270
va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish imkonini beradi. Biroq
endilikda
LPWAN (Low-power Wide-area Network- inglizcha, kam
quvvatli keng polosali tarmoq deb atalgan soʻzning qisqartmasi.) —
bazaviy stansiya bilan doimiy aloqada boʻlib
turish uchun qimmatli
amper-soatlarni sarflamaydigan, kichikroq hajmdagi maʻlumotlarni uzoq
masofalarga uzata oladigan olis radiusda taʻsir kuchiga ega energiyadan
samarali foydalanadigan tarmoq ustida faol ish olib borilmoqda.
LPWAN - «Uzoq radiusli xarakatdagi energoeffektli tarmoq» -
hisoblagich, oʻlchash va sensor qurilmalar oʻrtasida maʻlumotlar yigʻish
hamda tarqatish amallarini bajaruvchi olis radiusli simsiz tarmoq
texnologiyasi. (5.3.1-rasm)[10]
Uning koʻpgina avzalliklari mavjud:
- Kam quvvat sarfi va buning natijasida
manba uzoq muddat
xizmat qiladi;
- Oxirgi qurilmalar (terminal) tarmoq texnologiyasini xarid
qilishning narxi
arzonligi;
- Katta hududga xizmat qilishi;
- Uzatilayotgan axborotning yuqori darajada himoyalanganligi.