Topshiriq: “Davra suhbati”. Yana qanday milliy urf-odatlarimiz, marosimlar va an’analarimiz bor




Download 3 Mb.
bet7/8
Sana23.12.2019
Hajmi3 Mb.
#4636
1   2   3   4   5   6   7   8

Topshiriq: “Davra suhbati”. Yana qanday milliy urf-odatlarimiz, marosimlar va an’analarimiz bor.
IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

26-Mavzu: Amir Temur va jahon madaniyati.

Kun shiori: “Buyuk shaxslarni millat qayg`usi, xalq dardi yaratadi”



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Buyuk Sohibqironga bo`lgan hurmatlarini rivojlantirish, Amur Temur haqida g`urur va iftixor tuyg`ularini singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: "Tengi yo`q Sohibqironi bor, o`zbekning“

O`qituvchi:



Amir Temur siymosi.

Turkiston amirlari o`rtasida bo`lgan kurashlarda g`olib chiqqan Amir Temur 1370 yil 9 aprel kuni, bu-Qur’oni karim nozil etilgan ramazon oyi o`n ikkinchisida, chorshanbai murodbaxshda yuz berdi,- Turkiston taxtini egalladi. Shunda Amir Temur 34 yoshga kirgan edi. Amir Temur XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshida jahonda siyosiy iqlimni belgilashda katta nufuzga ega bo`lgan siymo darajasiga ko`tarildi, jahon tarixiga ta’sir o`tkazuvchi davlat arbobiga aylandi.



“Buyuk shaxslarni millat qayg`usi, xalq dardi yaratadi”, deb ta’kidlagan O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov: “Dunyoning qaysi yerida, qaysi zamonda Amir Temurdek buyuk sarkarda, Amir Temurdek buyuk davlat arbobi, Amir Temurdek ilm-fan, ma’naviyat va ruhoniyat homiysi bo`lgan?”

Chindan ham, o`rta asrlar sharoitiday murakkab bir davrlarda yashab, o`zining jon huzurini emas, balki dastavval Vatan ravnaqi g`amini chekish, parokanda yurtni birlashtirish, ilmu fan homiysi-yu bunyodkor bo`la olish Amir Temurning favqulodda bir shaxs ekanligini ko`rsatadi. Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur Movarounnahr va Xurosonni birlashtirib, markazlashgan saltanatga asos soldi. Jahon sahnasida, Yevropani saqlab qolgan mard sarkarda nomi bilan, milliy davlatchiligimizga tamal toshini qo`ygan shaxs sifatida tarixda nomi qoldi va bugun avlodlari har daqiqada nomini ulug`laydi. Amir Temur ordeni, Amir Temur haykallari,Amir Temur va temuriylar muzeyi, Amir Temur ko`chasi, Amir Temur bekati, Amir Temur mahallasi, Amir Temur mavzesi, Amir Temur nomli maktab, Amir Temur guruhi. Shundan xulosa qilishimiz kerakki, millat, xalq, yurt, vatan uchun xizmat qilgan, kerak bo`lsa jonini fido qilganlar mana shunday ulug`lanadi.

XALQ YARATGAN DAHO



XX asr o`zbek adabiyotida Amir Temur uchun kuyib-yonganlardan va ehtimol, birinchisi-otashin ma’rifarparvar adib Abdurauf Fitratdir. “Temur oldinda” maqolasida Sohibqiron maqbarasini ziyorat etgan adib ko`nglida nechog`lik hayojanli tuyg`ular kechganligining guvohi bo`lamiz: “Sening ziyoratingga keldim, sultonim!..-deb hayqiradi adib.- Ulug` xoqonim! Turklik sharafi talandi. Turkning nomusi, e’tibori, iymoni, vijdoni zolimlarning oyog`lari ostinda qoldi. Turkning yurti, ulog`i, o`chog`i, Turoni yot qo`llarga tushdi! Xoqonim! Turklikka xiyonat qilganlar turk bo`lsalar ham qonlarini oqitmoq sening muqaddas odatingdur, yotma, tur! Sening omonatingga xiyonat qilganlarni ez, ur, o`ldir! Men uch kunlik umrimni tinchgina o`tkazmakchi bo`lmasa erdim, shularning birortasi bo`lmas edi. Men qo`limga topshirdig`ing qilichni tashlab, cholg`uni olmasa edim,Turonim talanmas edi… Ey arslonlar arsloni! Menim yozuqlarimdan o`t, mening qo`limni tut, belimni bog`la, muqaddas fotihangni ber! Sening dunyoga sig`magan g`ayratingga ont ichamanki, Turonnning eski sharaf va ulug`ligini qaytarmasdanburun oyoqdan o`tirmasman! ” (“Hurriyat” gazetasi, 1917 yil 31 oktabr soni).

