• Prezentatsiya
  • Taqdimotlarni yaratish texnologiyalari




    Download 2.48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/12
    Sana10.03.2022
    Hajmi2.48 Mb.
    #18481
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    6-Maruza.Taqdimotlarni yaratish texnologiyalari
    123123123 rasskraska, 1-Ma`ruza, qidiruv algoritmlari, 631-19 guruh Toshboyev Jaloliddin KT 5-lab, Labaratoriya ishi 3 Mobil ilovalarini ishlab chiqish Orifjanov Shavkatbek, Smart city, amaliyot 10, Laboratoriya ishi 11-12, ehtimollar test belgilangan, ЗАДАНИЕ 3 , 9-ma\'ruza 2021-2022 IRT, xisob ishchi dastur 2019-2020, (KOICA) Application Guideline 2022, KOMPYUTER NAZORATI PRINTSIPLARI


    TAQDIMOTLARNI YARATISH TEXNOLOGIYALARI. 
    Ushbu bobda quyidagi bilimlar bayon etilgan: 

    Taqdimot haqida tushuncha 

    MS Power Point dasturi 

    MS Power Point dasturida taqdimotlar yaratish 
    Kirish 
    Butun borliq atrofimizni o‘rab turgan olamning ongimizdagi aksi bu axborot 
    sanaladi. Inson hamisha ko‘rganlarini eslab qolishga va yoddan chiqarmaslikka harakat 
    qiladi. Buning uchun esa turli xil yo‘llarni o‘ylab topdi va rivojlantirdi.
    Hozirgi elektron hisoblash texnikalari rivojlangan davrda buning yo‘li juda 
    osonlashib qolgan. Elektron qurilmalar va shu maqsadga yo‘naltirilgan vositalar bunda 
    katta yordam beradi. Aynan shunday maqsaddagi ishlar uchun ham Microsoft Office 
    kompaniyasi Power Point dasturini ishlab chiqargan. 
    Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, ularni ekranda 
    ko‘rsatish, tarqatiladigan material, ma'ruza rejasi va konspekt shaklida bitta faylda 
    saqlanadi, Prezentatsiya (taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish 


    etish uchun beriladigan fayl nomi. Slayd - bu prezentatsiyani alohida kadri bo‘lib, 
    matnni, sarlavhalarini grafik va diagrammalarni o‘z ichiga oladi. Slayd - ma'lum bir 
    o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan 
    yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi. Prezentatsiya strukturasi (tuzilishi) - 
    faqatgina slayd sarlavhasini, shuningdek, grafik tasvirsiz asosiy matnni va maxsus 
    shakllantirishni ichiga olgan hujjat.  
    Microsoft Power Point (to‘liq nomi — Microsoft Office Power Point,
     inglizcha:
     
    power pointpower point — ishonarli hisobot) — taqdimotlar yaratish va ularni tomosha 
    qilishga mo‘ljallangan dastur bo‘lib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va
     
    Microsoft
     
    Windows, macOS 
    tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. Bu dastur 1987 - 
    yilda yaratilgan bo‘lsa ham, shu kungacha hech qanday ahamiyatini yoqotmagan va 
    hali hamon yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. PowerPointda yaratilgan taqdimotlar
     
    proyektor 
    yordamida katta ekranlarda yoki katta o‘lchamli televizion ekranlarda 
    ko‘rishga mo‘ljallangan. 
    Microsoft Power Point — universal, imkoniyatlari keng bo‘lgan, ko‘rgazmali 
    grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma,
    grafiklar,
    animasiya 
    effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini 
    beradi. 
    MICROSOFT POWER POINT dan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi yoki 
    u yangi ish boshlovchi bo‘lsa, yoki tajribali bo‘lishidan qat'iy nazar, ushbu dasturga 
    kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi. Kompyuter texnologiyasining 
    rivojlanib borishi taqdimot masalasini hal etish ham oson, ham tez va asosiysi, sarf-


    harajatni juda ham kam bo‘lishini ta'minlaydi. Shunday dasturlar yaratildiki, saydlar 
    tayyorlash uchun matn, grafik muharrirlari, elektron jadval, multimedia dasturlari va 
    Internet xususiyatlarini bog'lagan holda, quyidagi imkoniyatlarni beradi:
    1) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan tartibda 
    joylashtirish;
    2) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida ixtiyoriy tartibda 
    joylashtirish; 
    3) taqdimotdagi bir slayd bezagini qolgan barcha slaydlarga avtomatik o‘tkazish; 
    4) taqdimotdagi har bir slaydni alohida ko‘rinishda bezash; 
    5) taqdimotda multimediali slaydlar yaratish.
    Dastur tomonidan matn, rasm, grafik va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan 
    tartibda joylashtirish. Taqdimot qilish texnologiyasining samaradorligi ko‘p jihatdan 
    taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va h.k.larga 
    bog'liq ekanligini ham unutmaslik lozim. 
    Tarixi 
    Power Point yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskinsda paydo bo‘ladi. 
    1984-yil Gaskins Forethought firmasiga qo‘shildi va Dennis Ostin ismli dasturchini 
    ishga yollaydi. Bob va Dennis harakatlarini birlashtirishadi va Presenter dasturini 
    yaratishadi. Dennis dasturning original versiyasini Tom Rudkin bilan yaratadi. 


    Keyinchalik Bob dastur nomini Power Point deb o‘zgartirishga qaror qiladi. 
    1987-yil Power Point 1.0 Apple Macintosh tizimi uchun namoyish etiladi. U oq-
    qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli ko‘rinishlari paydo bo‘lgan 
    va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. PowerPointning ilk versiyalarida dastur 
    tarkibiga ko‘k jildli kitob shaklidagi yo‘riqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga 
    tushishi munosabati bilan Forethought elektron yo‘riqnomaga o‘tishga qaror qiladi. 
    1987-yil Forethought va Power Point Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga sotib 
    olinadi. 1990-yil Microsoft Office paketi to‘plamidagi Windows uchun versiyasi 
    namoyish qilindi. 2002-yildan boshlab Office XP Power Pointning paydo bo‘lishi bilan 
    u Office paketidan alohida ham tarqatilishi mumkin edi. 

    Download 2.48 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 2.48 Mb.
    Pdf ko'rish