269
operatsiyalar ichidan inson ishtiroki zaruriyatini inkor etadigan, fizik
jarayonlar hisoblash tarmogʻi konsepsiyasi hisoblanadi.
Hozirda buyumlar interneti –
IoT multiservisli tarmoqlar
konsepsiyasining
bir
boʻlagiga
aylandi.
Bunday
tarmoqlar
cheklanmagan xizmatlarni sifatini kafolatlagan holda mijozlarga
etkazish imkonini beradi. Shuni nazarda tutgan holda multiservisli
tarmoqlardan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.
Aynan shunday
multiservisli xizmatlar keyingi avlod tarmoqlari (NGN)da amalga
oshadi. Hozirgi kunda NGNning tarkibiy qismiga ―barcha joylarda
sensorli tarmoqlar-USN (Ubiquitous Sensor Networks) tushunchasi kirib
keldi.
Internet
ashyolarni, bizni oʻrab turgan barcha predmetlar va
qurilmalar (uy asboblari va jihozlari,
kiyim-kechak, mahsulotlar,
avtomobillar, sanoat qurilmalar va boshqalar) miniatyurali (kichik
oʻlchamli) identifikatsion va sensorli (sezgir) qurilmalar bilan
jihozlangan deb tasavvur qilish mumkin. U holda ular bilan zarur aloqa
kanallari boʻlganida nafaqat bu obʻektlarni
va ularning parametrlarini
fazoda va vaqt boʻyicha kuzatish mumkin boʻladi, balki ularni
boshqarish, ular haqidagi maʻlumotlarni umumiy ―aqlli planetaga
kiritish mumkin boʻladi.
Oddiyroq aytganda, Internet ashyolar bu
kompyuterlar,
datchiklar
(sensorlar)
va
ijrochi
qurilmalarning
(aktuatorlarning) IP (Internet Protocol) internet protokoldan foydalanish
orqali oʻzaro bogʻlaydigan global tarmoq hisoblanadi.