SOHIBQIRON FARZANDLARI

Amir Temurning to`rt o`g`li va ikki qizi bo`lgan. Farzandlar- o`g`illar ham, qizlar ham harbiy san’at sirlaridan yaxshi xabardor bo`lishgan. Jahongir Mirzo Amir Temurning Turmush oqa degan xotinidan dunyoga kelgan. Jahongir Mirzoning singlisi Oqa Begi xonim bo`lgan. Amir Temurning yana Umarshayx Mirzo, Mironshoh Mirzo, Shohruh Mirzo singari o`g`illari, Sulton Baxt begim degan shaddod qizi bo`lgan.

Sohibqiron mehribon ota, qattiqqo`l murabbiy sifatida barchasini diqqat markazidan qochirmasdi.



Topshiriq: Amir Temur bobomiz haqida yozilgan asarlardan birini tahlil qilish. Bu bilan o`quvchilarda vatanparvarlikni rivojlantirish, Amir Temurga bo`lgan g`urur va faxrlanish yanada kuchli bo`ladi va tarixiy asarlarga, kitoblarga yanada qiziqish uyg`onadi . Masalan: O`zbekiston xalq yozuvchilari Pirimqul Qodirovning “Buyuk siymo”, Muhammad Alining “Sarbadorlar”, Nurali Qobulning “Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich” kabi.

IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

27-mavzu: Inson qalbiga yo’l

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o’quvchilarga Inson qalbi va tafakkuriga bevosita ta‘si r o‘tkazadigan sohalar, maktab ulig‘ dargoh, o‘qituvchi o‘z o‘quvchilariga hayot maktabini beradigan mo‘tabar zotdir , Xalq hunarmandchiligining shaxs kamolatidagi o’rni haqida ma’lumot berish;

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, hayot davomida o‘qib-o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

Mashg’ulotda foydalaniladigan jihozlar: doska, ma’ruza matni,

I. Tashkiliy qism

A) Sinf xonasi tozaligiga e’tibor berish.

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarni darsga tayyorgaligini tekshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni aniqlash.



Savol: “Ommaviy madaniyat”ga qanday qarshi kurashishimiz mumkin??

Fikr




Sabab




Misol




Umumiy hulosa




II. Asosiy qism:

Ma’naviyatni chindan ham yengilmas kuchga aylantirish uchun biz qanday masalalarga birinchi galda e’tibor berishimiz, qanday ishlarni amalga oshirishimiz zarur? Ma’naviyat haqida har qancha da’vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, biz ko‘zlangan maqsadga erisholmaymiz, ya’ni, inson qalbiga yo‘l topolmaymiz.SHuning uchun ham biz bugungi kunda ta’lim-tarbiya sohasidan boshlab, matbuot, televidenie, Internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san’atigacha, bir so‘z bilan aytganda, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta’sir o‘tkazadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning ma’naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur.Bu haqda gapirganda, shuni ta’kiddash joizki, o‘qituvchi va murabbiylar, yozuvchi va jurnalistlar, kino va teatr ahli, musiqachilar va rassomlar, umuman, ziyolilarimiz xalqimiz uchun yangicha voqelik bo‘lmish bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida jamiyat oldidagi ma’naviy burchini chuqur his etgan holda, o‘z iste’dod va mahoratini ayamasdan astoydil mehnat qilmoqda.Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. SHuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot – o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz.



  1. Mashg’ulotni yakunlash




Inson qalbiga qanday yo’l topiladi

O`quvchilar fikri tinglanadi, hulosa qilinadi.



IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

28-Mavzu:“Kompyuter o‘ynlari manqurtlik vositasi (Fuqarolik muhofazasi kuni munosabati bilan).

Kun shiori: “Ogohlik va hushyorlik har qanday davrda, har qanday vaziyatda davlat, jamiyat va inson uchun eng muhim vazifa hisoblanadi”



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, har doimo sergak va ogoh bo`lishlikni uqtirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollarPedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: "Yoshlarimizni har qanday salbiy illatlardan va ma’naviy tahdidlardan himoya qilishimiz, ogoh etishimiz, mustaqil dunyoqarash egasi qilib tarbiyalashimiz zarur “



O`qituvchi:

Biz nafaqat jismoniy tomondan ogoh va hushyor bo`lishimiz, balkim, ma'naviy tomondan ham ogoh va hushyor bo`lishimiz, ayniqsa, yoshlarimizni ma'naviy tahdidlardan ogohlikka va hushyorlikka chorlashimiz zarur. Ma'lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, otabobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta'bir joiz bo'lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o'zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo'lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da'vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g'oyalar ham ularga o'z ta'sirini o'tkaza olmaydi. Yosh avlodimizni turli ma'naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug'laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatgan, eski zamonlardan qolib kelayotgan noma'qul odatlar haqida ham ochiq so'z yuritishimiz zarur. Birinchi navbatda xudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug'chilik va mahalliychilik, korrupsiya va manfaatparastlik, boshqalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatimizni bumnlay xalos etish to'g'risida o'ylashimiz lozim. Ma'naviy hayotimizga jiddiy xavf soladigan yana bir illat haqida to'xtalib o'tmoqchiman. Shaxsan o'zim bu illatdan jirkanaman. Shu illatga chalingan odamni ko'rarga ko'zim yo'q. Bu — sotqinlikdir. Men har qanday yovuzlikni sotqinlikdan ko'raman. Ezgulik va haqiqatga sadoqati bo'lmagan, ularga ishonmagan odam qo'rqinchlidir. Tabiatida sotqinlik xususiyati bo'lgan odam rahbarlik kursisiga o'tirib qolsa bormi, u yerda osoyishtalik yo'qoldi, deyavering. Ikkita odamning, ikkita mamlakatning o'rtasidagi urushni ham aynan shunday odamlar boshlab beradi. Shu bois bunday odamlardan ogoh bo'lishimiz, ularga yonimizda o'rin bo'lmasligi lozim. Agar tevarak-atrofimizdagi birorta kishida shunday alomatlar sezilayotgan bo'lsa, ularni darhol tarbiyamizga olib, to'g'ri yo'lga boshlashimiz kerak. Shu munosabat bilan tarixda ko'p marta o'z tasdig'ini topgan, men ham o'z tajribamda sinagan hayotiy bir haqiqatni yana bir bor takrorlashni zarur deb hisoblayman: agar biz ahil bo'lsak, el-yurt manfaati yo'lida bir tan-u bir jon bo'lib yashasak, o'zimizdan sotqin chiqmasa, o'zbek xalqini hech kim hech qachon yenga olmaydi. Mashhur faylasuflardan biri ana shu hayotiy haqiqatni chuqur tahlil etib, quyidagi haqqoniy fikrlarni bayon qilgan: «Dushmanlardan qo'rqma — nari borsa, ular seni o'ldirishi mumkin. Do'stlardan qo'rqma — nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo'rq - ular seni o'ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo'laveradi». Ayniqsa, bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo'nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta'sirini o'rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo'lgan zararli g'oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog'lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi. Faqat ana shunday asosda yoshlarni o'z fikriga ega, turli ma'naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo'lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin.

Topshiriq: “Mustaqil fikrlashga o`rgatish”. Ogohlik, hushyorlik, ma’naviy tahdid so`zlari bo`yicha fikrlar va g`oyalar olamiga tashrif buyurish. (Sababi, natijasi )

IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

29-mavzu: Oila psixologiyasi va etikasi haqida tushunchalar

Kun shiori:.Oila-qo’sh ustunli ayvon

I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarni oila va oila a`zolarini hurmat qilishga o`rgatish , insoniylik fazilatlarini tarbiyalash.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.

Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid rasm,tarqatma material,DVD

Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:

Tashkiliy qism

O`quvchilarni darsga hozirlash

Ma`naviyat daqiqasi



II.Asosiy qism:

Rivoyat


Sherning oilasida uch nafar shervachcha dunyoga keldi.Ularning hali ko`zlari ochilmagan, shuning uchun ona sherning bag`ridan hech qayoqqa jilishmas,talashib-tortishib sut emishar edi.Oradan kunlar o`tib,sher bolalari ancha katta bo`lib qolishdi. Ular bir-birlari bilan kurash tushishar va vaqti- vaqti bilan ona sherning oldiga borib,sutga to`yib kelishar edi.Ularning o`sishini chetdan kuzatayotgan ota endi bolalarini ov qilishga o`rgatish payti kelganini tushundi va sekin irillab bolalarini chaqirdi. Lekin shervachchalar ota chaqirig`iga e`tibor ham berishmadi, avvalgidek o`yinlarini davom ettirib, yana talashib-tortishib onalarini ema boshladilar.Buni ko`rgan sherning jahli chiqib, qattiq na`ra tortdi. Uning ovozi hamma yoqni larzaga soldi, barcha jonivorlar tum-taraqay qochib ketishdi. Sher bolalari ham dahshatdan joylarida qotib qolishdi.Otalarining bunday vajohatini ular hech ko`rishmagan edi.Mag`rur turgan sherga ular ham qo`rquv, ham g`urur bilan qarashdi va shu paytda kimning naslidan ekanlarini ,hamda ulardan nima talab qilinayotganini birdan tushunishdi.Ona sher ularga xotirjam qarab turar edi.

Qissadan hissa shuki tarbiya oiladan boshlanadi.Oilada otaning o`rni alohida.uning qattiqqo`lligi esa farzandlari uchun foydalidir.

Oila tuyg`usi har bir insonning qon-qoniga tabiatan singdirilgan bo`ladi.

Oilaning fayzli, farovon bo`lishi esa, albatta unda yashaydigan kishilar-oila a`zolariga bog`liq.Ular o`zaro hamjihat bo`lib yashasa, bir maqsadni ko`zlasa, bu xonadon obod bo`ladi.Tejamkorlik, mehnatning to`g`ri taqsimlanishi, shukronalik bilan yashash oilaga qut-baraka keltiradi.

O`zbekistonda oilaga e`tibor katta, uning farovonligi haqida qayg`urish ustivor vazifaga aylangan.Kam ta`minlangan oilalarga berilayotgan katta ahamiyat ham g`amxo`rlikning bir ko`rinishidir.

Oila mavzusi bo`yicha savol-javob o`tkazish.



III.Yakuniy qism:

Oila haqida maqollar va hikmatli so`zlar mushoirasini o’tkazish



IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

30-Mavzu: Mustahkam oila qurish bilim-ko’nikmalari
Kun shiori:Bir-birimizga ishonch-mustahkam oila asosidir !

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, bu dunyoda insonning azizligini, bir-birovimizning qadriga yetib yashashlikni uqtirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Oiladagi muhit insonning o‘ziga xos ma’naviyati, dunyoqarashi, tasavvur va e’tiqodining shakllanishida, yuksalishida muhim omil. Inson qalbi va ongidagi eng sof, pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari, aynan oila bag‘rida shakllanadi. Xalqimizda kishining qanday ekanligi, uning o‘zini tutishi, tarbiyasi, fe’l-atvori oilasiga bo‘lgan munosabat bilan baholanadi. Bu esa uning jamiyatda o‘z o‘rnini to-pishida muhimdir.

Bu muqaddas dargohda nafaqat farzand dunyoga keladi, balki ma’nan va axloqan go‘zal tarbiya egasi bo‘lgan inson voyaga yetadi. Oila shunday makonki, unda avlodl ar kamol topadi. Ajdodlarimiz azaldan oila mustahkamligi, sog‘lom avlodning yaralishi yo‘lida doimo e’tiborda bo‘lgan. Bunday g‘oyalar avlodlar qalbi va ruhiyatiga singdirib borilgan.Oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat va oqibat omillari sog‘lom muhitni yaratadi. Zero, sog‘lom tarbiya tufayli oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro yakdillik, fikrlar uyg‘unligi, maqsadlar mushtarakligi yuzaga keladi. Farzand tarbiyasi! Qanchalik mukammal, sinoatga to‘la, insoniy muomala-munosabatlar umumlashgan ushbu kalomda. Yaxshi farzand — ota-onaning bebaho mulki, qalb gavhari, muborak siri va ulkan kash.

