• 5.2.7. Ovozni paketli uzatish tamoyillari. RTP, RTCP protokollari.
  • -rasm. SIP komponentlari hamda protokollari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet171/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    5.2.4-rasm. SIP komponentlari hamda protokollari. 
    SIP odatda ishonchli mexanizmni ta’minlash uchun UDP 
    protokolining yuqori qismida ishlaydi ammo TCP (transport control 
    protocol)dan ham foydalanishi mumkin. SIP protokolidan bir yoki ber 
    nechta qatnashuvchilarni seansga taklif qilish uchun foydalaniladi. SDP 
    asosida kodlangan SIP xabari qanday media (ovoz, video) kodlanganligi 


    254 
    haqidagi axborot tashiydi. Bir marta shunday axborot almashinishi 
    natijasida barcha qatnashuvchilar bir birlarining IP adreslarini, uzatish 
    qobiliyati va media turi haqidagi status bilan ogohlantiriladi. Keyin mos 
    transport protokolidan foydalanib ma’lumot uzatish jarayoni boshlanadi. 
    Odatda real vaqt transport protokollari sifatida RTP (real time protocol) 
    protokollaridan foydalaniladi. Seans davomiyligida, ishtirokchilar seans 
    parametrlarini o‘zgartirishlari mumkin masalan media turlari yoki 
    seansga SIP xabaridan foydalanib yangi guruhni qo‘shish. 
    SIP tarmog‘idagi resurs URI (uniform resource indetifier) 
    tomonidan aniqlanadi. Resurslarga misol qilib quyidagilarni keltirish 
    mumkin: 
    - Online xizmatlar foydalanuvchisi
    - Xabar almashish tizimidagi xabar qutisi; 
    - Telefon nomerlari; 
    - Tashkilotdagi guruhlar masalan sotuvchilar; 
    URI shuningdek port nomerini, parol va shunga bog‘liq 
    parametrlarni o‘z ichiga oladi.
    5.2.7. Ovozni paketli uzatish tamoyillari. RTP, RTCP protokollari. 
    Ushbu mavzuda dunyoda ommaviy bo‘lgan yangi texnologiya – 
    Voice over IP (VoIP) yoki IP-telefoniya paketlarini marshrutlash 
    tarmoqlari bo‘ylab nutqli axborotni uzatish texnologiyalari ko‘rib 
    chiqiladi. 
    Ushbu texnologiya IP protokoldan foydalanib ma’lumotlarni 
    uzatishning raqamli kanallari bo‘yicha keyinchalik uzatish bilan ovoz 
    signalining kompressiyasini o‘z ichiga oladi. Odatda IP-telefoniya 
    Internet-telefoniya bo‘lib hisoblanadi, bunda uzatuvchi tarmoq sifatida 
    Internet tarmog‘idan foydalaniladi.
    Nutqni paketli uzatish xizmatlari bozorining hajmi bugungi kunda 
    milliard dollarni tashkil etadi, turli prognozlar bo‘yicha yaqin yillar 
    davomida 8,5-24 mlrd. dollargacha oshadi. Ko‘pgina analitiklar bozor 
    kattaligini baholash nutqni paketli uzatish bo‘lib telekommunikatsion 
    industriyasi rivojlantirishning magistral yo‘li hisoblanishi bilan 
    o‘xshashdir. IP-telefoniya qo‘shimcha tarzda telekommunikatsiya 
    sohasida yangi xizmatlarni: nutq va videokonferensiya, ilovalarga bir 
    vaqtda kira olish, abonentni tez topish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. 
    IP – elektron axborotning aniq hajmidagi «paketlar»da raqamlangan 
    va qisilgan Internet tarmog‘i bo‘ylab uzatish uchun foydalaniladigan 
    protokoldir. Internet to‘ri uchun istalgan yetishadigan masofada bunday 


    255 
    usul bilan tegishlicha qayta ishlangandan keyin, telefoniya umumiy 
    jarayonni tashkil etuvchisidan biri hisoblanganligi uchun axborotning 
    istalgan tipi (ovoz, video, kompyuter ma’lumotlari) uzatiladi, ushbu 
    malaka ishi materiali u bilan cheklanadi. 
    IP-telefoniyaning afzalligini e’tiroz etib bo‘lmaydi. Birinchi 
    navbatda bu axborot uzatishning past qiymatidir. Axborotni qayta 
    ishlash universalligi uning dastlabki turidan qat’i nazar, turli tipdagi 
    axborotni uzatish uchun bir xil kanallardan foydalanishdir. Bunda nutqni 
    paketli uzatish texnologiyasining ommaviyligi operatorlar ichida 
    bo‘lgani kabi, korporativ foydalanuvchilar ichida ham o‘sdi.

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. SIP komponentlari hamda protokollari

    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish