• Azure IoT Edge
  • Tarmoq texnologiyalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet178/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

     
     
    Nazorat savollari 
     
    1. Multimediya sinflari haqida ma’lumot bering. 
    2. TCP/IP protokollardan qaysi satxda foydalaniladi? 
    3. TCP/IP transport satxining qanday funksiyalari bor? 
    4. UDP- protokolning vazifasi nima? 
    5. TCP protokolning vazifasi nima? 
    6. Segmentlarni 
    multipleksirlash/demultipleksirlash deyilganda 
    nimani tushunasiz? 
    7. IP- deytagramma nima? 
    8. UDP portiga aniqlanma bering. 
    9. Ilova va protokol tushunchalarining farqi nimada? 
    10. Amaliy satx protokollari deganda nimani tushunasiz, ularning 
    vazifasi nimadan iborat? 
    11. Amaliy satxprotokollariningishlashprinsipini tushuntiring 
    12. Jarayonlar deganda nimani tushunasiz? Tarmoq orqali 
    jarayonlarning o‘zaro bog‘lanishi qanday amalga oshadi? 
    13. Jarayonlarni manzillashtirish qanday amalga oshadi? 
    14. Jarayonlarni amalga oshirishda interfeyslarning vazifasi nimadan 
    iborat? 
    15. Qaysi turdagi ma’lumotlar uzatilishiga real vaqt aloqasi 
    deyiladi?
    16. RTP paketining sarlavha maydonida qanday ma’lumotlarni 
    tashiydi?
    17. RTP da qo‘llanadigan audio ma’lumot turi?
    18. RTPda qo‘llanadigan videoning ma’lumot turlari?
    19. RTP paketining sarlavha maydoni. 
     
     
     


    267 
    § 5.3. SMART – texnologiyalar va IOT - buyumlar interneti 
    5.3.1. SMART – texnologiyalar va IoT (Internet of things) – 
    buyumlar interneti zamonaviy tarmoq xizmatlari sifatida 
    Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari bugungi kunda juda tez 
    surʻatlar bilan rivojlanmoqda. Internet va uning xizmatlari 
    maʻlumotlarni uzatish hamda qabul qilish tarmogʻi sifatida insonlarning 
    kundalik hayotining turmush tarziga aylanmoqda. Shuningdek, axborot 
    – 
    kommunikatsiya 
    texnologiyalari 
    jamiyatning 
    rivojlanish 
    tendensiyasiga taʻsir etuvchi asosiy omillardan biri boʻlib, ilm-fan, 
    biznes va boshqa bir qator sohalarda ulkan yutuqlarga erishishga imkon 
    bermoqda, insoniyatning axborotlar resurslariga boʻlgan ijtimoiy va 
    shaxsiy ehtiyojlarini qoniqtirishini taʻminlamoqda.
    AQSHning Vashington shtati Sietl shahrida boʻlib oʻtgan Build 
    2017 konferensiyasining ilk kunida Microsoft kompaniyasi bulutli 
    texnologiyalar, sun’iy intellektni takomillashtirish sohasidagi soʻnggi 
    yutuqlar va IT sohasidagi boshqa muvaffaqiyatli ishlanmalarni 
    namoyish etdi. Azure bulutli xizmatidan foydalanib, Buyumlar Interneti 
    (Internet of Things) qurilmalarini boshqarishning mutlaqo yangi usulini 
    yaratgani — kompaniyaning muhim yutuqlaridan biri boʻlgan. 
    Kompaniyada yaratilgan Azure IoT Edge ilovasi nafaqat uy 
    sharoitlarida, yanada kengroq chegaralarda — ofis, korxona va ishlab 
    chiqarishda 
    Buyumlar 
    nternet 
    qurilmalarining 
    harakatini 
    boshqarishning unikal imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu konsepsiya 
    «aqlli» buyumlarning koʻplab funksiyalarini boshqarish imkoniyatini 
    beradigan «bulutli shahar» yaratish tomon tobora harakat qilaverish 
    kerakligini taqozo etadi. (5.3.1- rasm.) 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish