|
Tarbiyadagi ibratiBog'liq 2023-ИЮЛЬ 1-кисм-8-13Образование и инновационные исследования (2023 год № 7)
ISSN 2181-1717 (E)
9
http://interscience.uz
o‘zgarishlar, keyingi besh yuz yilida tanazzul yuz beradi. Har yuz yilning o‘zaro
nisbati ham ellik yildandir. Musulmon (hijriy) taqvimi bilan XIII asrda Amir Temur
hukumronlik qildi, XVII asrda Amir Shohmurod islomiy rivojga hissa qo‘shdi” - deb
yozgandi. Sadriddin Ayniy esa: “Shohmurod o‘quvchi va olimlarga g‘amxo‘rlik qildi,
mamlakatda intizom o‘rnatdi”-mazmunidagi ijobiy fikrlar bildirgandi [6.414.415].
Amir Shohmurod adolatsiz, poraho‘r, zulm va zo‘ravonlik bilan davlatni
boshqarishda xalq va ulus qahru-g‘azabiga uchragan qozikalon hamda qushbegini
qatl ettirgan. Uning bu qatiy tadbiri xalq oldidagi obro‘-etiborini oshirgandi. Uning
vorisxo‘ri, o‘g‘li Amir Haydar diniy ilimlarni Quroni karim, hadisi – sharif, islom
fiqhi, islom kalomi, tasavvuf va hakozolarni o‘rganishga yoshligidanoq qatiy ahd
qilgan. U xotin – qizlarga mehr-oqibat ko‘rsatish, qatiy irodasi, diniy va dunyoviy
malumot olishga intiluvchanligi bilan o‘z amaldorlariga ibrat namuna bo‘lgan. U
madrasada 11 yil talim olib, malum muddat mudarrislik (o‘qituvchilik) ham qilgan.
Amir Haydar islom dini qoidalaridan 1000 tagacha ilmu toliblarga saboq bergan.
Uni mullavachchalar orasida 400-500 nafar shogirdlari bo‘lgan. Madrasalarda tahsil
olayotgan ilmu toliblarni shahsan o‘zi imtihondan o‘tkazib turgan. Ular atroflicha va
chuqur bilim olishlari uchun Istanbul (Usmoniylar saltanati) dan kitoblar yuborishlarini
so‘rab shahsan murojatlar qilgan. Istanbulga yuborgan elchilariga dunyoviy va diniy
ilmlarga oid kitob va qo‘llanmalar keltirish vazifasini ham yuklagan. U ilm va olingan
taʼlim natijasini sinovdan o‘tkazish vositasi distut (munozara) qilish deb bilgan, shu
sababli diniy ulamolar bilan munazaraga kirishib, vaqt – vaqti bilan o‘zi egallagan
bilmlarni imtihondan o‘tkazib turgan. XIX asr tarihchilari Amir Haydar diniy va
dunyoviy ilmda shayboniy va ashtarxoniy hukumdorlardan ustun bo‘lganligini qayd
etishadi. [6.103 104. 105] U halqning talabi bilan mamlakatda maktab, maschit,
xonaqoh, madrasalar qurishga ko‘p mablag‘ sarflagan. Ushbu amir davrida oddiy halq
orasidan ham ancha savodli kishilar yetishib chiqqan. Buhoro Amir Haydar davrida
islom ilmlarining markaziga aylangan.
Amir Abdulahad (1885-1910 yy) Buhoro amirlari orasida eng yuqori mavqega
ega bo‘lgan, general-adyutant maqomiga erishgan shaxs edi. Uning hukumronligi
davrida Rossiya imperiyasi hukumati bilan mahoratli diplomatik munosabatlar olib
borildi. Amir Abdulahad bunyodkorlik ishlariga katta eʼtibor berdi. Hatto, horijda
ham binolar bunyod etishdek vazifalarni uddalab, Yaltada saroy, Sankt-Peterburgda
maschit, Makka va Madinada xonaqoh, do‘kon, tegirmonlar barpo etdi. Uning
davrida saroyda “bedilxonliklar” tashkil etildi, o‘zi ham “Ojiz” tahallusi bilan sherlar
yozdi[10.45,48].
Amir Abdulahad jamiyatda keng tarqalgan tamagirlik, poraho‘rlik, giyohvandlik,
bachchavozlik, kaptarvozlik, oshiq o‘yini, bedanabozlik, qimorbozlikka qarshi
kurashgan. Ushbu illatlar inson maʼnaviyatining tubanligi ekanligini chuqur
anglab sud-huquq tizimini tartibga soluvchi farmonlar chiqargan. U tamagir,
poraho‘r amaldorlarni mansabidan chetlatdi. Nasha chekish, ko‘knor istemol qilish,
bachchabozlik, qul savdosi, qatl qilish, tan jazosi kabilarni bekor qilgan. 1886 yilda
zindonlarning bir qismini yopdi, Buhoro shahridagi kanaxona ko‘mib tashlandi.
Abdulahadhon davrida ilk jadid maktablari ochilib, ularda zamonaviy taʼlim –tarbiya,
dunyoviy bilmlar berildi. 1897 yilda Mulla Jo‘raboy maktabi, 1097 yilda tatar ziyolisi
Nizomiddin Sobitov maktabi, shuningdek, 1908 yilda mahalliy jadidlardan Abduvohid
Munzim, Sadriddin Ayniy maktablari ochilgan. Ushbu maktablar mutaassib mullalar
tazyiqi bilan yopilgan bo‘lsada, Amir Abdulahad davrida kechqurun bolalar va
yoshlarni to‘plab xususiy uy maktablarida o‘qitish davom etdi [8.14-15].
Mang‘it hukumdorlarining so‘nggi vakili Amir Sayid Olimxon faoliyati haqida
bir qadar kengroq to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Amir Sayid Olimxon o‘zining xotira
kitobida 1896 yilgacha Rossiya imperiyasi poytahti Sankt-Peterburgda paj (kadet)lar
maktabida harbiy bilim olganligini qayd etadi. Harbiy bilim yurtida o‘qish muddati
7 yil bo‘lib, ushbu dargohni bo‘lajak amir 3 yilda yani muddatdan oldin bitirgan
|
| |