• Islom Karimov
  • Sinf rahbari o`ziga berilgan sinf uchun tayanch va ma’suldir.
  • Tarbiyaviy soat




    Download 1.69 Mb.
    bet1/25
    Sana03.03.2023
    Hajmi1.69 Mb.
    #44231
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    Bog'liq
    Tarbiyaviy soat
    boshqaruv tamoyillari, Sharq va g arb falsafasida inson masalasi reja (1)


    Xalq ta’limi vazirligi
    Respublika Ta’lim markazi




    Umumta'lim maktablarining 2-sinflarida
    “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha metodik qo‘llanma
    (sinf rahbarlari uchun)




    Toshkent - 2016
    Tushuntirish xati
    Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o`z-o`zidan kelmaydi, hammasining zamirida tarbiya yotadi.
    Islom Karimov
    Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan azaliy va abadiy qadriyatdir. Alohida odam ham, butun insoniyat ham tarbiyasiz mavjud bo‘lolmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar avloddan- avlodga tarbiya tufayligina o‘tadi.
    Hozirgi davrda mamlakatimizda samarali tarbiya va ta'lim uyg‘unlashib, barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan va yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yigit-qizlarni XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazishda ustoz va murabbiylarning xizmatlari alohida o‘rin tutadi.
    Shu nuqtai nazardan o‘quvchilarga sifatli ta'lim-tarbiya berish, ularni Vatanga sadoqat, yurtga hurmat hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda umumta'lim maktablarida o‘tiladigan “Tarbiyaviy soat”larning o‘rni beqiyosdir.
    O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 maydagi “Umumiy o`rta ta'limning davlat ta'lim standartiga o`zgartirishlar kiritish haqida” 130 -sonli qarori asosida o`quv rеjada o`quv yuklama 5 % ga qisqartirildi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmynan qayta ko`rib ciqilib, intеgratsiyalashgan holda amalga oshirilishi bеlgilandi.
    Sinf rahbari o`ziga berilgan sinf uchun tayanch va ma’suldir.
    Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`iga 2-ilova: Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom asosida tashkil etiladi.
    “Tarbiyaviy soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzularning dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.
    Mazkur qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Tarbiyaviy soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.
    Umumta'lima maktablarining 2-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida, donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, shaxsiy gigiena, ozodalik, kiyinish odobi, bolalar huquqlari, tabiatni asrash, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari, muhim sanalarni o‘tkazishda nimalarga e'tibor berish to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.
    “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulotlarini o‘tish va mazkur mashg‘ulot ishlanmalaridan foydalanishda o‘qituvchi ijodiy yondoshgan holda yangi pedagogik texnologiyalar asosida har xil qiziqarli o‘yinlar orqali noananaviy tarzda tashkil qilishi mumkin.


    2 – SINF




    Download 1.69 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 1.69 Mb.