|
Taqdimot tekshirdi: tovboyev b. X beton qorishmalarini transportlarda tashish Reja
|
bet | 1/4 | Sana | 06.10.2024 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #273756 |
Bog'liq BETON QORISH. REK 2 YANGI 2 - O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
SIRTQI BO’LIM 673-20 YM guruh talabasi Ungalov Masudning Avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya
qilish texnologiyalari fanidan tayorlagan TAQDIMOT
- Tekshirdi: TOVBOYEV B. X.
- .
Beton qorishmalarini transportlarda tashish
Reja:
Beton qorishmasini tashish ishlari
Qurilish ishlarini beton ishlari sarf harajatlarning kata qismini tashkil etishini hisobga olgan holda beton ishlarini to’g’ri tashkil etish orqali qurilishda bajariladigan ishlarning tannarxini arzonroq qilishga erishish mumkin.
Baland qavatli binolarni qurish davomida binolarning yuqori qismiga beton qorishmasini yetkazib berish uchun betonnasoslardan foydalaniladi. Ushbu uskuna hozirgi kundagi qurilishda keng qamrovda qo’llanilayotganiga bir qator sabablar mavjuddir.
Betonnasoslarni to’g’ri qo’llash orqali ulardan katta foyda qilish mumkinligini hisobga oladigan bo’lsak, ushbu uskunani yanada kengroq qamrovda o’rganish kerakligini anglash mumkin.
Beton qorishmasini tashish ishlari
Suv xo’jaligi qurilishining ba’zi sohalarida (ayniqsa, yirik gidrotexnik inshootlar qurilishida) inshoot bloklariga yotqiziladigan holis beton miqdori 1 m3 dan 500 m3/soat va uni tashish masofasi bir necha metrdan bir necha kilometrgacha bo’lishi mumkin. Ayniqsa, markazlashgan bitta beton xo’jaligi bir necha tarqoq holatda joylashgan ob’yektlarga xizmat qilsa, beton qorishmasini belgilangan nuqtaga har xil sharoitlarda yetkazishda ma’lum darajada qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Beton qorishmasini tashish jarayoni uchun transport vositasini tanlashda birinchi navbatda qurilayotgan ob’yektning quyidagi sharoitlari inobatga olinadi:
- beton ishlari hajmi va davomiyligi; qorishmani tashish masofasi;
- betonlashtiriladigan inshootning barcha o’lchamlari va beton tashish jarayonining texnik–iqtisodiy ko’rsatkichlari (transport vositalari ish unumdorliklari, harakatlanish tezligi, tashish ishlari solishtirma narxi va hokazolar).
Shuningdek, tashish jarayonida beton qorishmasining bir jinslilik bo’yicha strukturasi va konsistensiyasi dastlabki holatida saqlanishi jiddiy ravishda talab qilinadi.
|
| |