Tarkibi bo’yicha temir tarkibli rudalar boy va
kambag’al rudalarga bo‘linadi. Lekin hozirgi vaqtda
temirning boy rudalari amaliyotda ishlatib bo‘lindi,
shuning uchun tarkibida temir kam bo‘lgan kambagal
rudalar qayta ishlanayapdi. Ushbu rudalardan te-
mirni bevosita ajratib olish iqtisodiy jihatdan sama-
rasiz hamda texnologik jihatdan ancha qiyin hisobla-
nadi. Chunki zamonaviy qora metallurgiyada temir
tarkibli rudalardan sifatli mahsulot olish uchun
ularni bosqichma-bosqich metallurgik qayta ishlash
kerak bo’ladi.
Bunday qayta tayyorlashni o‘zi bir qancha bos-
qichlarni o‘z ichiga oladi. Temir rudalarini yer osti-
dan qazib olib, avvalo 6-8 mmgacha maydalalab, sung
ruda minerallari bo‘sh tog’ jinslaridan ajratiladi (bu
jarayon boyitish jarayoni deyiladi). Natijada rudadan
yuqori tarkibli boyitma olinadi. Boyitmani 30-40mmli
o‘lchamgacha qizdirib biriktiriladi (jarayonda aglome-
ratsiya mahsulot esa aglomerat deb nomlanadi), yoki
boyitmani diametri 10-15 mmli shaklga keltiriladi
(jarayonda donalashtirish- okatishlashtirish mahsu-
lot esa don-okatish deyiladi) Shunday qilib, temirni
ajratib olish maqsadida temir tarkibli materiallar
qayta ishlanadi.
Temir tarkibli materiallardan temirni bevo-
sita olish uchun ko‘pgina usullar va patentlangan
takliflar mavjud, ular bir –biri bilan asosan tasnif-
lash vaqti bilan ham farqlanadi. Yetarlicha to‘liq
farqlanadigan usullar ushbu belgilar bo‘yicha tasnif-
lanadi.
Olinayotgan mahsulotlarni ko‘rinishi va belgi-
lari.
Foydalaniladigan jarayon uchun qo‘llaniladigan
agregatlarni turi
Qo‘llaniladigan qaytaruvchi va yoqilg’ilarni
ko‘rinishi
Qo‘llaniladigan temir tarkibli materiallarni
ko‘rinishi
Texnologik jarayonlarni fizikaviy-kimyoviy
asoslari
Ishlab chiqarish masshtabi.
Usullarni ko‘rib chiqishda metallashtirish usul-
lari metallashgan mahsulotlarni asosan ikki belgisi:
metallashgan mahsulotlarni ko‘rinishi va belgilari
hamda foydalanadigan tiklash jarayonlari uchun
qo‘llaniladigan agregatlarning turi qabul qilinadi.
Belgi va ko‘rinishi bo‘yicha temir tarkibli materi-
allar quyidagi to‘rt guruhga bo‘linadi;
- Qisman metallashgan temir tarkibli material-
lar uchun domnali eritishdan foydalanish;
- Po‘lat eritadigan va elektro po’lat eritadi-
gan agregatlarda yuqori darajali metallashgan ma-
teriallar olish;
- Kukun metallurgiyasi uchun temir kukuni olish
maqsadida temir oksidini qaytarish (metallanish da-
rajasi -98-99,5%, shixta tarkibidagi temirning miqdo-
ri -71,8-72%, metallashgan mahsulotdagi temir me-
tali- 98-99%);
- Polimetalli rudalarni kompleks qayta ishlash
uchun temirni metallash (xromnekilli qoramtir te-
mir, vanadiy tarkibli titan magetiti, yuqori glinazli
temir rudasi chiqindini ishlab chiqarish va boshqalar).
Metallashgan temir tarkibli materiallarni me-
tallashda qo‘llaniladigan agregatlar bo‘yicha ishlab
chiqarish usullari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- Konveyer mashinalarida metallash (yoki kon-
veyir pechida);
- Aylanma quvurli pechlarda metallash;
- Kombinatsiyalangan «konveyer mashinasi -
quvurli pech» turidagi qurilma;
- Shaxtali pechlarda metallash;
- Qo‘l bilan isitadigan pechda metallash;
- Qaynar qatlamli pechda metallash.
Temirni bevosita olish va metallash jarayoni uc-
hun qattiq va gaz fazali qaytaruvchilar qo‘llanila-
di.
Metallanish darajasini aniqlash quyidagi for-
mula orqali aniqlanadi:
φmst = Femet/ Feum *100%
φmst-metallanish darajasi, % Femet va Feum
bu erda Femet- metallashgan mahsulotdagi te-
mirni miqdori, Feum - tegishli tartibdagi temir me-
talini umumiy miqdori, %.
|