Tarbiyadagi ibrati




Download 398,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana20.12.2023
Hajmi398,92 Kb.
#124474
TuriУрок
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2023-ИЮЛЬ 1-кисм-8-13

Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2023 йил № 7)
ISSN 2181-1709 (P)
10
Education and innovative research 2023 y. № 7
va muvaffaqiyatli imtihonlar topshirgan. U otasi Amir Abdulahadxondan davlatni 
idora qilish ilmini o‘rganadi. Karmana va Qarshi bekliklarini boshqarib, bu borada 
yetarlicha tajriba orttirgan. [4.7,8.]
Amir Sayid Olimxon soved davri adabiyotlarida yozilganidek, aysh-ishratga 
berildi – degan aqidadan voz kechib, tarih haqiqatiga murojaat qilsak. Uning 
yozishicha: “Buhoroyi sharif arki yaqinida Baloyu havuz deyilgan joyda o‘z nomimga 
bir ibodatga maschit bino qildirdim. Buxoro minorasining past tomonida, bozorning 
ichki tomonida o‘z nomimdan Dor-ul-ulum – Bilim uyi bo‘lgan bir madrasa qurdirdim, 
har xil ilmdan dars beruvchi muallimlar tayin ettirdim. Mazkur madrasada istiqomat 
qiladigan talabalar sarf-xarajatlari, maosh va kiyim-kechak ham o‘z tarafimdan 
belgilanib, unga bir nafar nozir tayin ettirdim. Bozor va yo‘l obodligiga ko‘p harakat 
qildim, uch yil ichida (1911-1914 yy) Buxoro mamlakati ancha obod bo‘ldi, unga zeb 
–ziynat va tartib –intizom o‘rnatdim. Mening sayi harakatimdan Buhoro aholisi va 
butun mamlakat mamnun bo‘ldi”. [4.8.5.48]
Obodonchilik va qurilish ishlariga eʼtibor berish bilan birga Amir Olimxon 1910-
1916 yillarda mamlakatning iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy yuksalishiga hukumat 
nomidan bir qator fatvo, farmonlar chiqardi. O‘sha paytlarda boy amaldorlar va 
savdogarlar dabdabali to‘ylar qilib, ming-minglab pullarini havoga sarflar edilar. Yirik 
savdogarlar to‘ydan so‘ng uch kungacha “savdogar to‘yi” qilar, to‘y-marakalarda 
ko‘pkari, uloq berish (uloq o‘yini) “kiyimlik berish” “qand va qandolot tarqatish” 
marosimlarini tugatishga alohida etibor qaratib, 1911 yilning martida “Juda isrofli 
to‘ylarni tugatish to‘g‘risida” farmon, 1916 yil 5 iyunda to‘ylardagi isrofgarchiliklar, 
hususan qand tarqatishni sharoitga zid, deb fatvo chiqardi. Bu farmon va fatvo bilan 
to‘y kunlari qisqartirildi uloq o‘yinlari, qand tarqatish, chopon kiydirish kabilar 
to‘xtatilib, marakalarda “meva tarqatish ” 4-5 xil ovqat pishirish taʼqiqlandi. Amir 
Olimxon sog‘liqni saqlash sohasida alohida, ayniqsa xotin qizlar salomatligiga alohida 
eʼtibor qaratib, xotin-qizlar salomatligiga eʼtibor qaratdi. 1911-1912 yillarda bevosita 
amir hukmi bilan Buxoroda ayollar ishfaxonasi va tug‘ruqxona ochildi. 1913-1916 
yillarda Buxoroning o‘nlab bekliklarida ambulatoriya va kasalxonalar qurildi.
Amir Olimxon xarbiy soha bilimdoni sifatida Rossiya imperiyasining imperatori 
Nikalay II (1894-1917 yy) dan general harbiy unvonini oldi. Aksariyat Rossiya 
shaharlarida rus amaldorlari va zobitlari bir necha bor uni hurmat-izzat bilan kutib 
oldilar hamda unga munosib hurmat ko‘rsatdilar. 
Amir Olimxon yoshlar taʼlimiga ham alohida eʼtibor berdi. U 1911 yil mart oyida 
“Taʼlim to‘g‘risida”gi farmonini imzoladi. Farmonga ko‘ra madrasa talabalariga 
turli hoshiyalar o‘qitilmasligi, tafsir va hadis rasmiy dars sifatida o‘qitilishi, davlat 
xazinasiga olingan vaqflardan yig‘ilgan pullarga shaharni turli yerlarida maktablar 
qurilishi hamda ularga muallimlar tayinlash, ularga maktablarning vaqflaridan tashqari 
davlat xazinasidan yillik 120 so‘mdan maosh tayinlash va u har oy maktabni taftish 
qilib amirga hisobot berishi belgilab qo‘yildi. [8.16,17] Amir Olimxon xukumronligi 
davrida Yevropa va Sharq memorchiligi uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘lgan 
yozg‘i saroy Moxi-Xossa nafaqat memoriy inshoot, qurdirdiki u qolaversa, inson 
aql-zakovati bilan yoritilgan nodir sanaʼt namunasidir. Ushbu binoni barpo etishda 
yuksak estetik did maʼnaviy-aqliy salohiyat talab qilinishi isbotga muxtoj emas.
1920 yil sentabrda Buxoroda amir tartibi bolsheveklar tomonidan ag‘darilganidan 
so‘ng, Amir Sayid Olimxon Sharqiy Buxoro (hozirgi Surxandaryo viloyati va 
Tojikiston Respublikasi-O.A)ga chekinib, olti oy davomida sovetlarga qarshi kurash 
olib bordi. Noteng janglarda yengilgan amir 1921 yilning 4 martida Panj va Vaxsh 
daryolari qo‘shiladigan Chubek irmog‘idan Tojikistondan 100 minglab kishilar 
bilan qo‘shni Afg‘oniston hududiga o‘tdi va o‘sha yilning may oyida Qobulga keldi. 
Shundan so‘ng uning 23 yillik muhojirlik davri boshlandi. [2.193-196] Amir Olimxon 
Kobul yaqinidagi Fatuh qalʼasida yashab, 37 ta o‘g‘il va qiz farzandlar ko‘rdi. 
Amir Olimxon Afg‘onistonda aslida “uy qamog‘i ”da yashadi. Unga Kobuldan 11 



Download 398,92 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 398,92 Kb.
Pdf ko'rish