Darhaqiqat, kishining baxtsizligi, uning tarbiyasizligida. Tarbiyasiz kishida ma’naviy yuksalish bo‘lmaydi, fikrlash darajasi rivojlanmaydi. Unda vatanga, oilaga xiyonatkorlikka moyillik tuyg‘usi shakllanib boradi. Bunday inson mohiyatan «yalong‘och» bo‘lib, aynan go‘zal odob, ibratli axloqqa asoslangan ta’lim-tarbiya uni «kiyintiradi», zeb beradi, yuksaltiradi, ma’naviy barkamollik sari eltadi.Qayerda oila mustaqilligi kuchli intizom va tarbiyaga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va barqaror bo‘ladi. Dunyoda yuz beradigan har qanday o‘zgarishlar, xoh u iqtisodiyotda, xoh ma’naviy-siyosiy sohalarda bo‘lsin, o‘z ta’sirini avvalambor oila muhitida namoyon etadi. Har bir millatning saodati va ravnaqi, albatta, shu xalqning ichki intizomi hamda totuvligiga bevosita bog‘liq. Tinchlik, totuvlik esa, shu millat oilalarining intizomiga tayanadi.

O‘zbekistonda oila davlat muhofazasida. Zero, oilaga muntazam g‘amxo‘rlik qilish, unga har taraf ama moddiy va ma’naviy ko‘mak berish insonparvar demokratik huquqiy davlatning muhim vazifalaridan sanaladi.

Siz ham hozirdan bilib olmog`ingiz kerakki, turmush qurishga chog`langan yigit va qizning o`zaro roziligi, hurmati va muhabbati zaminiga qurilgan oila mustahkam bo`ladi. Shunday nikoh asosida dunyoga kelgan farzandning baxti ham barqarordir. Farzand - oilaning orzu-umidi, er-xotin o`rtasidagi mehr rishtalarini qattiqroq bog`lovchi ulug` ne`mat. Hayotning mazmuni, achchiq yoxud chuchuk bo`lishi farzand bilan. Xalqimizning «Bolali uy - bozor, bolasiz uy - mozor», «Bolalilar bosh bo`lar, bolasizlar yosh bo`lar», «Bola - er-xotin tilmochi», «Odobli o`g`il - ko`kdagi yulduz, odobli qiz - yoqadagi qunduz» kabi ko`plab maqollarini ming yillik hayotiy tajribalar mevasi desak, aslo xato boimaydi.

Er-xotin, oilaning boshqa a`zolari o`rtasidagi sog`lom ma`naviy muhit, xushmuomalalik bolaning bexavotir, sog`lom tug`ilishiga garovdir. Mutaxassis-shifokorlarning fikricha, homilador ayolning kayfiyati yaxshi, asablari tinch, iste`mol qiladigan taomlari bola organizmi uchun foydali bo`lishi kerak. Bu gaplarning sizga ham bevosita aloqasi borligini sezib turgandirsiz. Chunki siz yashaydigan oilada ham kamida bitta kelinoyi bor, to`g`rimi? Uning oilangizning yangi a`zosi sifatida bu yerdagi muhitga o`rganib ketishi oson kechmasligini ham yaxshi his qilsangiz kerak. Shunday ekan, kelin-oyingizga har tomonlama ko`maklashish, uning kundalik yumushlarida dalda bo`lish sizning ham qo`lingizdan keladi. Ayniqsa, u tug`ilajak jiyaningizga homilador bo`lib, yurishga, yumush bajarishga qiynalib qolganida, sizning yordamingiz juda asqatadi. Masalan, kir yuvmoqchi bo`lganida chelakda suv tashib bersangiz, hovlining u ulgurmagan qismini supurib qo`ysangiz, xullas, ozgina bo`lsa ham qo`lidan ishini olsangiz, uning ko`ngli qanchalar ko`tariladi!

Bir kishi yangi tug`ilgan chaqaloqni donishmand oldiga olib kelib: «Taqsir, bolam tarbiyasini qachondan boshlay?» - deya savol beribdi. «Bolangiz dunyoga kelganiga necha kun bo`ldi?» - so`rabdi donishmand. «Ikki oy bo`ldi, taqsir», - javob beribdi ota. «Attang, siz ancha kech qolibsiz, farzandning tarbiyasini ona-sining qornidaligidan boshla-shingiz kerak edi», - degan ekan donishmand.

