• Kommunikatsiya
  • Kompyuter (hisoblash) tarmogi
  • 1.4.Kompyuter tarmoqlari tarixi
  • Kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa uchun kompyuterlardan foydalanish




    Download 56,64 Kb.
    bet3/7
    Sana22.11.2023
    Hajmi56,64 Kb.
    #103447
    1   2   3   4   5   6   7
    1.2. Kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa uchun kompyuterlardan foydalanish.

    Kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari zamonaviy axborot texnologiyalarining asosi bo’lib, ular insonlarni yaqinlashtiradi. Axborot bir joydan ikkinchi joyga tezroq yetib boradi, yangilik tez tarqaladi. Kommunikatsiya (лат. communicatio — сообщение, передача) axborotlarni bir joydan ikkinchi joyga etkazish tushuniladi.


    Kompyuter yordamida aloqa qilish uchun foydalanuvchiga modem zarur bo’ladi. U tashki yoki ichki qurilma bo’lib, kompyuter yordamida tayyorlangan ma’lumotlarni telefon simlari orqali uzatish va qabul qilishga imkon beradi.
    Kommunikatsiya yoki “telekommunikatsiya” manba (transmitter) va qabul qiluvchi (receiver) o’rtasida masofadan turib ma’lumot almashinishni bildiradi.
    Telekommunikasiya vositalari vazifalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi (1-rasm):



    1-rasm



    1.3. Kompyuter tarmoqlari asosiy tushunchalari


    Kompyuter tarmog’i (Computer NetWork, net–tarmoq, va work–ish) – bu kompyuterlar o’rtasida axborotlar almashinuvi tizimidir.
    Kompyuter tarmog`i– bu ikkita yoki undan ko‘proq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning bir biriga kabellar bilan ulanishidan hosil bo‘ladigan tarmoqdir.
    Kompyuter (hisoblash) tarmog'i– aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to'plami bo'lib, u ko'p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.
    Kompyuter tarmog'i "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi.


    1.4.Kompyuter tarmoqlari tarixi

    1957 yil AQSh da xarbiy sohada qo’llash uchun ARPA (Advanced Research Project Agency) tashkiloti tuzildi. 1969 yilda Amerika Qo’shma Shtatlarining mudofa vazirligi tamonidan tashkil qilingan ARPANET kompyuter tizimi birinchi kompyuter tarmogiga asos solib berdi, bu tarmoq xozirgi kunda juda eskirgan bo’lib deyarli qullanilmaydi, ammo uning xam afzallik taraflari bor, uning afzalligi tarkibida turli kompyuterlar bilan ish olib borishligi. U keyinchalik boshqa kompyuter tarmoqlari bilan birlashtirilib, Internetning bir qismi sifatida ishlatila boshlandi. Xozirda u MILNET xarbiy tarmoq sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari internetda juda ko’plab tarmoq tizimlari mavjud. Masalan:


