246
5.2.3. UDP segmentining strukturasi
UDP protokoli IP protokoliga asoslanadi va amaliy jarayonlarga
transport xizmatlarini taqdim etadi. U ma’lumotlarni kafolatlanmagan
yetkazilishini ta’minlaydi, ya’ni ularni olinganligi tasdiqlanishini talab
qilmaydi, shuningdek axborot manbai va qabullovchi orasida, ya’ni
UDP modullari orasida ulanish o‘rnatilishini talab qilmaydi.
UDP protokoli transport satxi xizmatlarining minimal to‘plamini
kafolatlaydi, jumladan:
- jarayonlar orasida ma’lumotlar almashtirish xizmati;
- xatoliklarni nazoratlash.
UDP protokoli trafikni nazoratlamaydi –ma’lumotlar keraklicha
davomli vaqtda istalgan tezlikda uzatilishi amalga oshiriladi.
Internet – ilovalar ishlab chiqaruvchilari uchun UDP protokoli TSP
protokoliga qaraganda quyidagi to‘rtta afzalliklarga ega:
- ulanish o‘rnatilishi protsedurasi mavjud emas – uzatish jarayoni
kechikishi kamayadi; satxlaridaamalga oshirilishi va ular bilan
bog‘langan UDP portlarga misollar keltirilgan
- ulanish xolati xaqida axborot mavjud emasligi - UDP server TCP
serverga nisbatan ko‘proq mijozlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin;
- sarlavha o‘lchamining katta emasligi - UDP 8bayt, TCP 20bayt;
- ilova tomonidan ma’lumotlar uzatilishi boshqarishining
yaxshilangan mexanizmi – real vaqt ilovasi ma’lumotlar uzatilish
minimal tezligiga cheklao‘ qo‘yishi – tovushli paketning kechikishi
<150ms.
UDP protokoli IP protokoliga asoslanadi va amaliy jarayonlarga IP
protokoli xizmatlaridan kam farqlanuvchi transport xizmatlarini taqdim
etadi.
IP-paket sarlavhasiga UDP protokoli UDP-paket sarlavhasi
ko‘ringishida xizmat axborotini qo‘shadi. (5.2.2-rasm).