Yuqorida ta`kidlaganimiz oiladagi sog`lom ma`naviy iqlim xuddi shu tarbiyani o`zida mujassam etadi.

O`zbek oilalarida farzand ko`rish bilan bog`liq qator marosimlar, rasm-rusumlar mavjud bo`lib, ularning har biri yaxshi niyatlar bilan ado etiladi. Jumladan, chaqaloqqa munosib ism qo`yish, uni birinchi marta cho`miltirish, beshikka belash, soch, tirnoq olish, tish chiqishi, yoshiga to`lishi, o`g`il bolalarni xatna qilish, birinchi muchal munosabati bilan bog`liq oilaviy tantanalarning o`tkazilishida ramziy ma`nolar bor. Bunday marosim, rasm-rusumlar bola va uning atrofidagilar quvonchiga quvonch qo`shadi, farzandning ma`naviy kamolotiga, o`zining qanday millatga tegishli ekanini anglashiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

«Taassufki, ba`zi ota-onalar o`z farzandining qiziqishi va intilishlariga, uning ong-u tafakkurida har kuni bir o`zgarish ro`y berib, ko`zida yangi-yangi savollar paydo bo`layotganiga ahamiyat bermaydi. Boz ustiga, agar ota oilada o`zini tutishni bilmasa, axloq-odob bobida farzandlariga o`rnak bo`lish o`miga qo`pol muomala qiladigan bo`lsa, bu holat, tabiiyki, bola ma`naviy olamining shakllanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, vaqti-soati kelib, uning xarakterida inson degan nomga noloyiq, xunuk bir odat sifatida namoyon bo`ladi».

IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.


Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

31- Mavzu: Vaqtni boshqarish psixologiyasi (time management)

Kun shiori: “Vaqt-g’animat

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Vaqt-oqar daryo ekanligini uqtirish, vaqtdan unumli foydalanish ko’nikmasini hosil qilish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: Vaqting ketdi-naqding ketdi

O`qituvchi: Tartibsizlik birinchi galda vaqtni isrof etadi. Bitta kiyimingizni topishga qancha daqiqa sarflashingizni hisoblang! Vaqtingizga achinayapsizmi? Ha, har bir soniyangizni o`zlashtira bilsangiz, ishingizda ham, fikringizda ham tartib hukmron bo`ladi…

Kun bo`yi g`ildirakdagi olmaxondek u yoqdan-bu yoqqa yugurasiz. Ishdan qaytgandan so`ng issiq hammom va yumshoq karavotingizni qo`msaysiz. Uy tozalash yoki pishir-kuydir kabi yumushlarni bajarish esa umuman yoqmaydi. Bunday vaziyatda nima qilish kerak?

1. Soniyali vazifa. Qimmatli vaqtingizni qadrlashni o`rganing! Doira shaklini chizing, bu — “vaqt pirogi”! U butun umr, bir yil yoki bir sutkaning ramzi bo`lsin. Mazkur pirogdan 8 soat uxlashga, yana 8 soat ishga va yo`l uchun ham ozgina “kesib” oling... Yana bir nechta bo`laklar qoldimi? Ularni qanday taqsimlash lozim?

— Yon daftarchangizga bir necha hafta davomida nima bilan shug`ullanganingiz va bunga qancha vaqt ketganini belgilang. Vaqtingizni nimalarga sarflaganingiz aniqlangandir?

Endi “iqtisod” qilishni o`ylang. Kompyuter yoki televizor oldida kamroq o`tirsangiz, uy tozalashga yarim soat vaqt tejaysiz.

2. Rad etish. Televizor va kompyuter masalasida vaqt tejash mumkindir, ammo dugonangiz do`kon yoki go`zallik salonigabirga borishni iltimos qilsa, buni rad etish shunchalar qiyinki...

— Kunlik rejangizga kirmaydigan ishlarga bosh qo`shmang.

Sababini tushuntirmasdan tezda rad eting. Agar dugonangizga tushuntirib, turli bahonalar qidirsangiz, u baribir sizni ko`ndirishga harakat qiladi.

