307
tomoni uchun bir xil maxfiy va ikkovlaridan boshqa hech kimga oshkor
bo‘lmasligi shart. Bunday tizimning xavfsizligi asosan yagona maxfiy
kalitning himoya xossalariga bog‘liq. Simmetrik
kriptotizimlar uzoq
o‘tmishga ega bo‘lsa-da, ular asosida olingan algoritmlar
kompyuterlardagi axborotlarni himoyalash zarurati tufayli ba’zi
davlatlarda standart maqomiga ko‘tarildilar. Masalan, AQShda
ma’lumotlarni shifrlash standarti sifatida 56 bitli kalit bilan ishlaydigan
DES(Data Encryption Standart) algoritmi 1977 yilda qabul qilingan.
Rossiya(sobiq SSSR)da unga o‘xshash standart (GOST 28147-89)
sifatida 128 bitli kalit bilan ishlaydigan algoritm 1989
yilda
tasdiqlangan. Bular dastlabki axborotni 64 bitli bloklarga bo‘lib alohida
yoki bir-biriga bog‘liq holda shifrlashga asoslanganlar.