195
o‘quvchilar e’tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy
yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi;
o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi;
jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi;
o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi.
Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish
etiladi. O‘quvchilar videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o‘z fikr-
mulohazalarini bildirishadi. Masalan, «Elektr jihozlari» (1-sinf), «Yil fasllari» (2-sinf)
kabilar asosida o‘quvchilarga milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, iqtisodiy
munosabatlar haqida tushunchalar beriladi.
О‘quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish bo‘yicha dastlabki tajribalar
hisoblash texnikasidan foydalanish ta’lim jarayoni samaradorligini sezilarli darajada
oshirishi, bilimlarni hisobga olish va baholashni yaxshilashi, qiyin vazifalarni hal
qilishda o‘qituvchining har bir ta’lim oluvchiga yakka tartibda yordam berishini
ta’minlashi, yangi kurslarni yaratish va qo‘yishni osonlashtirish kabi imkonijyatlarni
berishini ko‘rsatdi.
1-sinfda o‘qish darsida elektron o‘quv qo‘llanmalari tayyorlab, foydalanish
mumkin. Unda so‘zni tovushli-harfli tahlil qilish, so‘zning bo‘g‘inlari tuzilishi, ba’zi
orfogrammalar o‘rganilishi turli qiziqarli ko‘rgazmali va ovozli material berish
mumkin. Yorqin rasmlar, g‘aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o‘quvchilarda
ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, o‘yin shaklida o‘quv materiali bilan
tanishish imkonini beradi, o‘zini nazorat qilish va o‘quv refleksiyasi uchun keng
imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qo‘llanma bo‘yicha ta’lim jarayonini
integratsiyalashga turli darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab olish
yordamida erishiladi. Savodxonlikka o‘qitish bo‘yicha tematik rejalashtirishni ishlab
chiqishda rejalashtirishga tegishli elektron mavzular va bo‘limlarni kiritish mumkin.
Dars rejasini ishlab chiqishda frontal individual va guruhli ishlash uchun kompyuterni
qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lgan dars bosqichlarini ishlab chiqish lozim.