281
tayyorlash kabi global vazifalar qoʻymoqda. Buning uchun ularda
quyidagi amaliy koʻnikmalarni shakllantirish lozim:
ijtimoiy
tarmoqlarda muloqot qilish, foydali axborotlarni izlash va tanlash,
elektron
manbalar bilan ishlash, oʻquv jarayoni muhitini oʻzgartirishni
talab etuvchi shaxsiy maʻlumot bazasini yaratish.
Axborotlashgan ta’lim jarayonining zamonaviy tendensiyasi tahlili
shuni koʻrsatadiki, jamiyatda oʻqitishning anʻanaviy modelidan elektron
ta’limga oʻtish, soʻngra esa “smart – inson” ning shaxsiyatini
shakllantirish va ta’lim oluvchida yangi bilimlarni generatsiya qilishga
ijozat beruvchi samarali
texnologiyalari mavjud, qaysiki qidirish,
axborotni tahlil etish va innovatsiyalar yaratish uchun takomillashgan
AKT ga ega boʻlgan smart – ta’limga oʻtishni taqazo etadi.
Smart Campus - bu faol ta’lim dasturiga ega boʻlgan
hamkorlik
markazi boʻlib, Evropa Komissiyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan
asosiy foydalanuvchilar (talabalar, oʻqituvchilar, tadqiqotchilar) bilan
hamkorlik orqali oʻquv muassasasi tomonidan foydalaniladigan asbob-
uskunalar va energiya manbalarining
samaradorligini oshirishga
qaratilgan loyiha.