|
Korxona masshtabidagi tarmoqlar va resurslarini mantiqiy tashkil etish
|
bet | 7/11 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 442,18 Kb. | | #144175 |
Bog'liq kurschaKorxona masshtabidagi tarmoqlar va resurslarini mantiqiy tashkil etish.
Tarmoq operatsion tizimlari har xil hususiyatlarga nimaga mo‘ljallanganligiga qarab ega bo‘lishi mumkin:
Bo‘lim tarmog‘i - umumiy masalarni yechadigan uncha katta bo‘lmagan ishchilar guruhi tomonidan ishlatiladi. Bo‘lim tarmog‘ining asosiy maqsadi ilova, ma'lumot, lazer printerlari va modemlar kabi lokal resurslarni taqsimlash hisoblanadi. Bo‘lim tarmoqlari odatda qism tarmoqlarga bo‘linmaydi.
Kampus tarmoqlari - bir nechta bo‘lim tarmoqlarini alohida binoda yoki korxonaning biror hudidi ichida birlashtiradi. Bu tarmoqlar hali ham lokal tarmoqlar hisoblanadi, shunday bo‘lsada ular bir necha kilometr kvadratni qoplashi mumkin. Bunday tarmoqning servisi bo‘lim tarmog‘ining o‘zaro aloqasini, korxona ma'lumotlar bazasiga ruxsatini, faks - serverga, yuqori tezlikli modem va printerlarga ruxsatini o‘zida mujassam etadi.
Korxona tarmoqlari(korporativ tarmoqlar) - alohida korxonaning hamma hududlarining bor kompyuterlarini birlashtiradi. Ular shahar, viloyat va hattoki butun qit'ani xam qoplashi mumkin. Bunday tarmoqlarda foydalanuvchilarga boshqa ishchi gruppalar, boshqa bo‘limlar, ostbo‘limlar va korporatsiya shtab - kvartiralaridagi ma'lumotlar va ilovalarga ruxsat beriladi.
Bo‘lim masshtabidagi tarmoqlarda ishlatiladigan operatsion tizimlarning asosiy vazifasi bo‘lib ilova, ma'lumotlar, lazer printerlari va hattoki past tezlikli modemlar kabi resurslarni taqsimlashni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Odatda bo‘lim tarmoqlari bir yoki ikkita fayl serveri va 30 tadan ko‘p bo‘lmagan foydalanuvchilarga ega bo‘ladi. Bo‘lim darajasidagi vazifalarni boshqarish nisbatan oson. Administrator vazifasiga yangi foydalanuvchilarni qo‘shish, oddiy qaytarishlarni yo‘qotish, yangi tugunlarni va dasturiy ta'minotni yangi versiyalarini o‘rnatish kabilar kiradi. Bo‘lim tarmoqlarining operatsion tizimlari o‘zlariga o‘xshab yaxshi ishlangan va har xildir. Bunday tarmoq odatda bitta yoki maksimum ikkita operatsion tizim ishlatishi mumkin. Ko‘proq bu tarmoq ajratilgan serverli NetWare 3.x yoki Windows NT, yoki bo‘lmasa bir rangli tarmoq, masalan, Windows for Workgroups tarmog‘i bo‘lishi mumkin.
Bo‘lim tarmoqlarining foydalanuvchilari va administratorlari ko‘p o‘tmay korxonasidagi boshqa bo‘limlar ma'lumotlariga ruxsat olish bilan o‘z ishining effektivligini oshirishi mumkinligini tushunishadi. Agar savdo - sotiq bilan shug‘ullanuvchi xodim konkret mahsulotning xarakteristikalariga ruxsatni olsa va ularni o‘zining prezentatsiyasiga qo‘shsa, unda bu ma'lumot ancha yangi bo‘ladi va xaridorlarga katta ta'sir o‘tkzadi. Agar marketing bo‘limi muhandimlar bo‘limi tomonidan endigina ishlanayotgan mahsulot xarakteristikasiga ruxsatga ega bo‘lsa, unda u ishlab chiqarish tugashi bilan marketing materiallarini tezda tayyorlashi mumkin.
Demak, tarmoq evolyutsiyasining keyingi qadami bo‘lib bo‘limlarning bir nechta lokal tarmoqlarni binolar yoki binolar guruhlariga birlashtirish hisoblanadi.
