Kun shiori: Navoiy non.To`sma.Unga borar yo`ldan qoch




Download 3 Mb.
bet5/8
Sana23.12.2019
Hajmi3 Mb.
#4636
1   2   3   4   5   6   7   8

Kun shiori: Navoiy non.To`sma.Unga borar yo`ldan qoch,

G`ashlik qilma, to`rt yonni ham yoritarkan toj.

Navoiyga o`zin ursa, urma kofirni,

Axir nonga musulmonu kofir birday och.


Halima Xudoyberdiyeva

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ajdodlarimiz merosini o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, Navoiy bobomizga va uning ijodiga bo`lgan hurmatini rivojlantirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “ 9 fevral - Nazrat Alisher Navoiy tavallud topgan kun”.

O`qituvchi:

Rus olimlaridan juda ko`pchiligi Hazrat Navoiy bobomiz haqida juda ko`plab tadqiqot ishlari olib borgan. Quyida akademik N.I.Konrad va V.M.Jirmunskiy tadqiqotlarini kuzatamiz.

Chunonchi: Navoiy- o`zbek adabiy tilining asoschisi; Navoiy- o`zbek mumtoz adabiyotining asoschisi; Navoiy – Sharq badiiy va falsafiy tafakkurini jamlab, uni yangi pog`onaga ko`tara olgan mutafakkir; Navoiy – Temuriylar davlatining yirik arbobi, adolat himoyachisi; Navoiy – ilmu urfon, madaniyat va she’riyat homiysi, ustoz-murabbiy va hokazo.

Navoiy turkiy til qudratini barilla namoyish eta oldi, bu xalqlarning ijodiyoti an’analari bilan forsiy she’riyat an’analarini qo`shib, turkiy adabiyotni keng bashariy tarix sahnasiga olib chiqadi. Navoiy-nodir iste’dod egasi, ammo uni hamisha ilhomlantirgan, unga qudrat va quvvat bergan narsa – bu ona tilida ulug` asarlar yaratib xalqi ruhini sarbaland etish edi. Bu qutlug niyat bir ilohiy nur bo`lib, Navoiy asarlari orqali avlodlar qalbini charog`on qilib turibdi.

Shu nuqtai nazardan V.M. Jirmunskiy Navoiy faoliyatini Lyeonardo da Vinchi faoliyati bilan qiyoslaydi va yozadi: “Navoiy o`zining G`arbdagi zamondoshlari kabi ko`z oldimizda har tomonlama kamol topgan va ilmu ijod, fikriy teranlik va amaliy faoliyatini o`zida jamlagan univarsial qobiliyatli yaxlit bir komil shaxs sifatida gavdalanadi”.

(Najmiddin Komilov. Tafakkur karvonlari-199-201 -betlar)

O`zbek xalqi ma`naviy dunyosining shakllanishiga g`oyat kuchli va samarali ta`sir ko`rsatgan ulug` zotlardan yana biri — bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo`’tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so`z yuritamiz.

Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxe, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g`ururi, sha`nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o`lmas so`z san`atkoridir. Ta`bir joiz bo`lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so`zlovchi biron-bir inson yo`qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa.

Agar bu ulug` zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.

Shu ma`noda, keyingi paytda buyuk ajdodlarimizning so`nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o`rganishga bo`lgan qiziqish xorijiy ellarda ham ortib borayotgani barchamizni quvontiradi. Buning tasdig`ini dunyoning turli mamlakatlarida ularning hayoti va faoliyati haqida e`lon qilinayotgan ilmiy va badiiy asarlar, ulug` ajdodlarimiz xotirasiga barpo etilayotgan yodgorliklar misolida ham ko`rish mumkin. Shu qatorida, Moskva, Tokio va Boku shaharlarida Alisher Navoiy bobomizning xotirasiga o`rnatilgan muhtasham haykalni eslash joiz.



Topshiriq: O`quvchilar Hazrat Alisher Navoiy bobomizning “Xamsa” dostonidan namunalar ijro etadilar.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.