    CSNET -bu tarmoq internetda kompyuter fanlar tarmog’i deb yuritiladi.
    Bitnet (1981)-bu tarmoq internetda bugungi kun tarmogi deb yuritiladi, bu tarmoqning qulaylik tarafi shundan iboratki, bu tarmoq Nyu-York va Yel universitetlari tomonidan ishlab chiqilgan Yevropa, AQSh qit’asi, Meksika va boshqa mamlakatlarni birlashtiruvchi kompyuter tarmogi bo’lib, u alohida ajratilgan kanallar orqali Aloqa boglaydi. Bu tarmoq OSI - ochik xalqaro boglanish tizimi va TCP/IP qaydnomalariga mos tushmaydi. Uning bir xususiyati shundaki uzatilgan axborotlar uchun xaq tulanmaydi.
    CSNET- (1981) bu tizim kompyuter va fan tarmogi deb yuritiladi, tizim ish faoliyatini faqat a’zolik badallari va xizmat uchun to’lovlar hisobidan ishlaydi. U butun dunyo olimlarini birlashtiruvchi tarmoq bo’lib, internet tarkibiga kiradi va TCP/IP qaydnomasida ishlaydi.
    EARN - Yevropa kompyuter tarmogiga birlashtirilgan bo’lib, juda ko’p ilmiy tadkikot muassasalarini birlashtiradi. Uning qaydnomasi RSES bo’lib, ajratilgan kanallar orqali ma’lumot almashinadi, o’z- o’zini xo’jalik 3 hisobotda qoplash asosida ishlaydi.
    EUNET – Europe Union Network (Yevropa kompyuter tarmogi uyushmasi). Uning markaziy qismi Amsterdamda joylashgan. U asosan UNIX amaliyot tizimida va UUCP va TCP/IP da ishlaydi.
    FIDONET (1984) – shaxsiy kompyuterlar bilan MS va PS DOS boshqaruvida ishlaydigan tarmoq. Fayllarni telefon simlari orqali uzatadi va UNIX amaliyot tizimida ishlaydigan kompyuterlar bilan boglanishi mumkin. Fayllarni, bildirishni va yangiliklarni UUCP/USWET tarmoqlari bilan uzatilishi mumkin.
    INTERNET – International Network ( xalqaro kompyuter tarmogi) – butun dunyo kompyuter tarmog’i. U ko’p KTlarni birlashtiradi va TCP/IP qaydnomalarida ishlaydi va kompyuter tarmoqlarini tarmoqlararo interfeys – GATEWAY (shlyuz) orqali birlashtiradi. Bu tarmoq turli davlat korxonalari, ukuv yurtlari, xususiy korxonalar va shaxslarning yangi kompyuter texnologiyalari yaratish, joriy qilish va ularning shu soxadagi xarakatlarini birlashtirish uchun xizmat qiladi. Xozirda u butun dunyo qit’alarini uziga birlashtiradi. Internet tarkibidagi ba’zi kompyuter tarmoqlar CSNET, NSFNET – o’z navbatida katta-katta tarmoqlar bo’lib, uzlari xam bir necha tarmoqlardan tashkil topgan. Internetning ishini koordinatsiya qilish NIC (Network Information Center) Stenfort universitetidagi SRI – Stanford Research Institute, ko’pincha SRI-NIC deb yuritiluvchi markaz tomonidan boshqariladi.
    Internetda TELNET (telefon tarmogi) uzoqqa uzatish, FTP (File Tranferd Protocol ) faylni uzatish, SMTP – (Simple Mail Transport Protocol) oddiy pochta uchun foydalaniladi. Domenlarni nomlash tizimi - DNS (Domen Name Systems) qo’llaniladi.
    MCI Mail – savdo –sotik uchun muljallangan ICT xam Internet bilan boglangan bo’lib, uz mijozlariga pochta, faksimil va teleks xizmatini kursatadi.
    NSFNET - AQShning milliy ilmiy fondi tarmogi, AKShdagi 1000 dan ortik milliy – tadkikot institutlarini, korporatsiya va xukumat idoralarini birlashtiradi. Amerikadagi eng yirik superkompyuterlarga ulangan bo’lib, murakkab masalalarni yechishda undan foydalanish imkoniyatlarini beradi.
    USENET (1979) – yangiliklar va elektron pochtaning xalqaro tarmogi. Universitetlar urtasida Aloqa urnatish maqsadida ish boshlangan bu tarmoq xozirda AQSh ning deyarli barcha universitetlarini KT orqali birlashtiradi. Xatto undan foydalanuvchilar juda ko’payib ketgani tufayli grafikning ancha qismini UUNET tarmogiga topshirgan. UUNET tarmogi shu maqsad uchun xam yaratilgan.
    UUNET – savdo-sotiq bilan bog’liq bulmagan tarmoq bo’lib, u USENET yangiliklarini UNIXda boshlangich matnlarni olish va boshqa ishlarni bajarishni ta’minlaydi. U Internet bilan tamoklararo interfeysga ega.
    UUCPNET – Unix-to Unix Copy – xalqaro elektron pochta bo’lib, ma’lumotlar UUCP – uzatish uchun qaydnoma, kommunikatsiya maqsadlari uchun fayllar tuplami, kommunikatsion dasturlar uchun esa buyruqlar to’plamidir. Undan elektron pochtalar yuborish va telekonferentsiyalarda katnashish maqsadlarida keng foydalaniladi.



    Download 56,64 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 56,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa uchun kompyuterlardan foydalanish

    Download 56,64 Kb.