Tarmoq texnologiyalari




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/225
Sana12.12.2023
Hajmi7,35 Mb.
#117020
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   225
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

Telekommunikatsiya 
tarmoqlarining 
konvergensiyasi. 
An’anaviy telefon tarmog‘i shunday yaratilganki, unda katta 
yuklamalarda ham xizmatning yuqori sifatini kafolatlayli. IP-telefoniya, 
aksincha, sifatni kafolatlamaydi, bunda katta yuklamalarda u sezilarli 
darajada pasayadi. Paketlarni marshrutlash tarmoqlari bo‘ylab nutqni 
uzatishda xizmat ko‘rsatishning kafolatlangan sifati mavjud 
bo‘lmaganligi - belgilar bo‘yicha ko‘p protokolli kommutatsiya – 
Multiprotocol Label Switching (MPLS), resurslarni rezervlash protokoli 
– Reservation Protocol (RSVP), turli tipdagi trafikka differensial xizmat 
ko‘rsatish – Differentiated Serveces (DiffServ) kabi texnologiyalar 
paydo bo‘lishi bilan kompensatsiyalanadi. 
Xizmat ko‘rsatish sifatining mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlash – Q 
(QoS) eng katta darajada kerak bo‘lgan ilovalar bilan tarmoq resurslarini 
taqdim etish imkonini beradi. Masalan, aniq o‘tkazish polosani ovoz 
paketlari kabi rezervlash mumkin, kechikishga kritik jihatdan kichik 
bo‘lgan ma’lumotlar (tarmoq bo‘ylab fayllarni uzatish) eng kichik 
ustuvorlikni belgilaydi. 
Turli jinsli trafik tomonidan hosil bo‘lgan IP-tarmoqlarda xizmat 
ko‘rsatish sifatini differensiatsiyasi hisobiga tiqilib qolishlarning oldini 
olish mumkin. 
IP-paketning sarlavhasida QoS mexanizmlarini amalga oshirish 
uchun tashish jarayonida paketni qayta ishlash xususiyatini beradigan 8 
bit (Ture ofService, ToS) o‘lchami bilan xizmat tipining maydoni ko‘zda 
tutilgan. 
PR 



 
 
5.2.5-rasm. Xizmat tipining maydoni 


256 
Ushbu maydonning birinchi uchta biti paketning ustuvorligining 
kichik maydonini (precedence) hosil qiladi. Ustuvorlik eng quyi 0 dan 
eng yuqori 7 gacha bo‘lishi mumkin. Xizmat tipining maydoni 
marshrutni tanlash mezonlarini aniqlaydigan uchta bitni o‘z ichiga oladi. 
Tanlash uchta muqobil – kichik kechikish, yuqori ishonchlilik va yuqori 
o‘tkazish qobiliyati o‘rtasida amalga oshiriladi. O‘rnatilgan D bit (delay) 
marshrut berilgan paket kechikishini kamaytirish uchun, T bit – 
o‘tkazish qobiliyatini, R bit yetkazish ishonchlilikni ko‘paytirish uchun 
tanlanishi kerakligini bildiradi. Ko‘pgina tarmoqlarda ushbu 
parametrlardan birining yaxshilanishi boshqasining yomonlashuvi bilan 
bog‘liqdir. Amaliyotda kichik kechikishlar, yuqori o‘tkazish qobiliyati 
va yuqori ishonchlilik o‘rtasida tanlov o‘tkazilishi kerak. Marshrutni 
tanlash uchta mezoninidan ikkitasi o‘rnatilishiga ega. Rezervlangan 
bitlar nolinchi qiymatga ega. 
Xizmat tipining maydonida razryadlarni taqsimlash 5.2.2-jadvalda 
keltirilgan. 

Download 7,35 Mb.
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   225




Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish