277
5.3.1-jadval
Ko‘rsatkichlar
(parametrlar)
LTE- M
NB- IoT
(LTE)
EC -
GSM
5G
Masofasi, km
<11
<15
Ulanishdagi
minimal
yo‘qotish, db
156
164
Kanal polosasi, MGs
14
0,2
-
Ma’lumot uzatish tezligi
<1Mbit/s <150Kbit/s <10Kbit/s <1Mbit/s
Manbaning
ishlash
muddati
>10
Shulardan keng tarqalgani, tor palasali NB – IoT texnologiyasi
hisoblanadi. Eng asosiysi LTE tarmoq arxitektura bazasi qamrab olingan
barcha hududlarda NB – IoT ni qurish mumkin bo‘ladi. NB – IoT
texnologiyasini amaliy qo‘llanilishidagi
barcha savollar, uning texnik
jihatlari, xususan chastota rejalashtirilishi va radiovositalar bilan
elektromagnit moslashuvi bilan bog‘iq bo‘ladi.
NB – IoT ning texnik xususiyatlarining bir nechtasini quyida
keltirib o‘tamiz:
- Radioruxsat usuli: liniyadan pastga (downlink) 15 kGs chastota
farqi bilan (12 tashuvchi)
OFDMA usuli; liniyadan tepaga (uplink) 15
kGs chastota farqi bilan (12 tashuvchi) va 3,75 kGs chastota farqi bilan
(48 tashuvchi) SC-FDMA usuli;
- Ustuvor foydalanuvchi radiochastotalar polosasi: 2100 MGs
(band 1), 1800 MGs ( band 3), 900 MGs ( band 8), 800 MGs ( band 20)
va 700 MGs ( band 28). Shuningdek, 3GPP standartida 450 MGs ( band
31) radiochastota polosasini qo‘shilishi kutilmoqda;
- Dupleks: CHastotali yarim dupleks FDD-HD (Half-Duplex)
rejimini qo‘llab quvvatlaydi, Vaqt bo‘yicha dupleks TDD ni qo‘llab
quvvatlamaydi;
- NB-IoT kanal tashkil qilish 3 variantda amalga oshiriladi, bular
ichki ―faol LTE kanal polosasi (in-band),
himoyalangan LTE kanal
polosasi (guard-band) va alohida/mustaqil kanal (standalone)/NB-IoT
ning kanal kengligi:180 kGs (in-band, guard-band) yoki 200 kGs
(standalone);
- Nurlanish quvvati; abonent qurilmasi uchun UE (User
Equipment)- 20dBm (class 5) yoki 23dBm (class 3); Baza stansiyasi
uchun BS (Base Station)- in-band va guard-band rejimida umumiy
quvvati LTE va NB-IoT kanallar orasida taqsimlanadi va LTE kanal
kengligi 10MGs, 15MGs va 20MGs bo‘lganda
NB-IoT bitta tashuvchi
278
chastotasi oshishi mumkin. NB-IoT uchun dinamik diapazon 6 dB ni
tashkil qiladi.
CHastota rejalashtirilishida (chastota tavsiyasida) quyidagi shartlar
o‘rganiladi:
1. CHastota o‘qida 100 kGs ni tashkil qiluvchi rastr kanal;
2. NB-IoT uchun pastga DL(downlink) va yuqoriga UL(uplink)
chastota kanal tavsiyasi quyidagicha:
F DL = F DL_low + 0,1 (N DL – N Off-DL )+0,0025(2M DL + 1);
F UL = F UL_low + 0,1 (N UL – N Off-UL )+0,0025 (2M UL);
Bu erda F DL, F UL, N Off-DL va N Off-UL lar 3GPP TS 36.101,
TS 36.104; jadvalidagi parametrlar, N DL va N UL – radiochastota
kanalining absalyut nomeri (0-262143 diapozon nomeri); M DL va M
UL – oddiy LTE kanalidan NB-IoT kanaliga siljishi.
M DL :{-10; -9; -8; -7; -6; -5; -4; -3; -2; -1; -0,5; 0; 1; 2; 3; 4; 5; 6;
7; 8; 9}
M UL :{-10;-9;-8;-7; -6; -5; -4; -3; -2; -1; 0; 1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9}
NB-IoTning standalone rejimida faqatgina M DL =-0,5 va M UL =0
tavsiyasidan foydalanadi. Qolgan ikkita
rejimda bu tavsiyadan
foydalanmaydi.
NB-IoT
ning
boshqa
radiovositalar
bilan
elektromagnit
moslashuvchanligi NB-IoT texnologiyasi bir nechta turdagi tizimlar
bilan jumladan, tor polosali standalone, keng polosali in-band va aralash
guard-band rejimida bo‘ladi. Buning barchasi boshqa radiovositalar
bilan elektromagnit moslashishi bir xil shartda bo‘lmaydi. NB-IoT
texnologiyasini qo‘llashda, elektromagnit moslashishi haqida gap
ketganda quyidagi holatlarni belgilaymiz:
1. Quyidagi keltirilgan texnologiyalar
bilan NB-IoT kanallarini
EMM ni ta’minlashda qo‘shimcha shartlarni kiritishga hojat yo‘q:
- LTE–eMTC – EMM tomonidan qaraganda bu LTE ekvivalent
standarti hisoblanadi.
- EC GSM – GSM ning ekvivalent standarti hisoblanadi.
- NB-IoT – LTE (in-band) kanal polosasida u spektral moskasini
o‘zgartirishni taklif qilmaydi.
2. Yuqorida keltirilgandek, 200 kGs farqi sabab, talab
bajarilmaydigan bunaqangi
bir nechta holatlarda, 5 MGs ni
tashkiletuvchi LTE kanal kengligi qachonki, himoyalangan polosada
NB-IoT kanallar aralashmasida alohida o‘rganish talab etilishini
qo‘shimcha qilish mumkin.
279
3. NB-IoT aralash kanallar orasidagi sifat ko‘rsatkichlari boshqa
texnologiyalar ko‘rsatkichlari bilan quyidagicha amalga oshiriladi:
- 5% dan oshmagan yo‘qotish zarurati;
- Signal/shovqin nisbati 1 dB dan oshmasligi zarurati.
O‘tkazilgan izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, NB-IoT
kanallaridan foydalanishlarida LTE kanali standartlashtirilgan polosali
(in-band) ni joylashtirilishida hech qanday o‘lchovlar talab etilmaydi,
shuningdek, NB-IoT kanali himoyalangan polosasi (guard-band) ni
joylashtirilishida LTE kanal kengligi 5 MGs dan katta bo‘lishi talab
qilinadi.
NB-IoT ning mustaqil kanali (standalone) dan foydalanishida 900
MGs
dapazon chastotada, GSM, UMTS va LTE kanallarining tavsiya
qilingan chastota farqini saqlashni talab qiladi.[9]
15>11>