Tarbiyachi va p-wps office pptx




Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
Sana16.01.2024
Hajmi0.9 Mb.
#138304
Bog'liq
Tarbiyachi va p-WPS Office.pptx 20240115 124041 0000
yangi o\'simlikshunoslik majmua, 12-sem mash, 5-ГРАФЛАР УСТИДА АМАЛЛАР, Dasturlash 4. Nasiba, 13-Маъруза, Reja Xotiraning psixik jarayon sifatida o rganilishi. Xotira ja-fayllar.org, 2 MT Bolalarni saxnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish, Tez o\'qishga o\'rgatish usullari-fayllar.org, Ma’ruza Nomanfiy sonlar ustida arifmetik amallarni o‘rgatish met-fayllar.org, Mavzu Qo‘shish va ayirish, ko‘paytrish va bo’lish amali ma’nosi, Og‘zaki va yozma hisoblashga doir didaktik (O‘yinlar) topshiriql, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti «tasdiqlayman», Mavzu Ulush. Butunning ulushini topish. Ulushga ko\'ra butunni t-fayllar.org, Mavzu kasr tushunchasi bilan tanishtirish mеtodikasi. Reja


Tarbiyachi va
pedagoglarning
jamiyatda tutgan o'rni
Tayyorladi:Berdiyorova Nilufar 
O'qituvchi: Davlatova Dildora


Reja: 
1. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni.
2. Tarbiyachi kompetensiyasi.
3. O’qituvchilik kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning
jamiyatda tutgan o'rni 


Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib
farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish
bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi.
Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni
tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat
oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya
vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini
doimo takomillashtirib borish va ishdagi
o‘rtoqlarini o‘sishiga yordam beradi.
Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab
turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning
qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi,
umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini,
bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va
bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak



Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni
tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi
bolani har tomonlama rivojlantirish
muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi.
Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz
rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini yuqori
baholamoqda. Yosh avlodni komil inson qilib,
kamolot sari yetaklashdagi erishgan yutuqlari
uchun va tarbiyachilar, metodist, katta, metodist
tarbiyachi va boshqa shunga o‘xshash unvonlar
bilan taqdirlanadilar. Ularga respublika
miqyosidagi unvonlar beriladi. 



Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika, viloyat,
tuman kengashlariga deputatlar saylanish, ularga
bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromni bildiradi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub
islohotlar bugungi kunda bog‘chada, akademik
litsey va kasb-hunar kolleji hamda oliy o‘quv
yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor
me’yorlari va qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini,
kasb-hunar malaka va ko‘nikmalarini har
tomonlama puxta egallab borishini talab qiladi.



Davlat ahamiyatiga molik bunday vazifani amalga oshirishda
umumta’lim maktablari bilan bir qatorda xalq ta’limining boshlang‘ich
bo‘limi bo‘lgan bolalar bog‘chalari muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun
har bir tarbiyachi o‘zini talab va nazorat qila bilishi davlatimiz
maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qo‘ygan talablarni amalga
oshirishning garovidir.
Bunga quyidagilar kiradi:
Bolaning sog‘lig‘ini saqlash va mustaqkamlash.
Aqliy qobiliyatini o‘stirish.
Milliy qadriyatimiz va ma’naviyatimizning g‘oyaviy-aqliy tamoyillariga
mos keluvchi e’tiqod va qarashlarini tarkib toptirish.
Ona vatanga muhabbatini, ijtimoiy faollikni shakllantirish.
Yosh avlodda o‘rtoqlik, do‘stlik hissini halollik va mehnatsevarlikni
tarkib toptirish.


Prezidentimiz I. A. Karimov o‘zining “Buyuk
kelajagimizning huquqiy kafolati” nomli risolasida
shunday yozadi: “Tarbiyachi — ustoz bo‘lish uchun
boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat
ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar,
haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo,
tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga
javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega
bo‘lishi kerak”. Demak, bola shaxsini
shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb
etadi. 



Xususan, qadimgi Gretsiya va Rim tarixidan yaxshi
bilamizki, miloddan avvalgi davrlarda ham yosh
avlod tarbiyasi o‘zining ma’naviy qiyofasi va aqliy
qobiliyati bilan jamiyat a’zolari o‘rtasida yuksak
hurmat ehtiromga sazovor bo‘lgan kishilar, ya’ni
donishmandlar zimmasiga ishonib topshirilgandir.
Ushbu holat yosh avlod tarbiyasi uning tashkil
etilishi mazmunini faqat shaxs kamolotini emas,
balki jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. O‘zbekiston
Respublikasida ham tarbiyachi-murabbiy kadrlarni
ma’naviy qiyofasi, aqli salohiyati hamda kasbiy
mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda.


Tarbiyachi yuksak darajadagi pedagogik
mahoratga, chunonchi kommunikativlik layoqatiga
ega bo‘lish, pedagogik texnika, nutq, yuz, qo‘l, oyoq
va gavda harakatlari, mimika, jest, pantomimika)
qonuniyatlarini chuqur o‘zlashtirib olish lozim.
Tarbiyachi bolalarni ko‘zata oladigan, ularni xulqi,
xatti-harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga
ta’sir etuvchi vositalarni qo‘llay oladigan bo‘lishi
kerak.
Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan
xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq
madaniyatiga ega bo‘lishi va uning nutqi quyidagi
xususiyatlarda aks ettira olishi kerak.


Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan
xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq
madaniyatiga ega bo‘lishi va uning nutqi quyidagi
xususiyatlarda aks ettira olishi kerak.
Nutqning aniqligi. Nutqning irodaviyligi.
Nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan xoli
bo‘lib), faqat adabiy tilda ifoda etish, jargon
(muayyan kasb yoki soha mutaxassislarga xos
so‘zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon
etiladigan nutqqa o‘zga millatlarga xos so‘zlarning
o‘rinsiz qo‘llanilishi), vulgarizm (harakat qilish,
so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda
konselyarizm (o‘rinli bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy
nutqda so‘zlash) so‘zlaridan xoli bo‘lishi va
pedagogning nutqi sodda, ravon va tushunarli
bo‘lishi kerak.


E'tiboringiz uchun
tashakkur 

Download 0.9 Mb.




Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish