Bog'liq Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
http://www.sweetrush.com/ ) elektron va mobil ta’lim uchun
ta’lim yechimlarini ishlab chiqadi va sinovdan oʻtkazadi. Oʻqituvchi –
yoʻriqchi rahbarligida real vaqt rejimida qayta muloqot qilish imkonini
beradigan individual ta’lim olish mumkin. Kurs musobaqali oʻyinlar va
audio - video animatsiyalar kabi vositalardan tashkil topgan boʻlib, ular
ishtirokchilarni koʻplab jalb qilishga yordam beradi.
AQSH
ning
Sietl
shahridagi
PROMETHEAN
tizimi
(
http://www.prometheanworld.com/ ) oʻzida multi-touch, dry-erase va
tabiiy yozish (natural writing) texnologiyalarini birlashtirgan interaktiv
displeylar ishlab chiqaradi. Displey shuningdek dars mashgʻulotlarini
bulutli texnologiya asosida etkazib beruvchi dasturiy taʻminot hamda
oʻqituvchilar uchun maxsus treyninglarni ham oʻz ichiga olgan.
Kolorado shtatidagi Palmer oʻrta maktabi ta’lim oluvchilarni oʻquv
materiallari bilan taʻminlashni yanada yaxshilash maqsadida ingliz tili
boʻyicha
repititorlik
markazlarida
ushbu
texnologiyadan
foydalanmoqda.
AQSHning
Vashington
shahrida
BLACKBOARD
(
https://www.blackboard.com ) tizimi K-12 va undan keyingi ta’lim
bosqichlari uchun “Bogʻlangan ta’lim malakasi va qoʻllab quvvatlash
tarmogʻi” deb ataluvchi tizimni yaratgan. Raqamli ta’lim muhiti shaxsga
yoʻnaltirilgan ta’limni shakllantirsa, virtual sinflar texnologiyasi oʻzaro
hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi. Maxsus veb saytlar ota-onalar
va talabalarga oxirgi olingan baholar, yangiliklar va tadbirlar haqida
maʻlumotlar taqdim etadi. Blackboard Mobile Credential kompaniyasi
talabalarga talaba ID larini iPhone va Apple Watch lardagi maxsus
dasturdan roʻyxatdan oʻtkazish bilan kampus binosiga kirish va
ovqatlanish hamda boshqa xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga
oshirishga yordam beradi.
Buyuk Britaniyaning Ueymut shahrida Magicard tizimi talabalar
uchun turli xildagi smart kartalar ishlab chiqaradi. Ushbu kartalar IoT
(Internet of things) lar yordamida talabani autentifikatsiya qiluvchi
nazorat tizimlariga ulanadi. IoT lar yordamida talabalar turli xil
manbalarga (kurs ishlari, masofaviy ta’lim uchun elektron resurslar,
printerlar va internet) kirishga va ulardan foydalanishga ruxsat oladilar,
turli xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshiradilar. Bulardan tashqari
kartada talaba sogʻligi haqida (kasallik tarixlari) maʻlumotlar ham
287
saqlanadi. Yaqinda kompaniya Magicard 600 deb nomlangan toʻgʻridan
toʻgʻri kartadan chop qiladigan “raqamli parchalash” ("digital
shredding") funksiyasiga ega printer ishlab chiqardi.