303
kriptografiya, kriptoanaliz (kriptotahlil) va kompyuterlarga ruhsatsiz
kirishdan saqlash kabi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
Kriptografiya – amaliy
matematikaning bir bo‘limi bo‘lib,
axborotlarni mazmunini yashirish yoki ruxsatsiz
foydalanishdan asrash
maqsadida axborotlarni bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tkazish
uchun mo‘ljallangan modellar, metodlar,
algoritm, dasturiy va texnik
vositalarni o‘rganadi.
Kriptosistema — bu axborotlarni kriptografik almashtirilishini
dasturiy, texnik yoki dasturiy-texnik
usullar yodamida amalga
oshiruvchi tizimdir.
Kriptoanaliz (kriptotahlil) — bu amaliy matematikaning bitta
bo‘limi bo‘lib, kiruvchi yoki chiquvchi signallardan foydalanib maxfiy
parametrlarni aniqlab olish (yashirin matnni ochish)
maqsadida
kriptosistemalarni tahlil qilishga qaratilgan usul, model, algoritm,
dasturiy va texnik vositalarni o‘rganadi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib
turibdiki, kriptoanaliz
matematik ma’noda kriptografiyaga teskari bo‘lgan masalalar bilan
shug‘ullanadi. Kriptografiya va kriptoanaliz birgalikda yangi fan —
kriptologiyani tashkil qiladi.Kriptologiya tarixini uch bosqichdan iborat
deb hisoblash mumkin.
Birinchi bosqich - (eng qadimgi davrlardan to 1949 yilgacha) tor
doiradagi, hususiy xamda sodda hisoblashlardan
iborat kriptografik va
kriptotahlil
algoritmlari
bilan
harakterlanadi
va
tabiiyki,
kompyuterlardan foydalanishni nazarda tutmaydi. Bu bosqichni
ko‘pincha kompyuterlargacha bo‘lgan davr deb ataladi.