• Ko‘p foydalanuvchili rejim.
  • Operatsion tizim xavfsizligi




    Download 442,18 Kb.
    bet9/11
    Sana23.01.2024
    Hajmi442,18 Kb.
    #144175
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    kurscha

    Operatsion tizim xavfsizligi Netware 4.1 C2 sinfi xavfsizlik talablariga javob beradi (tarmoq konfiguratsiyalariga qo‘yiladigan (“krasnaya kniga”)), Windows NT 3.5 - esa ishchi stansiyalar uchun S2 sinfi (“oranjevaya kniga”). Microsoft, Windows NT ni ham “oranjevaya kniga” ham “krasnaya kniga” bo‘yicha S2 sinfiga mosligini sertifikatsiya qilingan.
    Hamma zamonaviy UNIX tizimlarda, yo asosda, yoki qo‘shimcha modul asosida S2 xavsizlik sinfiga mos keladi (ishchi sinflar uchun) ba'zi va hollarda yuqori sinfiga ham mos keladi. UNIX ning ba'zi versiyalari, S2 ning S2 sinfiga ham mos keladi.
    Windows NT da S2 sinfi talablarini qo‘llash yadro daajasida amalga oshirilgan. Bu esa, ba'zi ekspertlarga, Windows NT UNIX ga nisbatan yuqoriroq xavfsizlik darajasini ta'minlaydi deb hisoblashiga asos bermoqda. Ammo bu unday emas. Agar tizim sertifikatsiya qilingan bo‘lsa, boshqa so‘z bo‘lishi mumkin emas.
    Ko‘p foydalanuvchili rejim. UNIX ning jiddiy ustunligi, Windows NT va Netware da bo‘lmagan ko‘p foydalanuvchilikni qo‘llashdir.
    Bitta UNIX - mashinaga, xatto shaxsiy kompyuter asosida bo‘lsa ham, o‘nlab alfavit raqamli terminallarni ulash mumkin. Bu nima uchun kerak? Masalan, transport agentligini olaylik (poyezd yoki avtobuslar uchun bitta sotuvchi, yoki aholidan jamg‘arma qabul qiluvchi bank). Microsoft nuqtai-nazaridan hamma shunday jroylarni Windowsli shaxsiy kompyuterlar bilan jixozlash kerak., va ularga ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi o‘rnatib, (albatta MS SQL Server), kliyent-server rejimida ishlaydigan tarmoq o‘rnatish kerak. Ammo bunday ish joylariga grafik interfeys tez tarmoq kanallari va yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan shaxsiy kompyuter kerak emas. Albatta bu juda chiroyli, ammo bu ratsional emas, bu tejamli emas. Bunday joylarda, UNIX mashina qo‘yib, sekin osinxron kanallari orqali qimmat bo‘lmagan alfavit-raqamli terminallar qo‘yish arzon tushadi. Bunda, kliyent server arxitekturali murakkab tarmoq kerak emas.
    Agar terminallar juda ko‘p talab etilsa, u holda meynfreym sotib olish qulay. Yaxshi meynfreym yuzlab, xatto minglab terminallarni tortishi mumkin.
    Tarmoq grafik interfeysi bilan ish boshqachadir. Ochiq tizimlar olamida grafik interfeysni tarmoqda qo‘llovchi uchun XWin.System standart hisoblanadi. Bu tizimda, topshiriq bajariluvchi tizim X-kliyent deb ataladi. Ma'lumot kiritiladigan qurilma (SHK yoki X.terminal) X-server deyiladi. Bunda X-kliyent va X-server bitta kompyuterda, yoki har xil, ba'zan mutanosib bo‘lmagan kompyuterlarda amalga oshiriladi. XWin System tizimlari aniq operatsion tizim- dan mustaqil yaratilgan bo‘lsa ham uni har operatsion tizimlarda amalga oshirish katta farq qiladi. Bu tizim, asosan UNIX tizimlariga mo‘ljallangan, va ko‘pgina kengaytmalariga ega, bu esa uni imkoniyatini oshiradi.
    NetWare uchun XWin System qo‘llanishi yo‘qdir (oddiy X.Console dan tashqari).
    NetWare 4.1 da tarmoq infrastrukturasini tashkil etishning eng yaxshi vositasi - NetWare (NDS) kataloglar xizmatidir. U tarmoq resurslari iyerarxiyasini global darajada tashkil etishga imkon beradi. Buning uchun foydalanuvchiga ixtiyoriy resursga murojaat qilish uchun tarmoqda bir marta hisobdan o‘tsa yetarlidir. NDS ning kamchiligi bu xizmat uchun amaliy dasturlar yetarli emasligidir.
    NDS ning boshqa platforma uchun amalga oshishi to‘g‘risida gap ketsa, Nowell firmasi NDS ga litsenziyani, operatsion tizimlar ishlab chiquvchilarning hammasiga sotishini mo‘ljallagan.
    Windows Serverda tarmoq domenlar asosida yaratiladi, bu esa o‘z navbatida korporativ mijozlar uchun, kataloglar xizmatiga nisbatan qulay emas.
    UNIX uchun NIS tarmoq axborot tizimidan (SUN firmasi tomonidan ishlab chiqilgan) foydalanish odatiy xoldir. Bu xizmat, domenlar asosida tarmoq resurslarini tashkil etishga imkon beradi, ammo Windowsdan farqli ravishda domenlar o‘rtasida ishonchli munosabatlarni o‘rnatishga imkon bermaydi.
    NIS ni boshqarish murakkabroq masala: ko‘p matnli fayllarni “qo‘lda” taxrirlashga to‘g‘ri keladi.
    Hozirgi vaqtda UNIX ba'zi mualliflari o‘z kataloglar xizmatini, odatda X.500 standart asosida ishlab chiqayaptilar. Ammo, ular uchun Microsoft yoki Novell firmasi kataloglar xizmatidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    Ochig‘ini aytganda, korporativ geterogen tarmoq qurishning eng nozik joyi, bu tarmoq resurslari tarqoqligi va yagona xizmatni (katalog yoki domen) SHK lardan to meynfreym, superkompyuterlarga qo‘llash imkoni yo‘qligidir.
    Kommunikatsiyalar server. Uchala sistemaning hammasi, masofadagi server sifatida ishlatilishi mumkin, ammo buning uchun oddiy kompyuter emas, balki m-n maxsuslashtirilgan Access Builder va x.k. serverlardan foydalangan afzalroqdir.
    Ma'lumotlarga guruhli ishlov berish, elektron pochta, faks-serverlari platformasi sifatida uchala operatsion tizim ishlatilishi mumkin, ammo UNIX uchun bunday dasturlar ancha qimmatdir va ularni boshqarish ancha murakkabdir.
    Web server uchala operatsion tizimlarda mavjuddir. Ammo web-server sifatida ko‘pincha UNIX dan foydalaniladi, ayniqsa Solaris dan foydalaniladi. Ammo Rossiya va SNG davlatlarida xozircha asosiy o‘rinni Windows NT Server 4.0 (o‘zining Internet Information Server i bilan) chunki bu ilova tizim bilan birga tekinga beriladi, bu esa o‘z navbatida kuchli faktdir.
    Ammo baribir hozirgacha Internet UNIX -serverlar makonidir. Ular, prokollar va TCP/IP ilovalarning maksimal sonini qo‘llaydi. Shuning uchun ham, agar Internet dan jiddiy foydalanmoqchi bo‘lsangiz, UNIX dan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    Lokal tarmoqlarni Internet ga ulashda muhim va asosiy rolni - brandmauerlar o‘ynaydi. Amalda ularning deyarli barchasi UNIX ning u yoki bu versiyasi asosida amalgan oshirilgan.
    Ma'lumotlar bazasi (MB) serveri. Siqib chiqaradigan ko‘pmasalalilik va xotira ximoyasi bo‘lmagani uchun NetWare MB serveriga mos platforma emas. Windows NT va UNIX- mashinalar o‘zlarini MB serveri sifatida yaxshi tavsiya etganlar, ammo katta masshtablashtirish xususiyati, klaster texnologiyaga ega ekanligi uchun UNIX kuchli MB serveriga ko‘proq mosdir.
    Negadir ilovalar serveri to‘g‘risida gap ketsa, MB serveri tushuniladi. To‘g‘ri MB serveri muhim, ammo bu faqat mumkin bo‘lgan ilovalardan biridir. Nima uchun ilovalar serveri bilan MB serverini chalkashtirish kerak.
    Biz operatsion tizimni ilovalar serveri dasturiy ta'minoti uchun dasturiy platforma sifatida foydalanishni ko‘rib o‘tamiz, m-n, hisoblashlar serveri sifatida.
    Ko‘p foydalanuvchili interfeys xususiyati qo‘shib ishlab chiqilmagani uchun Windows NT bu xizmat juda yaxshi to‘g‘ri kelmaydi. NetWare to‘g‘risida bu haqda gapirmasa ham bo‘ladi.
    Deylik, juda qimmat va katta resurs talab qiladigan dasturlar (ya'ni jiddiy, loyihalashni avtomatlashtiruvchi tizimlar FAT uchun, yoki yadro reaktorida dinamik jarayonlarni tasvirlash va hisoblash dasturi), kuchli, “Nunber Crashing” (sonlarni maydalovchi) kategoriyasidagi hisoblash texnikasi kerak bo‘ladi. Albatta, unga UNIX ni o‘rnatishadi, chunki shu holdagina uni kuchli hisoblash xususiyatidan bir vaqtda, bir nechta foydalanuvchilar foydalan olishlari kerak. Buning uchun, odatda turli tipdagi terminallar, ishchi stansiyalar yoki SHK dagi terminal emulyatorlaridan foydalanamiz.
    Albatta Windows NT va XWin System ni qo‘yib ko‘rish mumkin. Balki bu arzonroq ham tushadi. Faqat NT ga zarur dastur topilishi ham muammodir (Alpha protsessori uchun). Kuchli grafik paketlar bilan ishlash bu holda qiyindir.
    Ammo Windows NT da o‘z ustunliklari ham bor, m-n Network OLE ni quvvatlashdir. UNIX uchun bunday spetsifikatsiyalar endi ishlab chiqilmoqda, va ular Windows asosidagi mijoz o‘rinlari bilan qandaya ishlashi ma'lum emas.

    Download 442,18 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 442,18 Kb.