Tanlash mezonlari




Download 313.19 Kb.
bet3/8
Sana15.05.2023
Hajmi313.19 Kb.
#59886
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-ma\'ruza. Termoelektrik pirometrlar
Allanov11, Karimqulov Sirojiddin, Мева сабзавотларни уй шароитида саклаш ва консервалаш, Tezkorlik sifatlarini rivojlantirish, DARS JARAYONLARINING BOSHLANISH TARTIRBI, Tojiboyeva Maxsus. fan. o\'qitish. met., , 6-mavzu akt, 453, A.Navoiy bayonnoma, 22-ma\'ruza. Modda miqdorini va sarfini o’lchash, Iroda kurs ishi ppt, 5-mavzu. Avtomatik boshqarish tizimlarining umumiy tasnifi, 14-mavzu. Nurlanish pirometrlari, 26 -ma\'ruza. Gazlarning tarkibini analiz qilish. Gazoanalizatorlar
Tayanch iboralar: pirometr, EYuK, termo-EYuK, termojuft, kontakt potensiallar ayirmasi.


Termoelektrik pirometrlar (termometrlar).

1. Termoelektrik effekt. Ilmiy ishlarda, texnologik jarayonlarni kuzatishda turli – tuman jismlarning temperaturasini o`lchashga to`g`ri keladi. Hozirgi zamonda o`lchanadigan temperatura oralig`i juda keng, ya’ni “absolyut nol”ga yaqin temperaturadan bir necha ming graduslargacha. Keyingi vaqtlarda temperaturani o`lchash uchun juda ko`p hollarda elektr termometrlari ishlatilmoqda. Buning sababi asosan quyidagilardan iborat:

  1. Elektr termometrlari juda keng o`lchash chegarasiga ega.

  2. Elektr termometrlari masofadan turib, ya’ni jismga tegmasdan temperaturasini o`lchashi mumkin.

  3. Bu termometrlar texnologik jarayonlarni avtomatik ravishda tekshirish imkoniyatiga ega.

  4. Juda kichik ob’yektlar temperaturasini o`lchash qobilyatiga ega (masalan, to`qimaning temperaturasini o`lchash mumkin).

Past va o`rta temperaturalarni o`lchash uchun kontankt metodiga asoslangan termoqarshilik va termoparalardan foydalaniladi. Bularning ichida platinali termoqarshiliklar va kvars termoo‘zgartirgichlar juda katta yuqori o‘lchash aniqlikka ega. Yuqori temperaturalarni o`lchashda asbob temperaturasi o`lchanadigan moddadan chiqadigan energiya hisobiga ishlaydi va bularning aniqligi unchalik yuqori emas
Termoelektrik hodisalar (Zeebek, Pel’te va Tomson hodisalari) o‘tkazgichlarning issiqlik va elektr jarayonlar orasidagi bog`lanishiga asoslangan. Termoelektr yurituvchi kuchning (termo EYUK) mavjudligini 1821-yili Nemis fizigi Zeebek aniqladi va bunga Zeebek effekti yoki termoeletrik effekt ham deyiladi. Bu hodisa quyidagidan iborat: turli jismlardan tuzilgan yopiq konturda ular kontaktlarining temperaturalari turlicha bo`lganda termo EYUK vujudga keladi. Bunda zanjirda termo tok paydo bo‘ladi.
1834-yili Fransuz fizigi Pel’te turli metallardan tuzilgan zanjirdan tok o`tganda shu ikki metall kontaktida Joul issiqligidan tashqari qo`shimcha issiqlik ajralib chiqishini va tok yo`nalishi o`zgarsa issiqlik yutilishini aniqladi. Bunga Pel’te issiqligi ham deyiladi. Pel’te hodisasi Zeebek hodisasining teskarisidir. Tajribalarning ko`rsatishicha Pel’te issiqligi kontaktdan o`tuvchi zaryad miqdoriga to‘g’ri proporsionaldir, ya’ni
(1)
bunda П - Pel’te koeffitsiyenti, - temperatura.
Tomson effekti esa bir jinsli o‘tkazgich bir jinslimas isitilganda va undan elektr toki o`tganda yuz beradi. Agar tok o`tayotgan o‘tkazgichda temperaturalar farqi ∆T=T2 - T1 yuzaga kelsa, u holda o‘tkazgichdan Joul issiqligidan tashqari issiqlik (tokning yo`nalishiga qarab) chiqadi yoki yutiladi. Bunga Tomson issiqligi deyiladi.
(2)
bunda Kt - material tabiatiga bog`liq bo`lgan doimiy kattalik, ya’ni Tomson koeffitsiyentidir.

Download 313.19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 313.19 Kb.