• 3.1. Vazifani bajarish ketma ketligi.
  • 3.2. vazifa bajarish ketma ketligi
  • 4. Hisobot tarkibi
  • Tarmoq simulyatori bilan ishlash. Cisco packet tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish




    Download 1,26 Mb.
    bet4/4
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,26 Mb.
    #123772
    1   2   3   4
    Bog'liq
    KT Lab 1-2
    71-75, Реферат на тему Макромолекулы1, Labaratoriya 1-2 Mamatmusayev Akbar, 8-amaliy mashg\'ulot, 5-Маъруза ЭваС2 21-22, KURS ISHI, allamberganova muqaddas.milliy uygonish davri ozbek adabiyoti, 05-200, Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar, Ashirboyev Shohruh Shovkat o\'g\'li, uuui, kurs ishi yozish tartibi, Р. Мавлонова, falsafa562
    3. Vazifa


    Vazifa topshirig’i:
    3.1. Jurnaldagi variantingiz asosida tarmoq quring. Tarmoq qurilmalari uchun dastlabki sozlashlarni bajaring. Ishni “3.1. vazifa bajarish ketma ketligi” ga asoslanib bajaring.

    Variant

    Tarmoq qurilmalari

    Tarmoq qurilma manzillari


    8 kompyuterlar, 1 kommutator, 1ta server

    192.168.x.x


    5 kompyuterlar, 1 kommutator, 2ta server

    192.167.x.x


    6 kompyuterlar, 1 kommutator, 1ta server

    192.166.x.x


    7 kompyuterlar, 1 kommutator, 2ta server

    192.165.x.x


    8 kompyuterlar, 1 kommutator, 1ta server

    10.10.x.x


    5 kompyuterlar, 1 kommutator, 2ta server

    10.1.x.x


    6 kompyuterlar, 1 kommutator, 1ta server

    10.0.x.x


    7 kompyuterlar, 1 kommutator, 2ta server

    192.168.x.x


    6 kompyuterlar, 1 kommutator, 1ta server

    192.167.x.x


    5 kompyuterlar, 1 kommutator, 2ta server

    192.166.x.x


    4 kompyuterlar, 1 kommutator, 1ta server

    192.165.x.x


    6 kompyuterlar, 1 kommutator, 1ta server

    10.10.x.x


    7 kompyuterlar, 1 kommutator, 2ta server

    10.1.x.x


    8 kompyuterlar, 2 kommutatorлар, 1ta server

    10.0.x.x


    7 kompyuterlar, 2 kommutatorлар, 2ta server

    192.168.x.x


    5 kompyuterlar, 2 kommutatorлар, 1ta server

    192.167.x.x


    5 kompyuterlar, 2 kommutatorлар, 2ta server

    192.166.x.x


    6 kompyuterlar, 2 kommutatorлар, 1ta server

    192.165.x.x


    5 kompyuterlar, 2 kommutatorлар, 2ta server

    10.10.x.x


    4 kompyuterlar, 2 kommutatorлар, 1ta server

    10.1.x.x


    8 kompyuterlar, 2 kommutatorлар, 2ta server

    10.0.x.x


    7 kompyuterlar, 2 kommutatorлар, 1ta server

    192.168.x.x


    6 kompyuterlar, 2 kommutatorлар, 2ta server

    192.167.x.x


    8 kompyuterlar, 2 kommutatorлар, 1ta server

    192.166.x.x


    8 kompyuterlar, 2 kommutatorлар, 2ta server

    192.165.x.x



    3.2. Kabelga konnektorni joylashtiring va mustahkamlang. So’ngra kabelning ishini tekshiring. Ishni “3.2. vazifa bajarish ketma ketligi” ga asoslanib bajaring.


    3.1. Vazifani bajarish ketma ketligi. Ushbu misolda biz Packet Tracer (CPT) dasturiy simulyatori yordamida konsentrator bazasida yulduz topologiyali tarmoq quramiz va ushbu dasturda yangi ishlarning misollarini ko‘ramiz.


    7-rasm. Konsentrator bazasida yulduz topologiyali tarmoqni modellashtirish


    Ishchi maydonda tarmoq tugunlarini o‘rnatamiz. Hub’s (Konsentrator) qurilmalar tipini tanlaymiz. “Ushbu tipdagi qurilmalar ro‘yxati” menyusidan aniq konsentrator – Hub-PT ni tanlaymiz va sichqoncha bilan dasturning ishchi maydoniga tortamiz. Keyin End Devices qurilmalar tipini tanlaymiz va qo‘shimcha menyudan PC-PT stol kompyuterini tanlaymiz hamda uni sichqoncha bilan dasturning ishchi maydoniga tortamiz. Shunday qilib, yana uchta kompyuter va bitta serverni o‘rnatamiz. Kompyuterlar va serverni konsentratorga ulash uchun qurilmalarning yangi tipi Connections ni tanlaymiz, keyin (медный прямой) kabel tipini tanlaymiz. Kompyuter tarmoq kartasini Hub-a porti bilan ulash uchun zaruriy kompyuter bo‘ylab sichqonchaning chap tugmasini bosish kerak. Ochilgan grafik menyudan FastEthernet0 porti tanlanadi va ShK dan konsentratorga kabel tortiladi, bu yerda menyudan konsentratorning istalgan bo‘sh Fast Ethernet porti tanlanadi. Bu holda har doim quyidagi qoidaga amal qilish tavsiya etiladi: server uchun 0-portni, PC1 uchun 1-portni, PC2 uchun 2-portni va hakozo tanlaymiz. Tarmoq tugunlariga IP adres va maskalarni beramiz. Buning uchun sichqonchani ikki marta bosish orqali zaruriy kompyuterni ochami, keyin Config (Konfiguratsiya)- Interface (Interfeys)- FastEthetnet0. IP Configuration parametrlar guruhida Static kalit faollashtirilishi zarur, IP Address maydonida kompyuterning IP-adresi kiritiladi, maska avtomatik ravishda paydo bo‘ladi. Port status – On (Vkl).
    E
    slatmalarni hosil qilish uskunasi Place Note. Eslatmalarni hosil qilish uskunasidan Place Note (N tugmasi) foydalanib barcha qurilmalarning IP larini, hamda ishchi maydonning yuqori qismiga layihamizning nomini “Izucheniye topologii zvezda” (Yulduz topologiyasini o‘rganish) yozamiz (8-rasm).

