• Uchinchi bosqich
  • B-CRYPT, IBM-4755, Datacryptor
  • Tarmoq texnologiyalari




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet199/225
    Sana12.12.2023
    Hajmi7,35 Mb.
    #117020
    1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   225
    Bog'liq
    Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

    Ikkinchi bosqich - (1949-1976) amaliyotchi matematik K. 
    Shennonning “Mahfiy tizimlarda bog‘lanish nazariyasi” nomli ilmiy 
    ishining chop etilishi bilan boshlanadi. Bu davrda EHM lardan 
    foydalangan holda kriptologik izlanishlar keng miqyosda olib borildi. 
    Kriptologiya matematik fanga aylandi. Ammo, bu fan mevalaridan faqat 
    diplomatik va harbiy tashkilotlarning aloqa xizmati foydalangani uchun, 
    kriptologiya "yopiq" (mahfiy) fan bo‘lib qoldi. 
    Uchinchi bosqich - (1976 yildan hozirgi davrgacha) kriptologiya 
    ochiq fanga aylandi. Bu jarayon amerikalik matematik U. Diffi, M. 
    Xellmanlarning "Kriptografiyadagi yangi yo‘nalishlar" ilmiy ishining 
    chop etilishidan boshlandi. Bu ishda “mahfiy” ma’lumotlarni “yopiq 
    kalitlarsiz”, ya’ni ochiq usulda uzatish mumkinligi (K. Shennon 
    ishlaridan aynan shu jihati bilan farqlanadi) ko‘rsatildi. Bu bosqichda 
    kriptografik usullar amaliyotda ommaviy ravishda qo‘llana boshlandi. 


    304 
    Bu holatni bank ishida, kompyuter tarmoqlarida (masalan, Internet da) 
    va boshqa bir qator sohalarda kuzatish mumkin bo‘ldi. Masalan, AQSH 
    da bir yilda kriptologiyaga 15 mlrd. dollargacha mablag‘ sarf qilinadi. 
    Kriptologiya informatikaning fanining rivojlanishiga ham katta 
    ta’sir ko‘rsata boshladi. Zamonaviy kriptologiya matematikaning 
    ehtimollar 
    nazariyasi
    matematik 
    statistika, 
    algebra, 
    sonlar 
    nazariyasi, algoritmlar nazariyasi, hisoblashlarning murakkabligi kabi 
    sohalari bilan chambarchas bog‘langan. Shifrlash jarayonini 
    avtomatlashtirish uchun shifrlash qurilmasi deb ataluvchi maxsus va o‘ta 
    kuchli kompyuterlar ishlab chiqildi. G‘arbiy mamlakatlarda B-CRYPT, 
    IBM-4755, 
    Datacryptor kabi 
    shifrlash 
    qurilmalaridan 
    keng 
    foydalaniladi. Kriptologiya tarixiga oid ayrim malumotlarni keltirib 
    o‘tamiz.
    Mesopotamiyada olib borilgan areologik qazish ishlarida eramizdan 
    avvalgi XX asrga mansub bo‘lgan eng qadimiy shifrlangan matnlardan 
    biri topildi. U sopol taxtachaga o‘yib yozilgan bo‘lib, sopol idishlarni 
    bo‘yash uchun ishlatiladigan bo‘yoqning retsepti haqidagi matn bo‘lib 
    chiqdi. XVII asrda kardinal Rishele tomonidan dunyoda birinchi bo‘lib, 
    shifrlash xizmati tashkil qilindi. Nyuton, Eyler, Leybnits, Gauss, 
    Kardano kabi buyuk matematiklar ham bevosita kriptologiya bilan 
    shug‘ullanganlar. Kriptologiyada quyidagi atamalar qabul qilingan. 

    Download 7,35 Mb.
    1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   225




    Download 7,35 Mb.
    Pdf ko'rish