|
RTP paket sarlavha maydoni Pdf ko'rish
|
bet | 176/225 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 7,35 Mb. | | #117020 |
Bog'liq Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob5.2.9. RTP paket sarlavha maydoni
Quyidagi 5.2.8- rasmda ko‘rsatilgandek 4 ta asosiy RTP paketining
sarlavha maydonlari ma’lumotlarturi, tartib raqami, vaqt belgisi va
manba manzili maydoni.
RTP paketda ma’lumot turi maydoni hajmi 7 bit. Auido oqimi
uchun foydali yuklama maydoni audioni kodlash tipini aniqlash uchun
ishlatiladi (misol uchun IKM, moslashuvchan delta modulyatsiyasi,
oldindan xabar qilinadigan chiziqli kodlash). Agar jo‘natuvchi kodlashni
seansning o‘rtasida o‘zgartirishga qaror qilsa, bu haqida jo‘natuvchi
qabul qiluvchiga "ma’lumot turi" maydoni orqali xabar berishi mumkin.
Jo‘natuvchi kodlashni audioni sifatini oshirish yoki RTP oqimi hajmini
kamaytirsh uchun o‘zgartirishi mumkin. 5.2.3-jadvalda RTP tomonidan
hozirgi vaqtda qo‘llanadigan bazi audio foydali yuklama maydonlari
berilgan.
Video oqimi uchun "ma’lumot turi" maydonida videoni kodlash
turini aniqlsh uchun ishlatiladi (misol uchun JPEG, MPEG 1, MPEG 2,
H.261). Jo‘natuvchi videoni kodlash tipini seans vaqtida o‘zgartirishi
mumkin. 5.2.4-jadval RTP tomonidan hozirgi vaqtda qo‘llaniladigan
bazi foydali yuklama maydonlari berilgan. Boshqa muhim maydonlar
quyidagilar:
Tartib raqam maydoni. Tartib raqam maydoni uzunligi 16 bit.
Tartib raqami har bir jo‘natilgan RTP paket uchun bittadan o‘sib boradi
va foydalanuvchi tomonidan paketning yo‘qolishini aniqlash va paketni
tartibni tiklash uchun ishlatilishi mumkin.
Ma’lumot turi Tartib raqami Vaqt belgisi
Sinxronlovchi
manbani aniqlash
Boshqa maydonlar
5.2.8-rasm. RTP sarlavha maydoni
265
5.2.3- jadval. RTPda qo‘llanadigan audioning ma’lumot turi maydonidagi
turlari
Ma’lumot turi
raqami
Audio formati
|
| |