|
§ 5.2. Multimediyali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar Pdf ko'rish
|
bet | 163/225 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 7,35 Mb. | | #117020 |
Bog'liq Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob§ 5.2. Multimediyali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar
5.2.1. Multimediya sinflari
Multimediani uzatish nuqtai nazaridan, real vaqtda uzatiladigan
(Real-Time – RT) yoki real vaqtda uzatilmaydigan (Non Real-Time –
NRT) sinflarga bо‘linishi mumkin. Birinchi turdagi multimedia (RT),
paketlarni kechikishiga chegarani talab etadi, xuddi shu vaqtda
multimedianing ikkinchi turi (masalan matn va tasvir) bunday
chegaralanishni talab etmaydi lekin ularni uzatishda xatoliklar paydo
bо‘lmasligi uchun qattiq chegaralanishga ega.
Multimediali ma’lumotlarni uzatishda xatoliklarni nazorat qilish
uchun ikkita asosiy yondashuv mavjud:
Birinchisi, yо‘qolgan yoki shikastlangan paketlarni uzatishda
avtomatik takrorlash (Automatic Retransmission reQuest – ARQ). Bu
yondashish transport satxidagi TCP (Transport Control Protocol)
protokolida TCP/IP protokoli stekida qо‘llaniladi.
NRT-axborotini xatolarsiz uzatishni talab qiluvchi ilova, odatda
aynan shu protokolni talab etadi.
Ikkinchi yondashishda (Forward Error Correction – FEC),
paketlarni qayta uzatmasdan xatoliklarni aniqlash va tо‘g‘rilash
imkonini beruvchi ortiqcha axborot uzatiladi. Bunday yondashuv
transport satxining boshqa protokolida UDP (User Datagram Protocol),
TCP/IP
protokolining
shu
stekida
qо‘llaniladi.
Multimediali
ma’lumotlarni almashlovchi, xatoliklarga yо‘l qо‘yuvchi (RT kabi
NRTda ham) ilova, odatda paketlarni uzatishda vaqtni yо‘qotishdan xoli
bо‘lish uchun UDPni qо‘llaydi.
RT, diskret (Discrete media – DM) va uzluksiz (Continuous media
– CM) multimediaga bо‘linadi. Bu asosan ma’lumotlar diskret yoki
uzduksiz oqimda uzatilishiga bog‘liq. О‘z navbaida SM xatoliklarga
yо‘l qо‘yuvchi va xatoliklarga yо‘l qо‘ymaydigan turlaga bо‘linishi
mumkin.
Birinchi turdagi RT ga misol qilib ovozli va videokonferensiyalarni
о‘tkazishda qо‘llaniladigan ovozli va video oqimlarni olish mumkin.
Ikkinchi ilovaga misol qilib esa uzoqdagi kompyuterni ishga tushurishni
tushunish mumkin.
|
| |