3. Yo`l-yo`lakay. Ishingiz qor parchasidek ko`payib ketib, kiyimingizni dazmollash, rasm chiqarish yoki mushugingizga ovqat berish yodingizdan ko`tarildimi? Kuyib-pishishni bas qiling. Ishingizni tartibli rejalashtirishni o`rganing!

— Kundalikka yoki qo`l telefoningizga “eslatmalar” yozib oling.

Yuviladigan yoki ta`mirtalab narsalarni paketga solib, ko`rinadigan joyga,ya`ni yo`lakchaga qo`ying. Unga qoqinaverishdan bezor bo`lgach, qolib ketgan ishingizni axiyri bajarasiz.

4. Tez-tez… Bu oson!Ma`lumki, ozodalikni o`rnatish emas, saqlash kerak. Siz bu qoidaga rioya qilasizmi?

— Kiyimlaringizni har tomonga tashlamasdan, o`z vaqtida joy-joyiga qo`yishni odat qiling. Yuviqsiz idishlarni to`plamang!

Eng ma`quli, bir kunda o`n besh daqiqaga uy yumushlariga vaqt ajrating, bu bir oyda bir necha soat uy tozalashdan ko`ra ancha qulay. Bugun changni arting, ertaga polni, keyin esa changyutgichda gilamlaringizni tozalang.

5. Boylik orttirish. Qanday ajoyib tufli! Ularni sotib olmaslikning iloji yo`q. Shunga o`xshash bir nechta oyoq kiyimlar garderobingizda bor, lekin ularni deyarli kiymaysiz...

— Nimadir sotib olishdan oldin uni qaysi kiyimingiz bilan kiyish mumkinligini o`ylab ko`ring. Agar siz uchun juda kerak bo`lsa, hech o`ylanmasdan sotib oling.

Uyni bezash uchun kichik tuvak yoki haykalchalarni hxarid qilmang. Bu buyumlar uyingizni bezamaydi, balki ivirsitib yuboradi.

6. Tezlik starti. Erta tongdan ishga nima kiyishni bilmay bosh qotirayapsizmi? Muammoni hal qilishning yo`li oddiy: kechqurun kiyimingizni tayyorlab qo`ying va qoida bo`yicha kir buyumlarni kir yuvish mashinasiga soling. Liboslar oldindan dazmollab qo`yilishi kerakligini unutmang.

— Umuman olganda, tinib-tinchimaydigan, ish bilan bandayollar garderobida dazmol talab qiladiganliboslarning bo`lishi shart emas!

Taqinchoqlaringi: zanjir yoki uzun marjonlar o`ralashib ketmasligi uchun ilgichga ilib qo`ying (ilgichni shkaf ichiga qoqsangiz ham bo`ladi). Butayyorgarlik uchun ozgina vaqt ketadi, lekin ertalab kiyimingizni qidirib asabiylashmaysiz va ishga o`z vaqtida borasiz!

Topshiriq: “Vaqtdan kim qanday foydalaniladi.” mavzusida:


  1. O`g`il bolalar :

  2. Qiz bolalar :

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi

IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

32-mavzu: Men sevib o’qigan kitob

Kun shiori: “Kutubxonalar - insonning ma’rifiy va ma’naviy ehtiyojmandi”


I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: Kitobni asirab avaylashga, ulug` allomalarimizning bizga qoldirgan bebaho merosini o`qib – o`rganishga yo`naltirish. Ular orqali yosh avlodning go`zal insoniy fazilatlar egasi bo`lib kamol topishlariga erishish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.

Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Mavzuga oid rasm, tarqatma material.

Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi

Doskada: “Kutubxonaga kirgan odam, hikmatlar xazinasini topgan bo`ladi “

Tashkiliy qism

O`quvchilarni darsga hozirlash

O`qituvchi:

Aziz ota – onamizning qalqonimiz

Buyuk xalqim – suyuk xalqim, bizga ishon.

