
8) Tanlanma oʻrta qiymat hisoblansin;
9) Tanlanma dispersiya hisoblansin;
10) Tanlanma oʻrtacha kvadratik chetlanish hisoblansin;
11) Moda topilsin;
12) Mediana topilsin




Shunday qilib A tanlanma boʻyicha Excelda qilingan hisoblashlar bor yoʻgʻi bir varoqni tashkil etadi:
Download 300.78 Kb.




Download 300.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tanlanmaning boshlangʻich statistik tahlili

Download 300.78 Kb.