|
Kompyuter tarmog'i tarkibiy qismlari
|
bet | 4/7 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 56,64 Kb. | | #103447 |
1.5. Kompyuter tarmog'i tarkibiy qismlari
1. Tarmoq abonenti tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni istemol qiluvchi ob`ektdir.
2. Stansiya– axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi ob`ektdir.
Alohida kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo'lishlari mumkin va xar bir abonent stansiyaga ulanadi.
Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi“ deb ataladi. Abonentlarning o'zaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo'lishi kerak.
3. Fizik uzatish muhiti– elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma`lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmalaridir.
Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o'rtasida axborot uzatishni ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday komppyuter tarmog'ini abonent tizimlari va kommunikasion tarmok yig'indisi sifatida ko'rish imkonini beradi.
1.6. Kompyuter tarmoqlari klassifikatsiyasi
Kompyuter tarmoqlari quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi:
1. Geografik (hududiy) joylashuvi bo’yicha;
2. Ishlab chiqarish bo’limlarining miqyosi bo’yicha;
3. Boshqarish usuli bo’yicha;
4. Axborotni uzatish tezligi bo’yicha;
5. Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzulishi bo’yicha.
A bonent tizimlarining xududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy turkumga ajratish mumkin:
Kompyuter tarmoqlari xizmat ko’rsatish doirasiga qarab quyidagilarga bo’linadi:
LAN, CAN, MAN, WAN, GAN
· LAN (LOCAL-AREA NETWORK) - Lokal tarmoq chegaralangan sohadagi kompyuterlarni birlashtirish imkoniyatini beradi.
· CAN (CAMPUS-AREA NETWORK) - Kampus tarmoq, o’zaro yaqin binolarda joylashgan lokal tarmoqlarni birlashtirish uchun mo’ljallangan.
MAN (METROPOLITAN AREA NETWORK). Shahar kabi kattalikdagi geografik mintaqani qamrab olgan aloqa tarmog’i. MANlardan foydalanishdan maqsad uzoq masofalada telefon simlarini tarqatishni oldini olishdan iborat. Uyali telefon tizimlari asosan MANlardan iborat.
· WAN (WIDE AREA NETWORK). Davlat kabi yirik geografik hududni o’z ichiga oladi. Ularga Tymnet, TeleNet, UniNet, AccuNetlarni misol keltirish mumkin. Internet tarmo\i minglab WANlarni birlashtiradi. Albatta, ko’pgina telefon tizimlari ham WANlardan iborat.
· GAN (Global-Area Network) -Barcha davlatlar va kontinentlarni birlashtiruvchi hamda yer sharining ixtiyoriy nuqtasidagi axborot resurslariga murojaat qilish imkoniyatini beruvchi umumplanetar tarmoq.
|
| |