Bunday tarmoqlar kampus tarmoqlari deyiladi. Kampus tarmoqlari bir necha kilometrgacha cho‘zilishi mumkin, lekin bunda global tutashtirish shart emas.
Kampus tarmog‘ida ishlayotgan operatsion tizim, bir bo‘lim xodimlari uchun boshqa bo‘lim fayl va resurslariga ruxsatini ta'minlab berishi kerak. Kampus tarmog‘i operatsion tizimlari tomonidan ko‘rsatilayotgan hizmatlar fayl va printerlarni oddiy ajratish bilan chegaralanib qolmaydi, balki faks - server va yuqori tezlikli modem serverlari kabilarga bo‘lgan ruxsatni ta'minlab beradi. Berilgan sinf operatsion tizimi tomonidan berilayotgan muhim servisi bo‘lib korporativ ma'lumotlar bazasiga ruxsat hisoblanadi.
Huddi shu kampus tarmoqlari darajasida integratsiya muammolari boshlanadi. Umumiy holda, bo‘limlar o‘zlari uchun kompyuter turlari, tarmoq qurilmalari va tarmoq operatsion tizimlarini tanlab olishgan. Masalan, muhandislik bo‘limi UNIX operatsion tizimini va Ethernet tarmoq uskunalarini ishlatishi mumkin, savdo - sotiq bo‘limi DOS/Novell operatsion muhitini va Token Ring uskunalarini ishlatishi mumkin. Ko‘p hollarda kampus tarmog‘i har xil kompyuter sistemalarini birlashtiradi, bu paytda bo‘lim tarmoqlari bir turdagi kompyuterlarni ishlatadi.
Korporativ tarmoq korxonaning hamma ostbo‘limlarini tutashtiradi, umumiy holda ular bir - biridan sezilarli masofada joylashgan bo‘ladi. Korporativ tarmoqlar lokal tarmoqlar yoki alohida kompyuterlarni tutashtirish uchun global aloqa(WAN links)ni ishlatadi.
Koraporativ tarmoq foydalanuvchilariga bo‘lim va kampus tarmoqlarida bor hizmat va ilovalar talab qilinadi, qo‘shimchasiga yana bir qancha qo‘shimcha ilovalar va hizmatlar, masalan, meynfreym va mini kompyuterlar ilovalari va global aloqalarga ruxsat talab qilinadi. Lokal tarmoq yoki ishchi guruh uchun OT ishlab chiqarilayotganda, uning asosiy majburiyati bo‘lib lokal ulangan foydalanuvchilar o‘rtasida fayllar va boshqa tarmoq resurslarini taqsimlash hisoblanadi. Bunday munosabat korxona darajasi uchun qo‘llanilmaydi. Fayl va printerlarni taqsimlash bilan bog‘liq bazali servislar qatorida, korporatsiyalar uchun ishlab chiqariladigan tarmoq operatsion tizimlari ancha keng servislar to‘plamini qo‘llashi kerak. Bunday to‘plamga pochta hizmati, kollektiv ish vositalari, uzoqlashgan foydalanuvchilarni qo‘llash, faks - servis, ovoz xabarlarini qayta ishlash, videokonferensiyalar tashkil qilish va h.k. lar kiradi.
Bundan tashqari, korporativ tarmoqlar uchun kichik masshtabdagi tarmoqlarning masalalarini an'anaviy yo‘l bilan yechishdagi mavjud usullar va yondashishlar yaroqsiz bo‘lib chiqdi. Birinchi planga shunday muamolar va masalalar chiqdiki, ular ishchi guruh tarmoqlarida, bo‘lim va hattoki kampus tarmoqlarida yo ikkinchi darajali qiymatga ega bo‘lgan yoki umuman aktivligini ko‘rsatmagan. Masalan, kichikroq tarmoq uchun eng oddiy masala foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni olib borish korxona masshtabidagi tarmoqlar uchun katta muammoga aylandi. Global aloqalarni ishlatish esa korporativ operatsion tizimlardan past tezlikli chiziqlarda yaxshi ishlaydigan protokollar yordamini va bir xil an'anaviy ishlatiladigan protokollardan voz kechish talab qiladi.
|
| |