( Z.M. Bobur tavalludi munosabati bilan)

Kun shiori: “14 fevral O`zbekiston Respublikasida unutilmas sana- Z.M.Bobur tavalludi kuni”



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ajdodlarimiz merosini o`rganish farzandlik burchi ekanligini uqtirish, Bobur bobomizga va uning ijodiga bo`lgan hurmatini rivojlantirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Farg`onalik Zahiriddin Muhammad Bobur – Sharqdagi uyg`onish davrining eng atoqli siyosat va madaniy arboblaridan biridir” S.P.Tolstov

O`qituvchi:

Bobur shoh yashagan o`sha ziddiyatli, beomon, besaranjom zamonda davlatni boshqarish uchun jasur sarkarda bo`lish juda muhim edi. Tabiat Bobur shohga ana shunday xislatni in’om etgan edi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (“Sher”) laqabini oladi.Bu nom unga bejiz berilmagan edi. U ajoyib suvori, suzuvchi, qilichboz, kamonboz edi. Uning vujudida sarkardalarga xos dovyuraklik, serg`ayratlik, epchillik mujassam edi. Epchillikda unga teng keladigan odam kamdan kam topilgan. Manbalarda qayd etilishicha, u jismoniy jihatdan ham shunday baquvvat bo`lganki, ikki qo`ltig’iga ikki odamni olib qal’a devori ustida mashq qilgan. Bundan tashqari, Bobur o`limga tik qarash, o`ziga va o`z taqdiriga ishonish kabi fazilatlarga ega bo`lgan. Bu fazilatlar esa Boburga kishilarni doimo o`z orqasidan ergashtirish imkonini bergan. Bobur kimlar bilan janglarda to`qnash kelgan bo`lsa, ularning tajribalarini o`rgangan.Shayboniylardan urushning “to`lg`ama” usulini, mo`g`ullardan pistirma qo`yish, afg`onlardan poroxli miltiq ishlatishni o`rgangan.

Zahriddin Muhammad Bobur nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir, bastakor, ayni paytda, yirik tarixchi olim hamdir.Uning nomini abadiylikka muhrlagan asar “Boburnoma”dir. Bu asar-Movarounnahr, Afg`oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi haqida juda qimmatli ma’lumotlar beradi. Bu xotira asarlar sirasiga kiradi. Asar 1493-1529-yillar oralig`ida bo`lib o`tgan tarixiy voqealar haqida yilma-yil hikoya qiladi.

Bobur shoh 1530-yilning 26-dekabrida 47 yoshida vafot etdi. Uni Agra shahrida, Jamna daryosi yonidagi “Bog`i Orom ”ga dafn etadilar. Uning vasiyatiga ko`ra, bir necha yildan so`ng Bobur shoh jasadi Kobuldagi “Bog`i Kalon”ga ko`chiriladi. Bu bog`ni Boburning o`zi katta mehr bilan obod qilgan edi.

Keyinchalik bu bog` “Bog`i Bobur” deb atala boshlangan.

Bobur Sharq mamlakatlari taxtiga munosib hukmdorlarning yorqin namoyonlaridan biridir.

Bobur bobokaloni Amir Temurdek bunyodkorlik ishlariga katta e’tibor bilan qaragan davlat arbobi edi.

O`zbekiston Respublikasi hukumatining qarori:

*1993-yilda Bobur tavalludining 510 yilligi keng miqyosda nishonlansin.


  • Boburning buyuk xotirasini ulug`lash yo`lida katta ishlar amalga oshirilsin.

  • Andijonda Bobur haykali o`rnatildi, ramziy qabr maqbarasi qurildi.

  • “Bobur milliy bog`i” va shu bog` qoshida “Bobur va jahon adabiyoti” nomli muzey tashkil etildi.

  • Har yili 14-fevral Respublikamizda Bobur tavalludi keng nishonlanadi.

Hindistonda qudratli va shavkatli saltanat egasi bo`lganida ham Vatan xayoli, ayriliq alami Bobur Mirzoni aslo tark etmagan va u quyidagi hasratli satrlarni bitgan edi:

Yana mahrumi xonumon qilding,

Yana ovorayi jahon qilding.

Tole yo`qi jonimg`a balolig` bo`ldi,

Har ishniki ayladim, xatolig` bo`ldi.

O`z yerni qo`yub Hind sori yuzlandim,

Yorab netayin, ne yuz qarolig` bo`ldi.

