263
paketni
UDP segmentdan ajratib oladi, keyin media bo‘lagini RTP
paketidan ajratib oladi, media bo‘lagini media plaerga dekoderlash va
ovozni o‘qishga jo‘natadi.
RTP ni, ovozni jo‘natish misolida ko‘rib chiqamiz. Ovoz
chiqaruvchi manba 64Kb/s lik IKM(Impuls kodli modulyatsiya) –
kodlovchi deb tasavvur qilamiz (kavantlash va raqamliga o‘tkazishning
namunasi). Ilova 20 msek va 160 bayt hajmda kodlangan bo‘lakli
ma’lumotlarni qabul qiladi deb faraz qilamiz. Jo‘natuvchi qism har bir
audio bo‘lagidan oldin audioni kodlash tipni o‘zida
mujassam etgan
RTP sarlavhasini qo‘shib jo‘natadi, tartib raqami va vaqt belgisi. RTP
sarlavhasi odatda 12 bayt bo‘ladi. RTP pkaet keyin UDP interfeys
uyasiga jo‘natiladi. Qabul qilish qismida ilova RTP paketni inetrfeys
uyasidan qabul qiladi. Ilova RTP paketdan ovoz bo‘lagini ajratib olib
RTP paket sarlavha maydoni ozov bo‘lagini
dekoderlash va ovozni
o‘qish uchun ishlatadi. Foydali qo‘shimcha yuklamalar tuzilmasi –
ketma-ketlik yoki vaqt belgisi o‘rniga ilova RTP ni yaxlitligicha o‘z
ichiga olganda ilovani boshqa tarmoq multimedia ilovalari bilan
birgalikda ishlatish osonroq bo‘lardi. Mislo uchun 2ta har hil
kompaniyalar VoIP dasturini rivojlantirdi va u ikkalovi ham o‘zlarining
mahsulotlarini RTP bilan ishlaydigan qilishdi. VoIP mahsulotining birni
ishlatayotgan foydalanuvchi ikkinchi VoIP mahsulotini ishlatayotgan
foydalanuvchi bilan aloqa qila olishiga umid qilsa bo‘ladi.
Quyidagi
mavzuda biz Internet telefoniyasi uchun muhim bo‘lgan RTPning tez-tez
SIP bilan birga bog‘langan holda ishlashini ko‘rib chiqamiz. Shuni
takidlash kerakki RTP ma’lumotni vaqtida yetkazishi yoki boshqa sifatli
hizmat (QoS) ko‘rsatish uchun hech qanday mexanizmni ta’minlamaydi.
U hattoki paketlarni yetib borishiga ham kafolat bermaydi yoki
paketlarni tartibsiz borishini ham oldini olmaydi. Aslida, RTP
paketlashni
faqatgina
sistemaning
ohirida
ko‘rish
mumkin.
Marshrutizatorlar RTP paketni olib ketayotgan IP dataramma va RTP
paketini olib ketmayotgan IP datagrammalarning farqiga bormaydi. RTP
har bir manba (misol uchun kamera yoki mikrofon) uchun o‘zining
mustaqil RTP paketlar oqimini belgilash imkonini beradi.
Misol uchun
ikki ishtirokchi orasida video konferensiya, 4ta RTP oqimi ishlatilishi
mumkin – 2 tasi audioni jo‘natish uchun (har bir yo‘nalishga bittadan)
va yana 2ta oqim videoni jo‘natish uchun (yana har bir yo‘nalishga
bittadan). Ammo keng tarqalgan kodlovchi texnikalar shu bilan birga
MPEG 1 and MPEG 2 kodlash jarayonida video va audioni bitta oqimda
jo‘natadi. Video va audio kodlovchi qurilma
tomonidan bitta oqimda
264
jo‘natilganda har bir yo‘nalish uchun faqatgina 1ta RTP oqimi hosil
bo‘ladi.
RTP paketlari bir tomonlama jo‘natma ilovalari uchun limitga ega
emas. Ular bittadan ko‘pchilikka va ko‘pchilikdan ko‘pchilikka guruhli
o‘tkazilishi mumkin. Ko‘pchilikdan- ko‘pchilikga guruhli o‘tkazish
seansida jo‘natuvchilar va manbalar RTP oqimlarini guruhli
jo‘natishdan foydalanishadi. Video konfrensiya ilovasidagi guruhli
jo‘natuvchilardan keladigan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan
video va audio
RTP guruhli oqimlari RTP majmuasiga kiradi.