309
2. Ochiq kalitning ma’lumligiga
asoslanib, maxfiy kalitni
zamonaviy fan va texnika yutuqlari yordamida
aniqlash uchun
bo‘ladigan sarf-xarajatlar hamda vaqt maqsadga muvofiq emas. Bunda,
shifrni ochish uchun bajarilishi kerak bo‘ladigan eng kam miqdordagi
amallar sonini aniqlash muhimdir.
Ochiq kalitli shifrlash algoritmlaridan axborotlar tizimida
ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashda zamonaviy ilg‘or
uslub
sifatida foydalanib kelinmoqda. Ochiq kalitli kriptosistemalarni
yaratishning RSA algoritmi johon standarti sifatida qabul qilingan. Bu
haqida
keyingi
bo‘limlarda
alohida
to‘xtalamiz.
Umuman olganda, zamonaviy ochiq kalitli
kriptosistemalar quyidagi
tipdagi akslantirishlarga (funksiyalarga) tayanadi:
1. Katta sonlarni tub ko‘paytuvchilarga yoyish.
2. Chekli sonli maydonlarda logarifmlarni hisoblash.
3. Algebraik tenglamalarning ildizlarini hisoblash.
Shu erda ta’kidlash lozimki, ochiq kalitli kriptosistemalar
algoritmlaridanquyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
1. Saqlanuvchi va uzatiladigan ma’lumotlarning maxfiyligi
muhofazasini ta’minlovchi mustaqil vosita sifatida.
2. Kalitlar taqsimotining muhofazasini ta’minlovchi vosita sifatida.
Ochiq kalitli kriptosistemalar algoritmlari an’anaviy kriptosistemalar
algoritmlariga nisbatan murakkab bo‘lib, undan ko‘proq kalitlarni
taqsimlashda foydalaniladi. So‘ngra katta hajmdagi ma’lumotlarni
uzatishda soddaroq bo‘lgan sistemalardan foydalaniladi.
3. Autentifikatsiya, ya’ni ma’lumotlarning haqiqiyligini
aniqlash
uslublari vositasi sifatida.