Topshiriq: O`quvchilar Z.M.Bobur bobomizning “Boburnoma” asarini tahlil qiladilar.
IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

21-Mavzu: Kiber makon va biz. (matematika, informatika fanlari oyligi doirasida).

Kun shiori: “Fan-texnikaning rivojlanishi insoniyatning ko`pgina ishlarini yengillashtirdi”



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, zamonaviy fan-texnika sirlaridan o`quvchilarni voqif etish va ularga bo`lgan qiziqish va hurmatini rivojlantirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Zamon shiddat bilan rivojlanmoqda, bunda bizdan kuchli bilim talab qilinadi.



O`qituvchi:

XX asrning o`rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz oshdi darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inqiloblarning xarakteri o`zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg`unlashib ketdi va ilmiy-texnika inqilobi yuzaga keldi. XX asrning 40-yillarining oxirlaridagi ilmiy-texnika inqilobi fanining bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanishi natijasida fanning o`zida, texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat o`zgarishlari vujudga keldi. Natijada har 10-15 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. Shu narsani mamnuniyat bilan qayd etish mumkinki, XX asrning 70-yillaridagi olim va ilmiy xodimlar soni butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % idan ko`prog`ini tashkil etadi, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olganda shuni qayd etish mumkinki, jahon miqyosida ilmiy xodimlarning o`sish foizi aholining o`sish foiziga qaraganda bir necha marta ortiq, ya’ni fan va ta’lim ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga aylandi.

Natijada XX asrda ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari bo`yicha ilmiy muassasalar tashkil bo`la boshladi hamda yangi nomdagi fan yo`nalishlari va ularga xos ta’lim mazmuni yuzaga kela boshladi. Jumladan, kibernetika, matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar nazariyasi, ergonomika, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi nom olgan fan yo`nalishlaridir.

Keyingi chorak asr davomida ilmiy-texnik taraqqiyotiga nazar tashlasak, bu davr ichida ko`pincha, ayniqsa, fizika, matematika, mexanika, kimyo, biologiya kabi aniq fanlar va shu bilan birga texnikada tamomila yangicha sifat va tamoyillarga ega bo`lgan qonunlar, nazariyalar va gipotezalarning vujudga kelganligining shohidi bo`lamiz. Fanlarning o`zaro hamkorligi tezlashib, fanning yangi sohalari paydo bo`la boshladi. Bular ta’lim mazmuniga ham sezilarli ta’sir ko`rsatdi va bular o`z navbatida texnika-texnologiya taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, hozirgi kunda xalq xo`jaligini boshqarishni avtomatlashtirish keng ko`lamda amalga oshirilmoqda. Bu borada fan-texnika yutuqlarini o`z navbatida yoshlarga yetkazib boorish, hozirgi zamon darslariga qo`yilgan talablardan biridir.

Fan va texnikaning ishlab chiqarish bilan yaqindan integratsiyalashib borishi bu davr taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirgunlarigacha hozirgi zamon texnikasining asoslari haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo`lishlari lozim.

Bugungi yuksalayotgan fan va texnikamiz bizga jamiyat qonunlari va tabiatdagi hodisalar mohiyatini, bizni o`rab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Ilg`or fan va texnika-texnologiyalar tufayli inson atrof-muhit bilan faol hamkorlikda bo`ladi, uning yashash sharoitlari yaxshilanadi. XIX asrning oxiri XXI asrning boshlarida fan va texnika misli ko`rilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. Avtomatik boshqarish nazariyasiga asoslangan “Kibernetika” nomli yangi fan vujudga kelishiga asos bo`ldi.

Hozirgi kunda kompyuterlar qo`llanilmayotgan biron sohani topish qiyin. Ular dastgoh, sex, zavodlarni boshqarishda ham insonga yaqindan ko`maklashmoqda. Kompyuterlarning ikki muhim xususiyati: hisoblashni tez bajarishi va xotirasida katta hajmdagi axborotni ishlab chiqishi bilan juda ko`p imkoniyatlar yaratib bermoqda.



Download 3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kun shiori: Navoiy non.To`sma.Unga borar yo`ldan qoch

Download 3 Mb.