• 5.2.2. Transport sathining funksiyalari
  • Tarmoq texnologiyalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet164/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    Multimediali trafik 
    Multimediyali trafik deganda insonning sezgi organlari qabul qilib 
    oladigan turli xil axborotlarni о‘z ichiga olgan ma’lumotlarning raqamli 


    244 
    oqimi (odatda tovushli va video axborot) tushuniladi.
    Ma’lumotlarning multimediyali oqimlari uzoqlashtirilgan interaktiv 
    xizmatlarni taqdim etish maqsadida telekommunikatsiya tarmoqlari 
    bо‘yicha uzatiladi. Tarmoq foydalanuvchilariga taqdim etiladigan 
    multimediya xizmatlarining bugungi kunda eng kо‘p tarqalganlari 
    videotelefoniya, multimediyali ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish 
    hisoblanadi. 
    Taqdim etiladigan xizmatlarning turiga bog‘liq holda multimediyali 
    trafikning ikki asosiy turi ajratiladi: 
    1. Foydalanuvchilar о‘rtasida real vaqt miqyosida axborotni uzatish 
    uchun multimediyali xizmatlarni taqdim etadigan real vaqt trafigi. 
    2. Zamonaviy telekommunikatsiya tarmog‘ining an’anaviy 
    taqsimlangan xizmatlari bilan tashkil etiladigan oddiy ma’lumotlar 
    trafigi, jumladan, elektron pochta, fayllarni uzatish, virtual terminal, 
    ma’lumotlar bazasiga uzoqlashtirilgan kirish va boshqalar.
    Real vaqt trafigini qо‘llab-quvvatlovchi xizmatlarga misol sifatida 
    quyidagilarni keltirish mumkin: IP-telefoniya, yuqori sifatli tovush, 
    videotelefoniya, videokonferens aloqa, masofadan turib tibbiy xizmat 
    kо‘rsatish (diagnostika, monitoring, konsultatsiya), videomonitoring, 
    keng eshittirishli video, raqamli televideniye, radio va televizion 
    dasturlarni olib kо‘rsatish. 
    5.2.2. Transport sathining funksiyalari 
    Transport 
    satxi 
    oxirgi 
    tizimlarda 
    bajarilayotgan 
    amaliy 
    jarayonlarga xizmatlarni bevosita taqdim etadi. Transport satxi protokoli 
    turli xostlarda bajarilayotgan amaliy jarayonlar orasidagi mantiqiy 
    ulanishlarni ta’minlaydi (12.1-rasm). Ilovalar nuqtai nazaridan, mantiqiy 
    ulanish –jarayonlar orasidagi real bog‘lanish marshrutizatorlar va turli 
    aloqa liniyalarining uzundan uzoq zanjirlari yordamida amalga 
    oshirilishiga qaramasdan, jarayonlarni bevosita bog‘lovchi kanaldir. 
    Mantiqiy ulanish fizik infrastrukturadan mustaqil ravishda jarayonlarga 
    ma’lumot almashtirish imkonini beradi. 
    Transport satxi protokollari oxirgi tizimlar tomonidan qo‘llab 
    quvvatlanadi, 
    lekin 
    marshrutizatorlar 
    tomonidan 
    qo‘llab 
    quvvatlanmaydi. Marshrutizatorlar tarmoq satxi xabarlarini qayta 
    tshlashadi va transport satxidagi xabarlarga xech qanday ta’sir 
    ko‘rsatmaydi. 
    Internetda (aniqrog‘i TCP/IP protokolini qo‘llab-quvvatlaydigan 
    istalgan kompyuter tarmog‘ida) transport satxining ikkita protokoli 


    245 
    mavjud 

    UDP 
    (User 
    Datagram 
    Protocol 
    – foydalanuvchi 
    deytagrammalari protokoli) protokoli va TCP (Transmission Control 
    Protocol – uzatishni boshqarish protokoli) protokoli. UDP protokoli 
    ilovalarga mantiqiy ulanish o‘rnatmasdan ishonchsiz ma’lumotlar 
    uzatish xizmatini taqdim etadi, aksincha, TCP protokoli mantiqiy 
    ulanish o‘rnatib, ishonchli ma’lumotlar uzatish xizmatini taqdim etadi. 
    Yangi ilovani yaratayotganda ishlab chiqaruvchi o‘z mahsuloti uchun 
    transport satxining ikkita protokoldan birini tanlashi lozim.

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish