|
Samarali foydalanishning ahamiyatiBog'liq Saidmuratova Xurshida 192-196
192
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN
SAMARALI FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi Saidmuratova Xurshida
Annotatsiya:
Mazkur
maqolada
boshlang‘ich
sinflarda
axborot
texnologiyalaridan samarali foydalanishning naqadar ahamiyatli ekanligi haqida
ma’lumotlar keltirildi. Hozirgi kunda ommalashib borayotgan axborot texnologiyalari
haqida ma’lumotlar berib o‘tiladi. Shuningdek, mazkur mavzu yuzasidan bir qancha
adabiyotlar tahlil qilindi. Hamda axborot texnologiyalaridan dars jarayonida samarali
foydalanish uchun bir qancha metodlar berib o‘tildi. Axborot texnologiyalari bilan
hamnafaslikda tashkil etilgan darslar o‘quvchilarga qanday ta’sir qilishi, ularning
xotirasida qanchalik saqlanib qolishi to‘g‘risida o‘tkazilgan tadqiqotlar bo‘yicha fikr-
mulohazalar ham keltirib o‘tildi. Mazkur tadqiqotda kuzatish metodi, suhbat metodi,
adabiyotlar tahlili metodi, tajriba metodlaridan foydalanilgan. Maqolaning so‘ngidan
esa mavzu yuzasidan bir qancha xulosa hamda takliflar o‘rin olgan.
Kalit so‘zlar:
taraqqiyot, ko‘nikma, malaka, savodxonlik, metod,
kommunikatsiya, interfaol, individual.
KIRISH.
Barchamizga ma’lumki, biz hozir axborot texnologiyalari jadal
rivojlanayotgan davrda yashamoqdamiz. Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning
hamkorlikdagi faoliyati hisoblanib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning
ma’lumoti hamda tarbiyasi ham shakllanadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma
va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni
o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘lishadi. O‘rganish
jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya’ni
o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq
etishda o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va
o‘quvchilarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan
tashqari ishlar shaklida ta’lim va tarbiya masalalari hal etiladi.
Mamlakatimizda ta’lim sohasida ro‘y berayotgan tub yangilanishlar har bir
ta’lim muassasasida о‘quv jarayoni metodik ta’minotini rivojlantirishni talab etadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari yaqin yillar ichida pedagogik innovatsiyalarning
asosiy manbai bo‘lib qoladi. Ta’lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish
193
imkoniyatlarini oshirish, ta’limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va
rivojlantirish
uchun
tegishli
sharoitlarni
yaratish
ta’lim
mazmunini
takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri sanaladi. Zamonaviy ta’lim tizimining
asosini sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va
rivojlanishi texnik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit ta’lim tizimini
takomillashtirishga, ta’lim jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etishga xizmat qiladi. Bugungi kunda ilm-fan jadal taraqqiy
etayotgan, zamonaviy axborot vositalari keng joriy etilgan jamiyatda barcha fan
sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, ta’lim oluvchilar oldiga ularni tez va
sifatli egallash bilan bir qatorda, muntazam va mustaqil ravishda bilimlarni egallash
vazifasini qo‘ymoqda.
Birinchi prezidentimizning:
|
| |