    8-rasm. Place Note uskunasidan foydalanish


    Maslahat. IP adreslarni Config (Konfiguratsiya) oynasidan nuqalash kerak. Bunda Place Note uskunasi faollashtiriladi. Eslatmalar bilan ishchi maydonni haddan tashqari to‘ldirib tashlamaslik uchun qurilmalar tiplari belgilarini (yorliqlarini) olib tashlaymiz: Packet Tracer oynasining yuqori qismidagi Options menyusini ochamiz, keyin ochilayatgan ro‘yxatdan Preferens punktini tanlaymiz, hamdda dialog oynasidan Show device model label belgisini olib tashlaymiz (9-rasm).


    9-rasm. Show device model labels bayroqchasini olib tashlash

    T
    armoqning ishlashini sinab ko‘rish uchun biz kompyuterdan boshqa SHK ga test ping signalini jo‘natamiz va Simulation rejimini yoqamiz. Event list oynasida Edit filters tugmasi yordamida dastlab barcha turdagi signallardan filtrlarni tozalaymiz, keyin nazorat signali tipini o‘rnatamiz: faqat ICMP. Keyin Event list oynasini yopamiz (10-rasm).


    10-расм. Event list tugmasi




    Oynaning o‘ng tarafidagi grafik menyudan (simple PDU)


    ni tanlaymiz va sichqonchani bosamiz, uni SHK ga o‘rnatamiz – signal manbasini (masalan, PC3) tanlaymiz, va keyin belgilangan tugunga (bu server ham bo‘lishi mumkin). tugmasini bosish orqali PDU paket harakatini qadamma-qadam kuzatamiz (11-rasm).
    1 1-rasm. Pakentning tarmoq bo‘ylab muvaffaqiyatli o‘tishi

    PDU – OSI modelining har xil darajalarida maʼlumotlar fragmentlarining umumiy nomlanishi: Ethernet kadr, ip-paket, udp-datagramma, tcp-segment va hakozo.




    3.2. vazifa bajarish ketma ketligi. UTP tarmoq kabelini bosqichma-bosqich ochish va ulagichni o‘rnatish kerak. Buning uchun quyidagi vositalarni tayyorlash kerak:
    1.UTP Cat 5e Kabeli
    2. UTP Cat 5e Kabeli ulagichi - RJ-45
    3. Krimper
    4. Chiziqli Tester
    Siqish operatsiyasini bajarish uchun quyidagi algoritmga amal qilish kerak:
    1. Tarmoq simining kerakli uzunligini o‘lchang va uni 12 a-rasmda ko‘rsatilgandek asbob yordamida kesing
    2. Sim uchlarini tekislang (har bir tomonida 6-7 mm tishlab). ( 12 a rasm)
    3. Izolyatsiyani olib tashlash uchun chetidan 0.15 sm masofada toza kesma qiling. (12 b rasm)

    12 а rasm 12 b rasm



    1. Kesim joyida kabelni turli tmonlarga buking/

    2. Izolyatsiyani yeching

    3. Ekranni olib tashlab simlarni tekislang (13 b rasm)


    13 а rasm 13 b rasm

    1. Simlarni sxemalardagi kabi joylashtiring

    2. Simlarni RJ-45 ichiga to’liq joylashtiring

    3. Konnektorni krimperning maxsus joyiga kiriting

    4. RJ-45 konnertorini krimperda siqing.

    To’g’ri ulangan kabek rasmdagi kabi bo’ladi



    1. Tayyor kabelni testerda tekshiring. Bunda testerning chiroqlari bir xil ketma ketlikda yonishlari kerak.


    Chiziqli tester


    4. Hisobot tarkibi

    Hisobotda quyidagilar keltirilishi lozim:


    - Ishning nomi va maqsadi.
    - Ishni bajarilganligini ko’rsatuvchi “screen shot” lar.
    - Ishning natijasi.
    - Nazorat savollariga qisqacha javoblar.


    5. Nazorat savollari

    1. SRT ishlash tamoyilini tushintiring?


    2. Tarmoq qurilmalari turlarini sanab o‘ting?
    3. Konsentratorning ishi nimadan iborat?
    4. Oxirgi qurilmalar deganimiz nima?
    5. Tarmoq simining tuzilishini ta’riflang. Kabelni ishlatishga misollar keltiring.
    6. Konnektorlar turlari va ularning vazifalarini ta’riflang?
    7. O'rama juftni ulash prinsipini ta’riflang
    8. 568A va 568B sxemalari o‘rtasidagi farq nima?
    9. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash qoidalarini ta’riflang
    10. Krimper va chiziqli tester vazifasini ayting.
    11. Tarmoq qurilmasini konsol kabeli orqali ulash ketma-ketligini tavsiflang.
    12. O‘ralgan juft kabelni siqish ketma-ketligini ta’riflang
    13. To‘g‘ri siqilgan kabel qanday bo‘lishi kerak
    Download 1,26 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarmoq simulyatori bilan ishlash. Cisco packet tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish

    Download 1,26 Mb.