|
Bulut texnologiyasi haqida Pdf ko'rish
|
bet | 156/225 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 7,35 Mb. | | #117020 |
Bog'liq Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob5.1.7. Bulut texnologiyasi haqida
Bulutli texnologiyalar – bu model isteʻmolchiga axborot
texnologiyalarni servis sifatida internet orqali namoyon qiladi. Bulutli
hisoblashlarning yuzaga kelishida «virtualizatsiya» texnologiyalarining
ahamiyati juda katta hisoblanadi. Birinchi boʻlib 1960 yilda
virtualizatsiya texnologiyalari IBM taklif qilingan ammo qimmat
meynfreym kompyuter texnologiyalarini arzon x86 protsesorli
kompyuter serverlariga oʻtgandan soʻng virtualizatsiya termini ancha
vaqtgacha esdan chiqarildi. 2000 yildan boshlanib holat oʻzgara
boshladi, shu yillarga qadar WMware x86 razryadli virtualizatsiyada
monopoliyani qoʻlga kiritdi. 2005 yilda WMware kompaniyasi virtual
mashinalarni DTdan foydalangan holda bepul tadbiq qildi. 2006 yilda
Microsoft kompaniyasi «Microsoft virtual PC» Windows versiyasini
ishga tushirildi…”.
2006 yilda Amazon kompaniyasi oʻz qurilmalarida virtual
serverlarni kengaytirish orqali «Amazon Elastic Compute Cloud»
yuzaga keldi buning yana asosiy sabablaridan biri virtual serverlarni
boshqa qurilmalarga (isteʻmolchilarga) ijaraga berish orqali bulutli
texnologiyalarni kelib chiqishiga turtki boʻldi.
Bulut – AT- infratuzilma tashkilotlarining innavatsion modeli
(konsepsiya) hisoblanib, u alohida ajratilgan va taqsimlangan
konfiguratsiyalangan apparat va tarmoq resurslaridan, dasturiy
ta’minotdan tashkil topgan va ular masofadagi provayderlarni
malumotlar markazida yotadi.
Bulutli hisoblash tizimi
Model yagona tizimdagi tarmoqdan qulay va bir vaqtning oʻzida
konfiguratsiyalangan hisoblash resurslaridan birgalikda foydalanish
imkoniyatini yaratadi (misol uchun, tarmoqlar, serverlar, ma’lumotlar
bazasi, ilovalar va servislar) shu bilan birga minimal boshqarishda xam
opеrativ va erkin ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Bulutning bu modeli
5 ta asosiy xarakteristika, 3 ta servis model va 4 ta taqdimlash
modellaridan iborat. (5.1.12-rasm.)
|
| |