Fidodir bu qutlug` Vatanga jonimiz,

Buyuk xalqim, suyuk xalqim bizga ishon.
II.Asosiy qism:

Ilm olish inson uchun nihoyatda muqaddas bir maqsaddir. Ilmli bo`lish uchun juda ko`p o`qish va uqish zarur. Ko`p o`qigan kishi ko`p narsalarni biladi. Yaxshini yomondan ajrata oladi, odamlar bilan qanday muomalada bo`lishni biladi. Ilm olish ignada quduq qazish bilan barobar. Bunda bizga eng yaqin yordamchi kitob sanaladi. Kitobni asrab – avaylash siz bilan bizning burchimiz dir. Siz maktabga kelgan davringizdan boshlab juda ko`p darsliklarni qo`lingizga oldingiz va uni o`qidingiz. Shu darsliklarni o`qish mobaynida odob – axloq me`yorlari, o`zbek xalqining boy ma`naviy va madaniyat merosini o`rgandingiz. Mustaqillik tufayli qayta tiklangan va xalqimizga qaytarilgan urf – odatlar haqida bilib oldingiz.

Hikmatlar

Bilimli kishi nimalarni so`zlaydi, sen unga quloq sol, odoblar boshi tildir, uni tiymoq zarur.

Bilim shunday narsaki yalong`och bo`lg`oningda ham o`zingda qoladi. Hammomga kirsang ham suv bilan yuvib bo`lmaydi.

O`qituvchi: Taniqli faylasuflardan biri Deni Didro: “Odamlar o`qishdan to`xtashi bilan fikrlashdan ham to`xtaydilar”, degan edi. Kitob insonni komillikka yetaklaydi. Kitobning insonlar hayotida nechog`liq o`rni borligi katta ahamiyat kasb etsa. Kutubxonalarning o`rni benihoya tahsinga loyiq. Tarixga nazar tashlar ekanmiz. Har bir hukmdorning albatta, o`z kutubxonalari bo`lganligining guvohi bo`lamiz. Shundan o`zimizga xulosa chiqarimiz kerak bo`ladiki, odamzod doimo ilmga intilgan, ma’rifat uchun kurashgan. Jangu jadallarda ham Sohibqiron Amir Temur bobomiz o`zlari bilan alohida otlarda kitoblarni ham olib yurishni talab qilgan. Bundan keyin ham qanchalik darajada ajdodlarimiz ma’rifatga osho qalb egalari ekanligini ko`rib, g`ururlanasan. O`zbekistonimizning har bitta hududida kutubxonalar faoliyat yuritadi. Toshkent shahrida hammamizga yaxshi ma’lumki, Yurtboshimiz tashabbusi bilan zamon talablariga javob Ma’naviyat va Ma’rifat markazi ochildi. Bu ziyo maskani o`quvchilarini o`z bag`riga olmoqda. Xalqimizning ma’naviyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Tumanlarda axborot resurs markazlari xalqimizga xizmat ko`rsatmoqda.

Lekin bizni bitta muammo qiynaydi, oramizda ba’zi bir yoshlar va kattalar borki, ularning ongi dunyosi boylik bilan ovora. Biz o`qituvchilarning vazifasi esa ko`proq o`quvchilarni kitobga va kutubxonalarga jalb etish.



III.Yakuniy qism:

Aqliy hujum: tezkor savollar beriladi.



  1. Bizning haq – huquqimizni belgilab beruvchi kitob?

  2. Davlatimiz ramzlari tashkil topgan sanalar. 2013 – yil qanday nom bilan ataldi?

  3. O`rmon qiroli?

  4. Mushuk va sichqon qatnashgan multfilm?

  5. Falakiyot ilmining bilimdoni?

  6. Payg`ambarimizning hikmatli so`zlarini kitob holiga keltirgan vatandoshlarimiz?

  7. Yurtimizdagi tarxiy shaharlarni aytib bering.


Xotira mashqi o`tkaziladi:

O`quvchilar quyidagi raqamlar nimani anglatishini topadilar.

1991 – yil

1 – sentabr



1992 – yil

2 – iyul



1991 – yil

18 – noyabr



1992 – yil

8 – dekabr



1992 – yil

9 – dekabr



Topishmoqlar:

Har bir ishni birlashib,

Bajarar ikki o`rtoq.

O`rtaga tushganlarni

Ahvoli bo`lar chatoq . (Qaychi)

Har kuningni rejalab,

Tinim bilmay yuradi.

Uyg`otsa ham erta u,



O`zi joyda turadi. (soat)

Tarmoqlash:

IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

33-mavzu: Men tanlagan kasb

Download 3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Topshiriq: “Davra suhbati”. Yana qanday milliy urf-odatlarimiz, marosimlar va an’analarimiz bor

Download 3 Mb.